Ekologik jihatdan mas'uliyatli ish obyektlari

Bizning ekologik jihatdan mas'uliyatli ish obyektlarimiz tabiat bilan uyg'un faoliyat olib boradilar

Основной визуальный образ страницы «Экологически ответственные рабочие объекты»

Samsung Electronics kompaniyasining barcha ish obyektlarida sertifikatsiyalashtirilgan tabiatdan oqilona foydalanish tizimi amal qiladi va, tegishli ravishda, ekoboshqaruv tamoyillariga rioya qilinadi. Biroq bizning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarimiz ishlab chiqarish hududlari bilan cheklanib qolmaydi. Biz barcha ish obyektlarimizda atrof-muhitga tug'diriladigan tahdidlarni aniqlaymiz va ularni bartaraf etish yo'llarini izlaymiz. Muammoning mohiyatini aniqlab va butun ishlab chiqarish obyekti tizimining barcha jabhalarida oldini olish choralarini ko'rib, biz vaqtincha, qisman yoki kechiktirib choralar ko'rish bilan cheklanmasdan muammoni hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Shu bilan birga, ish obyektlaridan tashqarida, biz mahalliy hamjamiyatlar bilan hamkorlikda biologik xilma xillikni saqlash ishlarida faol ishtirok etamiz.

Samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlari (KPI) 2020 - atrof-muhitni muhofaza qilishni hisobga olib ish obyektlar faoliyati

Tabiatdan oqilona foydalanish tizimi sertifikatsiyalash darajasi
This image is the goal of eco-conscious worksites. Until 2020, it aims to be 100% in the environmental management system certification rate. In detail, all our 36 global manufacturing sites should go through ISO 14001 and OHSAS 18001s.

Barcha ish obyektlarida tabiatdan oqilona foydalanish tamoyillarini joriy qilib,
biz integrallashtirilgan boshqaruv tizimini yaratdik

Ekoboshqaruv siyosati talablariga rioya qilish uchun, Samsung Electronics ish obyektlarini tabiatdan oqilona foydalanishning xalqaro standartlari talablariga mos ravishda boshqaradi. Barcha ish obyektlarimiz Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) tabiatdan oqilona foydalanish, ISO 14001, va energiyadan (quvvatdan) oqilona foydalanish serftifikatlarini ISO 50001 olgan. Samsung Electronics kompaniyasi bundanda ko'proq ishlarni amalga oshirdi: biz talablari xalqaro standartlardan qat`iyroq standartlar ishlab chiqdik, va ishlab chiqarish hududlarimiz ishlarining barcha tomonlarini sinchkovlik bilan nazorat qilib boramiz. Bunda tashqari, biz atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va mehnat himoyasi Markazi va Iste`molchilarning qoniqqanlik Markazi tashkil etdik. Har ikkala tashkilotning ham Samsung kompaniyasining bosh direktori tomonidan bevosita boshqarilishi ishga nisbatan kompleks va tizimga tushirilgan yondashuvni ta`minlaydi.

Tabiatdan 100% oqilona foydalanish yo'lida

ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standartlari ISO tizimining texnik komitetlari tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy resurslar va energiyadan tegishli ravishda oqilona foydalanish tizimlari hisoblanadi. Sertifikatsiyadan o'tishni xohlagan kompaniyalar tabiatdan oqilona foydalanish siyosatini joriy qilishlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida batafsil maqsadlarni belgilashlari va muayyan harakatlar rejasini tuzishlari lozim. ISO tomonidan qo'yiladigan qiyin baholash jarayonidan o'tish uchun, nomzod murakkab muammolarni hal qilishda resurslarni taqsimlash va dolzarb loyihalarni samarali amalga oshirish kabi bir qator vazifalarni bajarish qobiliyati va imkoniyatini isbot qilishi lozim. Sertifilkatsiyalashtirish bir martalik chora emas: sertifikatsiyalashtirishdan keyin kompaniya har yilda bir marta auditorlik tekshiruvidan o'tadi, har uch yilda esa - sertifikat yangidan olinadi.
Samsung Electronics kompaniyasining butun dunyoda joylashgan ish obyektlari ushbu murakkab sertifikatsiyalashtirish jarayonidan o'tdi, va tabiatdan oqilona foydalanishning yanada qat`iyroq tizimini saqlab qolish uchun, chetdan kelgan auditorlarning tekshiruvi bilan cheklanibgina qolmay, biz o'z ekspertlarimiz yordamida audit tekshiruvlar o'tkazamiz.

