Sanoat inqilobi boshlanishidan beri iqtisodiy o'sish tabiiy resurslarni chuqur o'ylamasdan qazib olish va ulardan foydalanish bilan birga amalga oshdi. Ekspertlar tabiatga bunday munosabatning atrof-muhitga oqibatlari va kelajakda zaxiralarning tugashi haqida ogohlantirmoqdalar. Samsung Electronics kompaniyasi ushbu xatarlarni tushunadi va bunga javob berish uchun bir qator keng qamrovli choralarni amalga oshirmoqda.
Biz mahsulotlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llab, resurslardan samarali foydalanamiz, va muqarrar paydo bo'ladigan chiqindilarni va chiqindiga chiqarilgan mahsulotlarni takroran ishlatish usullarini izlamoqdamiz. Biz imkoni boricha kam miqdor resurslardan foydalanib va chiqindiga chiqarilgan elektron mahsulotlar qismlarini takroran ishltatish yo'li bilan mukammalroq mahsulotlarni yaratishga barcha imkoniyatlardan foydalanishda say`i harakatlar qilishda davom etamiz.

Resursdan foydalanish samaradorligi uchun KPI

 
Performance as of 2019 Cumulative take-back of global e-waste: 403million ton Use of Recycled Plastic: 24.5million ton Waste recycling rate of Samsung Locations: 95% Water use intensity: 67tons/100million KRW

Resurslarni doimiy ravishda qayta ishlaydigan aylanma iqtisodiyotni maqsad qilamiz.

Inqirozdagi atrof-muhitni himoya qilish va resurslardan samarali foydalanish uchun Samsung Electronics aylanma iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan harakatlar bilan shugʻullanadi. Resurslarni bir marta ishlatish va ularni yoʻq qilishning odatiy amaliyotidan kelib chiqib, Samsung mahsulotning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng uni qayta tiklash, qayta foydalanish va qayta ishlash orqali resurslarni qayta ishlatilishini taʼminlash ustida ish olib bormoqda. Foydalanilgan materiallar turini minimallashtirish va yigʻish usulini optimallashtirish metodi orqali resurslardan foydalanishni qisqartiradigan ishlab chiqarish usullarini tadbiq etdik. Yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni yigʻib, qimmatbaho materiallar tayyorlaymiz. Bu aylanma iqtisodiyot orqali Samsung ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan tabiiy resurslar miqdorini kamaytiradi, chiqindilarni yoqishdan chiqadigan issiqxona gazlari va ifloslantiruvchi moddalarni qisqartiradi va chiqindixona tufayli tuproq hamda yer osti suvlari ifloslanishining oldini oladi.
Eng muhimi, resurslarni tejashning eng yaxshi usuli bu sifatli va uzoq muddatli mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Bir qator qatʻiy ishonchlilik sinovlari oʻtkazgan holda ishlab chiqarishdan avval mahsulotlarimizning chidamliligini mustahkamlash orqali va dasturiy taʻminotni uzluksiz yangilab turishni oʻz ichiga olgan global xizmat koʻrsatish joylari bilan birga qulay taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish orqali,
Samsung resurslarni tejash va aylanma iqtisodiyotga oʻz hissasini qoʻshgan holda mahsulotlarimzining hayot davomiyligini uzaytirmoqda.

Aylanma iqtisodiyot tuzlimasi Samsung Electronics tomonidan qabul qilingan

 
Consumer Use Use energy-efficient products to reduce indirect GHG emissions Enhance product performance, upgrade firmware, and extend product warranty Repair and Reuse Continuously expand service centers worldwide Extend product lifespan by providing remote and expert diagnosis services Samsung Electronics Development Plan products that consume less energy and resources Design products that are easy to disassemble and recycle Life extension design of product Purchase materials and parts that do not contain any hazardous substances Expand the use of sustainable resources, such as recycled materials Do business with certified “Eco Partners” Manufacturing Expand renewable energy use at worksites Minimize water consumption and increase reuse Recycle worksite waste into resources Use chemical alternatives at worksites Distribution Use sustainable packaging materials and sustainably-sourced paper Compact and lightweight packaging Reduce GHG emissions and use of fuel by optimizing logistics Recycling Company Take-back and Recycling Operate take-back programs in each country Extract and reuse materials from waste products Run a closed-loop recycling system for waste resources

