Ekologik xavfsiz mahsulotlarimiz sogʻlom sayyorani yaratadi

Atrof-muhit Samsung Electronics kompaniyasi uchun mahsulot loyihasini ishlab chiqishdan boshlab uni chiqindiga chiqarishgacha bo'lgan barcha bosqichlarda ustuvor masala hisoblanadi. 2004 yilda biz ekodizayn jarayonini joriy qildik va shu tufayli mahsulotning atrof-muhitga ehtimoliy ta`sirini sinchiklab tahlil qilish imkoniga ega bo'ldik. Biz mahsulotlarimizni atrof-muhitni muhofaza qilishni hisobga olib, va iloji boricha barcha bosqichlarda resurslarni tejash va innovatsion mahsulotlar yaratishdan tortib ularni foydalanish davri tugaganidan keyin chiqindiga chiqarish bosqichigacha qulay qilib ishlab chiqarilishiga erishish uchun tasarrufimizda bor barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Aynan shu sababli bizning mahsulotlarimiz butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilishni hisobga olib ishlab chiqilgan hisoblanadi.
Ekologik xavfsiz mahsulotlarning asosiy ishlash koʻrsatkichlarini rivojlantirish


Samsung Electronics oʻz baholash tizimidan foydalangan holda mahsulotni ishlab chiqarish bosqichidan boshlab ekologik baholashni amalga oshiradi. Aholining baholash tizimiga boʻlgan ishonchini qozonish maqsadida, biz Eko-Yorliqning sertifikatlash mezonlarini, Koreya atrof muhit vazirligi tomonidan ekologik xavfsiz mahsulotlarga beriladigan sertifikat, AQSHning elektron mahsulotni ekologik baholash uskunasi sertifikati va AQSHning maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi sertifikatini qabul qildik.
Mahsulotlarimizning tayyorlash, foydalanish va yoʻq qilish kabi toʻliq hayot sikli davomidagi atrof-muhitga taʼsirini baholash maqsadida, Samsung Electronics Hayot siklini baholashni amalga oshiradi va natijani mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida aks ettriadi. 2019-yilda Hayot siklini baholash 24 dyumli monitorlarda oʻtkazildi va natijalar AQSHdagi UL Ekologik mahsulot deklaratsiyasi sertifikatini olish orqali ishonchga sazovor boʻldi. Samsung Electronics monitorlarning atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan 12 xil maydonda ishlab chiqarishdan avvalgi, ishlab chiqarish, tarqatish, foydalanish va yoʻq qilish¹⁾ kabi oʻz hayot siklining har bir bosqichi davomida global isishga taʼsirini tahlil qildi.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, taʼsirning 76 foizi “foydalanish” bosqichi davomida qilingan. Buning sababi shundaki, monitorning “foydalanish” bosqichida ishlab chiqariladigan quvvat sezilarli darajada issiqxona gazini keltirib chiqaradi. Keyinchalik energiya sarfi va kutish rejimi quvvatini minimallashtirishga harakat qilish orqali mahsulotni rivojlanitirish bosqichida natijani aks ettiramiz.

Barcha mahsulotlardagi ekologik sezuvchan moddalar
ulardan xavfsiz foydalanish uchun qatʼiy boshqariladi
Samsung Electronics “Atrof-muhit masalalarida murosaga kelmaslik” tamoyili asosida ekologik sezuvchan moddalarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qiladi. Xalqaro atrof-muhitga oid qatʼiy qoidalarga muvofiq, “Mahsulotlarda foydalaniladigan moddalarni nazorat qilish standartlari”ga asos soldik va foydalaniladigan xom ashyolar hamda barcha tarkibiy qismlarni dastlabki puxta nazoratdan oʻtkazishni hamda keyingi kuzatuv menejmentini amalga oshirib kelmoqdamiz. Biz nafaqat taqiqlangan moddalardan foydalanishni shu bilan birga polivinilxlorid (PVX), bromlangan olovni ushlab turuvchi moddalar (BFR), berilyum va antimon kabi potensial ekologik sezuvchan moddalarni ixtiyoriy ravishda kamaytirish boʻyicha rejalar tuzdik. Shu bilan birga, mahsulotlarda ekologik sezuvchan moddalardan foydalanishni muntazam ravishda kamaytirib bormoqdamiz.
Samsung Electronics 2004-yildan buyon, Yevropa Ittifoqi Xavfli moddalarni cheklash (RoHS) haqidagi Direktivasidan ikki yil avvalroq, ekologik sezuvchan moddalarni faol ravishda boshqarib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi oʻzining Direktivasini eʼlon qilmasidan avval ichki qatʻiy boshqaruv tizimini joriy etish uchun turtki sifatida Samsung Electronics kompaniyasining boshqaruv falsafasi atrfof-muhitga alohida eʼtibor qaratib kelar edi. 2005-yildan boshlab ekologik sezuvchan moddalar va uchuvchan organik birikmalarni tahlil qilish laboratoriyasini qurdik va oʻz-oʻzini nazorat qilish tizimini yaratdik. Bundan tashqari ekologik tahlil laboratoriyamiz 2019-yilda Koreya laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish sxemasi (KOLAS) sertifikatiga sazovor boʻlishi maʼlumotlar tahlilimizga va eksperimental qobiliyatimizga boʻlgan ishonchlilikni oshirdi.