This infographic shows the environmental management. The left side is the information of internal auditors, and the right the images of certifications such as ISO 14001 and ISO 50001. The number of internal auditors are 342 for ISO 14001, 298 for ISO 50001.

Biz issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirish siyosatini ishlab chiqdik va amalda joriy qildik

Kompaniya darajasida amalga oshirsa bo'ladigan o'zgarib borayotgan iqlim sharoitlariga moslashish choralari mavjud. Bunday choralardan biri — joriy samaradorlik ko'rsatkichlariga obyektiv va vizual baho berib, baho berish va takomillashtirish mumkin bo'lgan ichki masalalarni belgilashdan iborat. Buning uchun har yili Samsung Electronics kompaniyasi chet tashkilotlarga chiqarilayotgan issiqxona gazlarining voqe hajmini o'lchashga buyurtma beradi. Bundan tashqari, ichki tekshiruvning chiqargan qaroriga bog'liq holda, biz tashlanadigan chiqindilarni hajmini qisqartirish yo'llarini izlaymiz va tinimsiz vaziyatni yaxshilash tomonga choralar ko'rib boramiz. Issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirish borasidagi ishlarimizda biz ba`zi jiddiy yutuqlarga erishdik, masalan, Koreryadagi eng katta ish obyektlarimizdan issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirdik.

This infographic shows the direct GHG emissions at Korean worksites. In 2014, it was 2.2749 million tons Co2eq, in 2015 1.8214 tons Co2eq, in 2016 1.788 million tons Co2eq. Compared to that of 2014, the amount is reduced 21% in 2016.

Samsung Electronics kompaniyasining issiqxona gazlari chiqarilishi hajmini qisqatirish bo'yicha ishlari
Yarim o'tkazgichlar ishlab chiqarishda kremniy plastinalarini tozalash uchun tarkibida issiqxona gaz turlaridan biri hisoblangan ftor mavjud gaz zarur bo'ladi. Ushbu plastina yarim o'tkazgichlar uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ingichka silikon qatlamidan iborat. Yarim o'tkazgichning sifati va xarakteristikalari ko'p jihatdan mana shu plastinaning yuzasiga bog'liq bo'ladi, ya`ni, tarkibida ftor mavjud gazdan foydalanishdan voz kechishning imkoni yo'q. Shuning uchun, Samsung Electronics kompaniyasi ushbu gazni chiqarib tashlash hajmini mimimum darajaga tushirish usullarini o'rgandi va buning natijasida tashlab yuboriladigan zararli chiqindilar hajmini qisqartirishga imkon beradigan yangi uskuna ishlab chiqdik va ularni ishlab chiqarishda joriy qildik. Samsung Electronics va Samsung Engineering kompaniyalarining hamkorlikda olib borgan ishlarining mahsuli bo'lmish ushbu uskuna tarkibida ftor mavjud gazdan foydalanish hajmini jiddiy tarzda qisqartirishga yordam berdi: uskuna nafaqat gazni parchalab tashlaydi balki uskunani ishlatish uchun zarur bo'lgan elektr quvvatini ham jiddiy tarzda tejaydi ham. Gaz parchalash uchun qo'llaniladigan avvalgi usul jarayoni yuqori harorat sharoitida olib borilib, ko'p elektr quvvati sarflashni talab qilar edi va shu sababdan, jarayonning o'zi ham issiqxona gazlari chiqarish manbai edi. Yangi texnologiya issiqxona gazlarini past haroratda parchalash imkonini beradi va bu bilan elektr quvvatini tejaydi. Shu tufayli, biz ishlab chiqarishdan chiqariladigan issiqxona gazlarining 90% ortiqroq qismini qayta ishlay olamiz.