Muddatini oʻtab boʻlgan mahsulotlarga yangi hayot nafasini beramiz

Aylanma iqtisodiyot tizimiga asos solish chiqindilarni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishda muhim va asosiy omil hisoblanadi.
Shu sababli, Samsung Electronics global miqyosda Re+ Dasturini, elektron chiqindi yigʻish dastruni global miqyosda boshqaradi. Foydalanish muddati tugagan mahsulotlar xizmat koʻrsatish markazlarimiz yoki qayta ishlovchi koperativlar orqali jamlanadi va jamlangan elektron chiqindilar ekologik toza usuldan foydalangan holda qayta ishlanadi hamda foydali resurslar sifatida qayta foydalaniladi. 2009-yildan 2019-yilga qadar boʻlgan davrda jami 4,03 million tonna chiqindilarni yigʻishga erishdik.

This is an image of Samsung Electronics’ Re+ program. Re+ is the most representative resource efficient program of Samsung Electronics.
  • Xizmat muddati tugagan mahsulotlarni qabul qilish va qayta ishlash bilan shug'ullanadigan tashkilotlar ro'yxati, mamlakatlar bo'yicha 92 KB YUKLAB OLISH
  • Yevropa mamlakatlarida qadoq materiallari va akkumulyatorlarni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan tashkilotlar ro'yxati 166 KB YUKLAB OLISH

Resurs bir marta ishlatilganidan keyin, u tuzatiladi, qayta ishlanadi va qayta foydalaniladi.

Samsung Electronics resurslarni bir marta ishlatgandan soʻng yoʻq qilib yuboradigan avvalgi resurslar isteʼmoli tizimidan uzoqlashmoqda va tuzatish, qayta ishlash va keyin foydalangan resurslardan qayta foydalanish kabi yopiq xalqali qayta ishlash tizimini hisobga olib turli faoliyat turlari bilan shugʻullanmoqda. Resurslarni qayta ishlaydigan ijtimoiy tuzilmaga asos solish doirasida, eng avvalo, asosiy mahsulotlarimiz tarkibini tahlil qilamiz va har bir moddaning taʼminot zanjiri xavfsizligi, atrof-muhit, jamiyat va iqtsidiyotga taʻsirini turli tomondan qayta tahlil qilamiz.

 

Samsung kompaniyasining qayta ishlash sohasidagi harakatlaridan eng asosiysi bu Samsung tomonidan asos solingan va boshqariladigan Asan qayta ishlash markazidir. Qayta ishlash markazidan chiqadigan barcha asosiy metall va plastmassa elektron mahsulotlar ishlab chiqarishda qayta ishlatiladi. 1998-yilda tashkil etilganidan beri Asan qayta ishlash markazi elektron chiqindilarni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Faqatgina 2019-yilning oʻzida bu markaz 338 000 dona muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar va IT-qurilmalardan 24 524 tonna asosiy metallar (poʻlat, mis, alyuminiy va boshqalar) va plastmassani qayta ishladi. Asan qayta ishlash markazida elektron chqindilardan saralangan plastmassa ulardan qayta foydalanish uchun qayta ishlab chiqaradigan plastmassa ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beriladi. Birgalikda ishlab chiqilgan texnologiyadan foydalanib, Asan qayta ishlash markazi Samsung mahsulotlarida yangilangan plastmassadan foydalanish imkonini beradigan yopiq xalqali qayta ishlash tizimiga asos soldi. 2019-yilda ushbu yopiq xalqali qayta ishlash tizimi orqali ishlab chiqarilgan 1882 tonna yangilangan plastmassa Samsung muzlatkichlari, konditsionerlari va kir yuvish mashinalarida ishlatilgan. Boshqa kanallardan sotib olingan yangilangan plastmassani olib qaraydigan boʻlsak, taxminan 30 753 tonna plastmassa maishiy texnika, televizorlar, monitorlar va mobil telefon zaryadlovchilarini tayyorlashda ishlatilgan. Mis asosiy tarkibiy qismlardan (simlar, kompressorlar va boshqalar) ajratib olinadi, qayta ishlanadi va boshqa elektron mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana bir misol mobil telefon batareyalarida ishlatiladigan asosiy manbalardan biri kobalt.

