Rang-baranglik va inklyuzivlik

Rang-baranglik va o'sish

Barqaror o'sish uchun biz xilma xillik madaniyatini rivojlantirish bilan kelajakni yaratamiz.

Turli xillik va inklyuzivlik sarlavhasi

O‘zligimizni saqlagan holda biz yaxshiroq ertani quramiz

Samsung kompaniyasida biz innovatsiya va rivojlanishning
inklyuziv madaniyat va turfa xil ish kuchi tomonidan ilgari surilishiga ishonamiz.
Biz har birimiz ajralmas aʼzo va teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan,
talantlarimizni o‘zlarini ko‘rsata olishlariga ilhomlantiruvchi global jamoa qurishni maqsad qilamiz.  
Birgalikda biz mijozlarimiz, hamkorlarimiz va hamjamiyatlarimiz uchun
yaxshiroq ertani yaratayapmiz.

Samsung kompaniyasidagi odamlar

Xodimlarimiz Samsung kompaniyasiga
turli tajriba va istiqbollar olib kelganlari tufayli,
ular yaxshiroq ertani yaratishimizga imkon beradi.

  • Hyemi Kim

  • Server dasturiy ta’minoti / Koreya

  • “ Men doimo bir xil imkoniyatlar kafolatlangan muhitda ishlashga muvaffaq bo‘lib keldim. ”

  • Nash Gammill

  • Biznesni rejalashtirish va amaliyotlar / AQSh

  • “ Equality Alliance kompaniyasiga rahbarlik qilish karyeramdagi eng sermahsul ishlardan biri bo‘ldi. Men turfa xillilik va tenglikka intilishimizda o‘rnatilgan munosabatlar va almashilgan tajribalar uchun doimo minnatdor bo‘lib qolaman. ”

  • Chris Lezama

  • Mahsulotlar marketingi / AQSh

  • “ Galaxy of Black Professionals ERG ni ishga tushirish men Samsung kompaniyasida o‘tkazgan eng yorqin vaqtlardan va o‘zim faxlanadigan lahzalardan biri bo‘ldi. ”

  • Linda Kromjong

  • Xodimlarni boshqarish / Niderlandiya

  • “ Turfa xillik va inklyuzivlik yaxshiroq natijalarga olib keladi. Har bir qarash ahamiyatga ega. Bizlarning barcha qarashlarimiz ahamiyatga ega. Birgalikda biz farqni yaratishimiz mumkin. ”

  • Alex Aldoescu

  • Xodimlarni boshqarish / Ruminiya

  • “ Men turfa xillikni farzandlarimiz uchun yaxshiroq kelajakni yarata olishimiz uchun har birimiz qabul qilishimiz kerak bo‘lgan shaxsiy missiya deb hisoblayman. ”

  • Shilpa Puri

  • Integrallashgan marketing aloqalari / Hindiston

  • “ Yagona konstanta sifatidagi o‘zgarishlar bilan yashash, umumiy tasvirni ko‘rish va barcha funksiyalar bo‘ylab innovatsiyalar, ijodkorlik va hamkorlikni mislsiz darajada ilgari suruvchi madaniyatda g‘oyalarning turli guruhlari bilan ishlash - bu hayratda qoldiruvchi o‘rganish tajribasidir. ”

  • Abraham Llandez

  • Bozorni o‘rganish / Meksika

  • “ Samsung kompaniyasida ishlash menga an’anaviy yashash to‘siqlarini yengib o‘tishim va hech qanday salbiy fikrlarsiz o‘zimni qanday bo‘lsam, shundayligimcha ifodalashimga yordam berdi. ”

  • Hlubi Shivanda

  • Biznes jarayonlaridagi innovatsiyalar / Janubiy Afrika

  • “ Men Samsung Electronics - haqiqiy himoyachi va turfa xillik va inklyuzivlikning namunasi deb hisoblayman, chunki kompaniya turfa xil bozorlarda ishlaydi va madaniyatlar hamda an’analar turfa xilligini qadrlaydi. ”

Xodimlar resurslari guruhlari (XRG)

Biz turfa xillikni rag‘batlantirish uzluksiz innovatsiyalar uchun zarur, deb hisoblaymiz.
Hozirgi vaqtda xodimlar professional rivojlanishga ko‘maklashish va inklyuziv madaniyatni yaratish manfaatlari yo‘lida
muloqot qila olishlari uchun turli tarmoq guruhlari yaratilmoqda.

* Samsung kompaniyasida turli mintaqalarda jins, LGBTQA+, irq, ishlovchi ota-onalar, veteranlar kabi turli XRG mavjud

  • XTG Next Generation Leaders logotipi
  • XTG Military Appreciation guruhi logotipi
  • XTG Equality Alliance logotipi
  • XTG Galaxy of Black Professionals logotipi
  • XTG Woman In Samsung Electronics logotipi
  • XTG Veterans Community logotipi
  • XTG Working Parents logotipi
  • XTG Woman+ In Samsung Electronics logotipi
  • XTG Samsung ads women+ logotipi
  • XTGlar Women in Technology at Samsung logotipi
  • XTG W+ Samsung logotipi
  • XTG Samsung Leaders of Tomorrow logotipi

Boshqa tashabbuslar

Biz inklyuziv ish joyi madaniyatini ilgari surish uchun turli turfa xillilik va inklyuzivlik dasturlaridan foydalanamiz.