Ish obyektlarimizda ifloslantiruvshi moddalarni chiqindiga tashlash hajmini qisqartirish yo'li bilan atrof-muhitga ko'rsatiladigan ta`sirni minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo'ldik

Ishlab chiqarish jarayonida havo va suvni ifloslantirishi mumkin bo'lgan qo'shimcha mahsulotlarning ham ishlab chiqarilishi muqarrar. Uskunalarni almashtirish va ish jarayonlarini takomillashtirish yo'li bilan Samsung Electronics kompaniyasi ushbu mahsulotlarning atrof-muhitga salbiy ta`sirini minimal darajaga tushirish uchun ko'p chora-tadbirlar ko'radi. Biz boylerlarimizni (suv isitadigan qurilmalarni) kamroq quvvat sarf qiladigan va azot oksidlarini (NOx) va CO2-ni chiqindiga chiqarish hajmini jiddiy qisqartiradigan NOx ishlab chiqarish ko'rsatkichi past bo'lgan gorelkalar bilan jihozladik. Bundan tashqari, ishlab chiqarish tizimlarini o'rnatayotganda ushbu tizimlar uchun optimallashtirilgan tozalash uskunalari o'rnatamiz. Xususan, biz Koreyadagi ish obyektlarining suv tozalash inshootlarini takomillashtirish yo'li bilan atrof-muhitga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 97,6% qisqartirishga muvaffaq bo'ldik. Shu bilan birga, xavfli chiqindilar moddalar va suyuqliklarning singib ketishini yo'qqa chiqaradigan va bu bilan tuproqning ifloslanishiga umuman yo'l qo'ymaydigan maxsus konteynerlarda (idishlarda) saqlanadi. Shuningdek, ifloslanishning oldini olish choralarini ko'ramiz. Ushbu ishlar doirasida atrof-muhitni ifloslantirishga olib kelishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish elementlarini o'rganamiz va ularni oldindan bartaraf qilamiz. Biz faoliyatimiz davomida atrof-muhitga salbiy ta`sir ko'rsatishni minimal darajaga tushirish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, biz ishlab chiqarish jarayonlari boshlanishidan oldin ishga tushiriladigan va boshlangandan keyin ham amal qiladigan ifloslanish darajasini nazorat qiluvchi turli usullarni va ifloslanishning oldini olish dasturlarini qo'llaymiz.

This infographic tells the environmental investment. In 2012, 4.915 billion KRW was invested into the environment, in 2013 5.82 billion KRW, in 2015 6.59 billion KRW, in 2016 9.334 billion KRW. As of 2016, approximately 90% was increased compared to 2012.

Yer kurrasining sog'lig'ini asrash uchun biz biologik xilma xillikni saqlab qolish dasturlarini amalga oshiramiz

Ekotizimni asrash va atrof-muhitni himoya qilish — sayyoramiz sog'ligi haqida qayg'urishning muhim tarkibiy qismlaridir. Samsung Electronics kompaniyasi xodimlari ekotizimning hayotchanlik qobiliyatini saqlashga qaratilgan tadbirlarda qatnashadilar. Biologik xilma xillikni saqlash falsafasi talablariga sodiq qolish bilan, biz ushbu g'oyani ommaviylashtirishga qaratilgan turli tadbirlar o'tkazamiz va o'z xodimlarimizni ularda qatnashishga faol undab boramiz.

This infographic shows the basic philosophy and action plans that Samsung Electronics has in order to secure biodiversity. The basic philosophy is “Samsung Electronics recognizes the benefits and the importance of the ecosystem and of biodiversity. To minimize effects detrimental to biodiversity, we actively engage in ecosystem preservation initiatives.” For the action plans, 1) all employees recognize the preservation of biodiversity as one of Eco-management’s key values, 2) Assess and analyze a product’s impact on the ecosystem and biodiversity throughout its life cycle and strive to minimize any negative effects, 3) Prioritize regions with high biodiversity value across all worksites in South Korean and abroad, and undertake biodiversity conservation activities that cater to local needs, and 4) Continuously communicate with employees, local communities, NGOs, and other stakeholders and contribute to enhancing the biodiversity conservation efforts of local communities.
Yo'qolib borayotgan turlarning yashash joylarini himoya qilish

Biz ish obyektlarimiz joylashgan mintaqalarda yo'qolib borayotgan turlar va ular yashaydigan joylar haqida ma`lumot to'playmiz. So'ng tegishli tashkilotlar, jumladan mahalliy jamiyat a`zolari, jamoatchilik tashkilotlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda biologik xilma xillikni asrash bo'yicha tadbirlar o'tkazamiz.