 
Closed-loop recycling process of waste plastic at Asan Recycling Centre

Resurslarni qayta aylantirish va chiqindixonalarga chiqindi chiqarmaslikni targʻib qilamiz

Resurslarni qayta aylantirish tizimini jonlantirish maqsadiga koʻra, Samsung Electronics chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish va chiqindixonalarga chiqindi chiqarmaslik orqali chiqindilarni ajratishni kengaytirish ustida ish olib bormoqda. 2019-yilda loy chiqindidan olingan mis bilan xom ashyo mis (97%) ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanib, misni qayta ishlash va ilgari yoqib yuborilgan sintetik qatron chiqindilarni alohida ajratish orqali qayta ishlash darajamizni oshirdik. Ushbu harakatlarimizni inobatga olgan holda Koreya atrof-muhit vazirligi tomonidan 2019-yil sentabr oyida Xvasondagi ish joyimiz “Resurslarni qayta aylantirish sohasida yetakchi kompaniylar oʻrtasida Prezident mukofoti”ga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, hozirda Koreyadagi ish joylari uchun “Chiqindixonalarga chiqindi chiqarmaslik” sertifikatini olish ustida ish olib bormoqdamiz va bu harakatlar yaqinda Koreyadan tashqarida joylashgan ish joylariga ham kengaytiriladi.

 
Ushbu infografikada chiqindilarni qayta ishlash jarayoni koʻrsatilgan. Xom ashyo va yordamchi materiallar mahsulotga aylanganda va foydalanib boʻlgandan soʻng yoʻq qilinganda, ular qayta ishlash markaziga yuboriladi va chiqindi qayta ishlash uchun tashiladi hamda yoqib yuborib yoʻq qilinadi.

Bir marta ishlatiladigan plastmassa qadoqlash materiallarini ekologik toza materiallar bilan almashtirdik.

2018-yilda ekologik xavfsiz qadoqlash materiallari siyosatini oʻrnatganidan buyon Samsung Electronics bir martalik ishlatiladigan plastmassa qadoqlash materiallarini qogʻoz va bioplastik materiallar kabi ekologik toza materiallarga almashtirdi va 2020-yilgacha qadoqlarimizda va qoʻllanmalarimizda foydalaniladigan qogʻozlarni barqaror oʻrmon sertifikatiga ega boʻlgan qogʻozlarga almashtirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, “The frame”, “The Serif”, “The Sero” TV mahsulotlarimiz uchun qadoqlash materiallarida qayta foydalanish konsepsiyasidan foydalangan holda “eko-qadoqlash”ni joriy etdik. Gofrokarton, odatda mahsulotni himoya qilish uchun televizor qadoqlarida ishlatiladi. Samsung Electronics nuqta matritsali dizayni bilan gofrokartonni rivojlantirish orqali qadoqlash materiallarining qiymatini toʻliq oʻzgartirdi. Natijada xaridorlar ularni osonlik bilan sindirishlari va uy hayvonlariga buyumlar hamda kichik mebellar kabi har xil narsalarni yasashni oʻrgatuvchi qoʻllanmalar yordamida qadoqlarni boshqa maqsadlarda yigʻishlari mumkin.

Ekologik toza qadoqlash materiallarining qoʻllanilishi
This is an image of applications of eco-friendly packaging materials

Mahsulotning xizmat muddatini uzaytirish

Mijozlarga xizmat ko'rsatish va yuqori darajadagi ishonchlilik tufayli mahsulotning xizmat muddatini uzaytirish.

