Eko-menejment qiymat tizimi

Samsung Electronics 1992-yildagi Samsung atrof-muhit Deklaratsiyasida 21-asr falsafasi sifatida eko-menejment asoslariga poydevor qoʻydi. Shundan beri biz atrof-muhitni muhofaza qilish qonun-qoidalariga shunchaki passiv rioya qilishdan chekindik. Mijozlarimizga ekologik toza yechimlar taklif etish orqali va barqaror kelajakka yoʻl ochgan holda ekomenejmentni amalda qoʻlladik. Sogʻlom muhit kelajagimiz uchun muhimdir.

 
Falsafamiz: Odamlar va tabiatni hurmat qiladigan biznes amaliyoti orqali insonlar hayoti va global muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshamiz. Maqsadimiz: Mijozlarimizga yangi barqaror, ekologik toza tajribalarni taqdim etamiz shu sababli innovatsion, ekologik xavfsiz boʻlgan mahsulotlar va texnologiyalar orqali hamda global jamiyatning barqaror kelajagini yaratishda yetakchilik qilamiz “Sayyoramiz hamma narsadan ustun”: Bu shior atrof-muhitni himoya qilishni birinchi oʻringa qoʻyuvchi biznes amaliyotlari orqali barqaror menejment va ijtimoiy majburiyat uchun birlashish asosiy burchimiz ekanligini ifodalaydi. Logotipning dumaloq shakli yer va yangi boshlanish (muqaddima)ni bildirsa, yashil va koʻk ranglar keyingi avlodlarga qoladigan unumdor yer va suvni ifodalaydi.

Iqlim oʻzgarishi

Iqlim oʻzgarishi dunyoning har bir qismiga taʼsir qilmoqda.
Issiqxonalar gazini qisqartirish va tegishli tashabbuslar orqali iqlim oʻzgarishiga javobimiz barqaror, yashil kelajakka oʻzgartirishga qaratilgan.

Climate Action sahifasining asosiy koʻrinishi

Ekologik xavfsiz mahsulotlar

Elektron mahsulotlar yanada ekologik xavfsiz qilib ishlab chiqarilishi mumkin.
Samsung Electronics kompaniyamizda mahsulotlarimizni rejalashtirish bosqichidan boshlab
rivojlantirayotgan vaqtimizda atrof-muhitni hisobga olamiz.
Biz hayotni yanada qulay va eko-ilhomlantiruvchi qilish uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanishga intilamiz.

Ekologik xavfsiz mahsulotlar sahifasining asosiy koʻrinishi

Resurslardan samarali foydalanish

Yerning cheklangan resurslarini asrab qolish, ulardan uzoqroq foydalanish va qayta ishlash kerak.
Samsung Electronics resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida oʻz ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

Resurslardan foydalanish samaradorligi sahifasining asosiy koʻrinishi

Atrof-muhitni muhofaza qilishni hisobga olib faoliyat olib boradigan ish obyektlari

Mahsulotlar ishlab chiqariladigan ish joylari ekologik muammolardan xoli emas.
Samsung Electronics ekologik xavfsiz ish joylarida insoniyat va tabiat birgalikda yashaydi.

Основной визуальный образ страницы «Экологически ответственные рабочие объекты»

Atrof-muhit uchun maʼlumotlar

Samsung Electronics atrof-muhitga oid siyosatini va ishlab chiqarish jarayonini shaffof nashr etadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun, Ekomenejment hattoki eng kichik ovozlarni, muloqot qilish va kelishuv uchun hammaga ochiq boʻlishni hisobga oladi.

A key visual image of Environment Data page