This infographic tells endangered species adjacent to worksites in South Korea. In Suwon City, there are 1 in mammals, 6 in birds, 2 in amphibians, and 1 in plants. In Hwaseong City, 1 in Mammals, 26 in birds, 3 in amphibians, 1 in insects, and 2 in plants. In Gwangju, 5 in mammals, 6 in birds, 1 in fish, and 1 in plants are endangered. In Yongin City, 2 in amphibians, and 1 in insects, in Asan City, 1 in mammals, 19 in birds, 3 in amphibians, and 2 in others are critical. In Gumi City, there are 2 in mammals, 7 in birds, 1 in fish, and 3 in plants as endangered species.

Daur turnasini asrab qolish - Chep Yonni tiklash (Jedurumi + Xep Yon botqoqlari)
2013 yilda Samsung Electronics kompaniyasining Kyonsan-do viloyati Gumi shahridagi ish obyekti Koreyada birinchi marta markaziy va mahalliy davlat organlari va universitetlar bilan biologik xilma xillikni asrash uchun shartnoma tuzdi. Shundan beri, biz Gollandiyadan keltirilgan yo'qolib borayotgan turga mansub ikki juft qushni - Daur turnalarini (Koreya tabiiy yodgorligi №203) sun`iy urug'lantirish loyihasiga yordam ko'rsatib keldik. 2016 yil aprel oyida Qushlarning yashash joylari ekologiyasini tadqiq qilish Instituti xodimlari ushbu turnalardan yangi avlod (jo'ja) chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu loyiha qishlashga keladigan qushlarning yashash joyi bo'lmish Xep Yon botqoqlarining ekotizimini tiklashga yordam beradi, va biologik xilma xillikni asrash ishlariga jiddiy hissa qo'shadi.

Sohil oldi qumtepalarni asrab qolish
2008 yildan beri Chxunchxonnam-do viloyati Onyan shahrida joylashgan ish obyektimizda biz Kimgan daryosi basseynini himoya qilish tashkiloti bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bizning umumiy maqsadimiz — yo'qolib borayotgan turlarning ikkitasi - sariq tumshuq laylak va Mo'g'ul kaltakesagi yashaydigan sohil oldi qumtepalarini asrab qolishdan iborat. Hozirda, Poryon shahriga ummon suvlarini tozalash, invaziv o'simliklar turlarini yo'qotish va Soxvan qumtepasini himoya qilish ishlarini amalga oshirishda yordam ko'rsatmoqdamiz. Asan shahrida esa miskantusning tabiiy yashash joylarini yaratish ishlariga yordam ko'rsatmoqdamiz.

Baliq va o'simliklarning invaziv turlarini yo'qotish
Kyongi viloyatidagi Gixyon va Xvason shaharlaridagi ish obyektlarimiz har yili Osan va Vonchxyonri daryolari ekotizimlarini asrash bo'yicha tadbirlar o'tkazib turishadi: xodimlar invaziv turlarni yo'q qilishadi, yovvoyi hayvonlarga ozuqa berishadi va atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini amalga oshirishadi.

Umumjahon suv resurslari kuni munosabati bilan o'tkaziladigan tadbir

Suv — hayot manbaidir. Har yilning 22 mart kuni Samsung Electronics kompaniyasining dunyodagi barcha ish obyektlarida Umumjahon suv resurslari kuni nishonlanadi va chuchuk suv havzalari va ummon ekotizimlarini asrashga qaratilgan tadbirlar o'tkazishadi. Nafaqat bizning xodimlarimiz, balki mahalliy jamiyat, fuqarolik tashkilotlari va ta`lim muassasalarining vakillari ham birlashib suv resurslarini himoya qilish tadbirlariga, muayyan mavzularga bag'ishlangan ta`lim dasturlarida va boshqa tabiatni himoya qilish tadbirlarida ishtirok etishadi. Bu juda osonlik bilan tushuntiriladi: faqat hamjihat hatti-harakatlar amalga oshirish bilangina sayyoramizning suv resurslarini saqlab qolishimiz mumkin.

A photo of world water day event
Kelajakni birga quramiz: bizning maqsadimiz - Ekologik jihatdan barqaror ta`minot tizimi
A background image of Supply Chain Page