Mijozlar olgan qurilmalar uzoqroq vaqt samarali ishlashini ta`minlash maqsadida, mahsulotlarni loyihalashtirish bosqichida ularning mustahkamligi, tushib ketishga, qulashga bardoshliligi va xizmat muddati borasida turli xil sinovlar o'tkazish yo'li bilan Samsung Electronics o'z mahsulotlarining ishonchlilik darajasini oshirishga intiladi. Biz xalqaro standartlar talablariga rioya qilamiz, biroq mahsuloting ishonchlilik chegarasini aniqlash uchun turli burchaklarda va tushadigan yuzaning turli materiallariga erkin qulash sinovlari, hamda turli sharoitlarda suv o'tkazmaslik sinovlari o'tkazamiz.
Shuningdek, Samsung kompaniyasi mahsulotning ishdan chiqib qolishi holatlarida qismlarini almashtirish va ta`mirlash sonini maksimal darajada qisqartirishga intiladi. Bundan tashqari, biz ekspertlar tomonidan tez muddatda tashxis qo'yish va ta`mirlashni ta`minlash yo'li bilan mahsulotlarimizning xizmat muddatini oshirishga barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Shu maqsadda, biz mahsulotni ta`mir qilish uchun qabul qilishning qulay variantlarini taklif qilamiz va Samsung vakolat bergan xizmat ko'rsatish tarmog'ini tinimsiz kengaytirib boramiz, va bu bilan tashxis qo'yish va ta`mirlashning tezligi va aniqlik darajasini oshiramiz.

 

Qimmatbaho suv resurslarini kamaytirish, foydalanish va qayta ishlash

Barqaror biznes faoliyati uchun Samsung Electronics atrof-muhitni himoya qilish suv resurslarini qatʼiy boshqarish bilan boshlanishiga ishongan holda suv resurslari uchun 3R (Reduce, Reuse, Recycle) strategiyasiga eʼtibor qaratmoqda. Biz ish joyini optimallashtirish, eskirgan inshootlarni almashtirish va amaldagi koʻrsatmalarni takomillashtirish kabi muntazam ravishda tabiatni muhofaza qilish ishlari va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda qayta ishlash tizimlarini yaratish kabi tuzilmalarni takomillashtirish harakatlari orqali suvdan iloji boricha qayta foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Natijada, 2019-yilda qayta ishlatilgan suvning umumiy miqdori oʻtgan yilga nisbatan 10 foizgacha oshib, 68 555 000 tonnani tashkil etdi. Xususan, katta miqdordagi suv resurslaridan foydalanadigan yarimoʻtkazgichli ish joyi jarayonni nazorat qiluvchi oʻzgaruvchilarni oʻzgartirish, chiqindi suvlarni oʻzgartirish usuli va ishlashni optimallashtirish orqali suvni tejash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichni haddan tashqari oshirib yubordi. Bundan tashqari, soʻnggi bir necha yil ichida yirik suv inshootlarini yangi oʻrnatilgan Pyongtak ish joyida suvni tejashning mavjud tabiatni muhofaza qilish maqsadlari va samarali ishlashini aks ettiruvchi oʻrta va uzoq muddatli maqsadlari taʻsis etilgan. Samsung Electronics kompaniyasi suvni barqaror boshqarish va tejashga qaratilgan harakatlarimiz uchun yarim oʻtkazgich sanoatida birinchi marta Buyuk Britaniyada global akkreditatsiyalangan Carbon Trust tomonidan “Water Footprint” sertifikatiga ega boʻldi.

 
Ushbu infografikada suv resurslariga oid siyosat koʻrsatilgan. Yuqoriga bu asosiy falsafa, pastga faoliyat boʻyicha koʻrsatmalar. Asosiy falsafa shundaki, Samsung Electronics suv resurslari barqaror jamiyat va biznesni saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tan oladi va bu bizning shunday resurslarni himoya qilish boʻyicha global kompaniya sifatida ijtimoiy masʼuliyatimizni bajarishimizga hissa qoʻshadi. Faoliyat boʻyicha koʻrsatmalar 1) Biznes boshqaruvida suv resurslarining xavfda qolishini minimallashtirishga intilish, 2) suv resurslarining ahamiyatini umumiy madaniyatimizning bir qismi deb bilish, 3) suv resurslari siyosati boʻyicha jamoat bilan faol hamkorlik qilish, 4) suv resursiga oid faoliyat va siyosatni oshkor qilish.
Bizning atrof-muhitni muhofaza qilishni hisobga oladigan ish obyektlarimiz tabiat bilan uyg'un faoliyat olib boradilar
A background image of Eco-Conscious Worksites Page