- Mahsulotlarda ishlatiladigan moddalarni nazorat qilish standartlari 475.3 KB YUKLAB OLISH
- REACH SVHC deklaratsiyasi 185.2 KB YUKLAB OLISH
Taʼminot zanjirini yaqindan boshqarish uchun Eko-hamkor sertifikatlash tizimini amalga oshirmoqdamiz
Samsung Electronics nafaqat shunchaki, balki mahsulotlarni shu bilan birga uning qismlarini ham sinchiklab oʻrganish uchun mahsulotlar va qismlarini taʻminlovchi barchani Eko-hamkor baholash tizimidan oʻtkazadi.
Mahsulotlarda ishlatiladigan moddalarni nazorat qilish standartlarimiz va taʼminotchilarning ekologik boshqaruv tizimi bilan muvofiqligini baholash orqali sertifikat beramiz. Taʼminotchilar xom ashyo ishlab chiqaradigan kompaniyaning maʼlumotlari bilan birga mahsulotning xavfli moddalar haqidagi maʼlumotni isbotlovchi ekologik hisobotni taqdim etadilar. Shundan keyin, Samsung Electronics taqdim etilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun taʼminotchilarning ishlab chiqarish joylariga tashrif buyurish orqali toʻliq baho beradi. Eko-hamkor sertifikatiga ega boʻlish uchun taʼminotchilar har ikki yilda bir marta tekshiruvdan oʻtishi shart va auditorlik tekshiruvidan oʻta olmaganlar taʼminot zanjiridan chiqarib tashlanadi. Shu tarzda biz taʼminotchilarni Green Management tashabbuslarimizga qoʻshishga intilamiz. Bir martalik baho berishdan koʻra, barqaror taʼminot zanjiri boshqaruviga erishish uchun davomli boshqaruv va baholash chorasini koʻramiz.

Samsung Electronics energiyani tejash yoʻlidagi ilmiy izlanishlarini davom ettiradi
Samsung Electronics yuqori darajada energiya tejaydigan, yaxshi ishlash uchun kam energiya sarflaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga tinimsiz intilmoqda. Agar mahsulot kam energiya sarflagan holda yuqori koʻrsatkichlarga erisha olsa, shundan keyin mijozlar energiya xarajatlarini tejay oladi. Energiya ishlab chiqarish uchun qancha ozroq energiya sarflansa, natijada shunchalik issiqxona gazlari chiqindilari kamayadi. 2019-yilda mahsulotlarimizga innovatsion, energiya tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash natijasida, mahsulotlarimizning energiya sarfini 2008-yilga nisbatan 42 foizga kamaytirdik. Bu biz energiyaning yarmidan foydalangan holda yanada sifatli mahsulot ishlab chiqara olganimizni anglatadi. Ammo bizning ishimiz shu bilan toʻxtamaydi -- biz energiya sarfini yanada kamaytiradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha izlanishlarimizni davom ettirmoqdamiz.

Samsung Electronics kompaniyasining ekologik xavfsiz harakatlari butun dunyoda tan olingan
Samsung Electronics mahsulotlari koʻplab mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Yevropa, Xitoy va Braziliyada ekologik xavfsizligi bilan tan olingan boʻlib, ularga eko-markalar va uglerod chiqindilari yorliqlari kabi eko-sertifikatlar berilgan. Bunga ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda atrof-muhitni birinchi oʻringa qoʻyadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻrganishimiz va rivojlantirishga boʻlgan saʼy-harakatlarimiz sababli erishildi. Biroq bizning ishimiz shu bilan toʻxtagani yoʻq. Samsung Electronics “PlanetFirst” shiorini davom ettirishda, Yer va atrof-muhitni asrashni eng ustuvor vazifa deb bilishda davom etadi. Hayotni qulay va ekologik barqaror qilishda qoʻlimizdan kelgan ishni qilamiz.

Ehtiyot qilish, uzoq muddat foydalanish, qayta ishlatish
