Har yili, Samsung Electronics kompaniyasi eko-boshqaruv strategiyalari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Biz eko-boshqaruv kontseptsiyasi doirasida o'tkazadigan chora-tadbirlarimiz, jumladan issiqxona gazlari chiqarish hajmlari haqidagi, mahsulotlarning ekologik xavfsizligi haqidagi ma`lumotlarni, axborot-ta`lim mazmundagi ekologik chora-tadbirlar va manfaatdor tomonlar bilan o'zaro harakatlar dasturlari haqida ochiq va batatafsil so'zlab beramiz. Bundan tashqari, biz tegishli ma`lumotlarni izlovchiga kerakli shaklda topish mumkin bo'lgan muloqotning turli tuman kanallarini taklif qilamiz. Samsung.com saytining ekologiyaga bag'ishlangan bo'limi — muhimlik tahlili usuliga asoslangan turli soha mutaxassislari bilan muloqot qilish kanallaridan biridir. Ushbu usul atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik jihatdan barqaror rivojlanish muammolari bilan bog'liq ustuvor vazifalarni aniqlash imkonini beradi.

Biz atrof-muhitni muhofaza qilish ishi muhimligini ommaviylashtirish tadbirlari o'tkazamiz

Samsung Electronics kompaniyasi turli tuman ekologik tadbirlar o'tkazadi. Bular qatoriga kelajak avlodlar uchun ekologik savodlilik dasturlaridan tortib iste`molchilar qatnashuvida chora-tadbirlar kiradi. Bu ishlardan murod jamiyatning atrof-muhitning muhimligi haqidagi xabardorlik darajasini oshirish va bu masalada yagona jamoatchilik fikriga erishishdan iborat.

Iste`molchilar bilan hamkorlikda Samsung Electronics kompaniyasi rahbariyati va xodimlari butun dunyo mamlakatlari bo'ylab Yer Sayyoramiz kuniga bag'ishlab ekologik tadbirlar o'tkazishdi.
Samsung Electronics kompaniyasi rahbariyati va xodimlari orasida birinchi marta 2015 yilda o'tkazilgan ushbu tadbir har yil muayyan vaqtda atrof-muhit borasida va resurslardan foydalanish va utilizatsiya qilish haqida odamlarning xabardorlik darajasini oshirish uchun o'tkaziladi. So'nggi to'rt yil ichida ushbu tadbir doirasida taxminan 2400 dona eski mobil telefonlar qayta ishlashga jo'natildi.
Yilning turli davrlarida to'plangan mobil telefonlar utilizatsiya qiluvchi tashkilotlarga qimmatbaho resurslarni (tilla, kumush, bronza) ajratib olish uchun jo'natiladi, ba`zi Galaxy, hatto korporativ ijtmoiy mas`uliyat dasturlarida telefonlari esa ikkilamchi foydalanish, masalan, oftalmoskoplar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Ushbu tadbir har yili turli davrlarda nafaqat atrof-muhit muhofazasi uchun, balki bizning korporativ ijtimoiy mas`uliyatimisni ham amalga oshirish maqsadida o'tkaziladi. 2019 yilda, ushbu tadbir ishlari AQSh, Ispaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi ish obyektlarini qamrab olgan holda Yer Kurrasi kunlari boshlandi.

"Yorug'likni boshqalar bilan baham ko'ring - bir daqiqalik qorong'ulik tadbiri boshqalarga hamda sayyoramizga umid uchqunini beradi."

A photo of Korean worksites attending "Turn Off Your Lights"

Issiqxona gazlarini chiqarish hajmini kamaytirish va elektr quvvati tanqisligidan aziyat chekayotgan mintaqalarga umid uchqunini berish uchun kuchlarni birlashtirish maqsadida 2018 yil 21 mart kuni Samsung kompaniyasining Suvon shahridagi ishlab chiqarish va savdo majmuasi, hamda 44 tobe` bo'limlar "Global Village Lights Off" (Qishloqlar uchun global chiroq o'chirish) tadbirida ishtirok etadilar.

"Chiroqni o'chir" tadbiri doirasida elektr quvvatidan tejab qolingan va xodimlar tomonidan qilingan xayriya mablag'lari hisobiga biz 1000 komplekt quyosh batareyalarida ishlaydigan svetodiod lampalar tayyorlading. Ushbu komplektlar Samsung kompaniyasi xodimlari tomonidan tayyorlandi
va Filippinning Maktan oroli va Tailanddagi Pxitsanulok shahri dehqonlari va maktab o'quvchilarida tunda chiroqlari bo'lishini ta`minlash uchun sovg'a qilindi.

A photo of Korean worksites attending "Turn Off Your Lights"

Biz xalqaro dasturlarda ham faol qatnashamiz

O'zgarib borayotgan atrof-muhit sharoitida barqarorlik yo'llarini izlash uchun butun dunyoda turli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Samsung Electronics kompaniyasi bunday tashabbuslarni qo'llab quvvatlaydi va ular e`lon qiladigan qadriyatlarni tashviqot qilish, tarqatish ishida qatnashadi. Quyida o'zimiz ishtirok etgan tashabbuslarning bir nechasini keltiramiz:

 

Uglerodni chiqindi sifatida tashlash haqidagi ma`lumotlarni ochiqlash loyihasi (Carbon Disclosure Project, CDP)
CDP loyihasi kompaniyaning iqlim o'zgarishining turli masalalari bo'yicha ma`lumotlar to'playdi va ochiq e`lon qiladi. Samsung Electronics kompaniyasi iqlim o'zgarishiga bog'liq o'zi amalga oshirayotgan choralar haqidagi ma`lumotlarni faol e`lon qilib boradi. 2010 yildan 2016 yillarda uzluksiz yetti yilda davomasida bizga ushbu sohada eng yuqori ochiqlik darajasi Leadership A berilib kelindi.

Mas`uliyatni his qiladigan tijorat vakillari ittifoqi (Responsible Business Alliance, RBA)
RBA a`zosi sifatida, Samsung Electronics kompaniyasi RBA ish yuritish Kodeksi qoidalariga va uning o'z ish obyektlarini va ta`minotchi tashkilotlarini boshqarishda atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga roya qiladi. Mavjud bo'lishi ehtimol bo'lgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish maqsadida Samsung Electronics kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan barcha ta`minotchilar RBA mezonlariga ko'ra o'z ishlarini muntazam baholab boradilar.

Sof energiya bo'yicha vazirlar forumi (Clean Energy Ministerial, CEM)
Clean Energy Ministerial, Umumjahon sof energiyaga o'tish va eng yaxshi usullari forumi doirasidagi kelishuvlar tomoni sifatida, Samsung kompaniyasi butun dunyodagi o'z ish obyektlarida issiqxona gazlarini chiqarish hajmini 2008 yil ko'rsatkichiga qaraganda 70% qisqartirish (daromad birligi hisobida) va o'zining barcha ish maydonlari uchun ISO 50001 sertifikatsiyani saqlab qolish majburiyatini o'z zimmasiga oldi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun har bi ovoz muhimdir.
Samsung Electronics kompaniyasining atrof-muhit muhofazasi sohasida siyosati borasidagi savollar va fikr-mulohazalarni ushbu manzilga jo'nating eco.sec@samsung.com.

A photo of Samsung Electronics' smartphone in use