  • Seoul Sisters

  • Shimoliy Amerika mintaqasi Seoul Sisters anjumani ayollarning rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2017 yilning iyun oyida tashkil qilindi. Xodimlarga bog‘lanish va go‘oyalar almashish imkoniyatini berish uchun anjuman oʻtkaziladigan joy bir filialdan boshqa filialga aylantirib turiladi.

  • Turfa xillilik va inklyuzivlik haftaligi

  • Biz xalqaro xotin-qizlar kuni va Xalqaro nogironlar kuni kabi turli-tuman bayramlarni nishonlash uchun turli mintaqalarda ustozlik qilish, ko‘ngillilar dasturlari va madaniyat tadbirlari kabi turli turfa xillilik tadbirlarini o‘tkazamiz.

  • Turfa xillilik va inklyuzivlik kampaniyasi

  • Global xodimlarimizga turfa xillilik va inklyuzivlikning nima ekanligini tushinishda yordam berish uchun biz ongsiz noxolislik, mikroagressiya kabi mavzular bo‘yicha turfa xillilik va inklyuzivlik kompaniyalarini olib bormoqdamiz.

  • Brayl shriftidagi vizitkalar

  • Meksikada biz ko‘rish qobiliyati pastlar uchun brayl shriftidagi vizitkalarni ishlab chiqdik va turli seminarlar va anjumanlar orqali xodimlarning ogohliklari va hurmat qilish madaniyatini kuchaytirdik.

  • Onalar xonasi

  • Biz barcha ishlab chiqarish sho’ba kompaniyalarimizda homiladorlar va emizikli ayollar uchun dam olish joylarini ajratdik. Biz bola tug‘ish va bola qaroviga ko‘maklashish uchun turli siyosatlar va qulayliklar yaratdik.

  • STEM Education

  • Faqatgina Koreyadagina emas, balki AQSh, Kanada, Ispaniya, Polsha va Xitoy kabi boshqa turli hududlarda biz ayollarga texnologiya sohasidagi o‘z ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berishga mo‘ljallangan bir qator tadbirlarni o‘tkazdik.

O‘rganish va rivojlanish

Biz xodimlarimizga Samsung kompaniyasi ichida ham, umuman jamiyatimizda ham o‘zgarishlar qilsih imkoniyatini beramiz.

Samsung kompaniyasida biz odamlarimizga eng yaxshi va eng inklyuziv yetakchilar bo‘lishlari uchun o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz. Bu istiqbollarni kengaytirish uchun ogohlikni yaratish, holislikni kengaytirish uchun dunyoqarashni qaytadan ko‘rib chiqish va innovatsiyalarni qo‘llash uchun inklyuzivlikni amaliyotga joriy qilishlarni o‘z ichiga oladi.

Fikrlash tarzini qayta shakllantirish
Jamoa doirasidagi turfa xillik
qadriyatini tan olish
Xabardorlikni oshirish
Turfa xillik va inklyuzivlik muhimligini
biznes nuqtai nazaridan anglab yetish
Amaliyot
O‘zgarishni ilgari surish uchun turfa xillik va inklyuzivlik
munosabatlarini rivojlantirish
Yetakchi darajasi
Turfa xillik orqali inklyuziv madaniyatni o‘stirish uchun jamoa yetakchilariga yo‘riqnoma
Shaxsiy daraja

O‘zingiz va boshqalar haqida bilish
 
Jamoa darajasi

Turfa xillilik va inklyuzivlik munosabatlarini rivojlantirish

Samsung kompaniyasida ayollar

Biz o‘z sohalarida ilg‘or bo‘lgan talantli ayollarni qo‘llab-quvvatlash orqali
ayol yetakchilarning keyingi avlodini tarbiyalashga intilamiz.

Global ayollar

Global ayollar (%)

2018

2019

2020

Jami 43.2 40.2 37.3
Ish funksiyalari Tex (%) 17.2 17.5 18.0
Sotuv va marketing (%) 30.8 31.2 31.5
Rahbariyat Direktorlar (%) 6.3 6.5 6.6
Menejerlar (%) 14.2 14.7 15.3

Tashqi tan olish va mukofotlar

Bizning turfa xillik bo‘yicha harakatlarimiz allaqachon boshlangan.

  • Koreya

  • Koreya Gender tengligi va oila masalalari vazirligi

  • Oilaparvar kompaniya

    ('13~)

  • AQSh

  • Forbes

  • Turfa xillilik bo‘yicha eng yaxshi ish beruvchilar

    ('20)

  • SEA

  • Inson huquqlari bo‘yicha kampaniya Korporativ tenglik indeksi

  • LGBTQ tengligi bo‘yicha ishlash uchun eng yaxshi ish joylari ('21)

  • SECA

  • MediaCorp jurnali

  • Kanadaning yoshlar uchun eng yaxshi ish beruvchisi

    (‘20)

  • SAS

  • Texas shtati Sog‘liqni saqlash xizmatlari departamenti

  • Onalar uchun qulay ish joyi

    ('20)

  • SAS

  • STEM Ishchi kuchlarining turfa xilligi jurnali

  • Eng sara 50 ta ish beruvchi

    (‘20)