Ekologik jihatdan barqaror ta`minot tizimi

Kelajakni birga quramiz: bizning maqsadimiz - Ekologik jihatdan barqaror ta`minot tizimi

Основной визуальный образ «Экологически устойчивой цепочки поставок»

Umumiy qadriyatlar va o'zaro ishonch asosida harakat qilish bilan olamni yaxshilashimiz mumkin. "Yashil" boshqaruv haqida ham xuddi shunday desa bo'ladi. Muvofiqlashuv darajasini yanada oshirishga erishish uchun, ta`minotchilar, strategik hamkorlarimiz bilan ishlash jarayonida Samsung Electronics kompaniyasi "yashil" boshqarish tamoyillarini qo'llaydi. Biz ta`minotchilarga "yashil" boshqaruvni xalqaro standartlar talablariga mos ravishda amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan moliyalashtirish va mutaxassislar yetkazib beramiz, shuningdek ularning xodimlari atrof-muhit muhofazasi bilan bog'liq muammolarning jiddiyligini anglab, tushunishlariga yordam berish maqsadida o'quv kurslari tashkil qilamiz. Biz bu ishlarni "yashil" boshqaruvning to'la salohiyatini faqat barcha tomonlarning yordami va qatnashuvi bilangina amalga oshirish mumkinligi sababdan amalga oshiramiz.

Ekologik jihatdan barqaror ta`minot tizimini boshqarish strategiyalari

Samsung Electronics kompaniyasida tarkibiga butun dunyo bo'ylab 2500 ta`minotchilarni qamab oladigan ulkan mahsulot yetkazib berish zanjiri mavjud. Ularning ba`zilari xom ashyo yoki mahsulot tarkibiy qismlarini yetkazib berishadi, boshqalari esa — uskunalar yetkazib berishadi, biroq ularning barchasi boshqasi bilan almashtirib bo'lmaydigan ta`minotchilar. Agar barcha ta`minotchilarimiz "yashil" boshqaruv dasturida qatnashishsa kuchli ta`sir o'tkazishini tushunamiz, shuning uchun ularga texnik va iqtisodiy ko'mak beramiz va maslahat xizmatlari ko'rsatamiz. Shunday yo'llar bilan biz ularni "yashil" boshqaruv usuliga o'tishga faol hatti-harakat qilishga rag'batlantiramiz va ekologik jihatdan barqaror ta`minot tizimini shakllantiramiz. Bundan tashqari, yangi ta`minotchilarni tanlashda o'zimizning ichki sertifikatsiyalshtirish dasturimiz - ekohamkorlik sxemasi asosida tabiatdan oqilona foydalanishni baholashni amalga oshiramiz. Yakuniy qaror faqat shunday baholash tugatilgandan keyin qabul qilinadi. Baholash jarayonida nomzodning tabiatni muhofaza qilish borasidagi qadriyatlari, uning ekologik jihatdan do'stona mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etish xohishi va bo'lajak hamkorning ushbu qadriyatlarni qo'llash ko'lami tahlil qilinadi.

This infographic shows the environment section in the “sustainable supply chain management strategy and system.” In the Eco-Partner evaluation, product environment policy, education & training, verifying hazardous contents are conducted. It is mandatory for the suppliers to complete the Eco-Partner certification requirement. For the EHS evaluation, verification of standards in 22 areas such as occupational safety, fire-fighting facilities, occupational health, hazardous substance handling, and environmental facilities are checked. It is completely required to satisfy the 8 mandatory compliance areas for fire-extinguishing facilities, hazardous substance and waste handling, sewage and wastewater facilities.

Ta`minot tizimini puxta nazorat qilish maqsadida eko-hamkorlarni sertifikatsiyakshtirish tizimini joriy qilamiz

Samsung Electronics kompaniyasiga sotiladigan mahsulot va tarkibiy qismlar bilan ta`minlovchi barcha ta`minotchilar eko-hamkorlik dasturi doirasida sertifikatsiylashtirishdan o'tishlari shart. Ta`minotchiga bizning ishlab chiqarishda qo'llaniladigan moddalarni nazorat qilish Standartlarimiz talablariga javob berishi va uning atrof-muhit xavfsizligini ta`minlash tizimlarini baholashdan o'tgach unga sertifikat beramiz. Ta`minotchilar mahsulotning ekologik xarakteristikalari haqida hisobot topshiradi. Ushbu hisobotga xavfli moddalarni qo'llash haqida, shuningdek xom ashyo ta`minotchi haqidagi ma`lumotlar kiritiladi. So'ng, Samsung Electronics kompaniyasi xodimlarni topshirilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minotchining ishlab chiqarish maydonlarida sinchkovlik bilan tekshirishadi. Eko-hamkor sertifikatini saqlab qolish uchun, ta`minotchilar ikki yilda bir marta audit tekshiruvidan o'tishlari lozim. Auditorlik tekshiruvidan qoniqarsiz o'tganlar ta`minot tizimidan olib tashlanadi. Mana shunday choralar yordamida biz mahsulot yetkazuvchi tashkilotlarni "yashil" boshqaruv dasturlarimizga jalb qilishga intilmoqdamiz. Biz bir karrali tekshiruvlar bilan cheklanib qolmaymiz, balki tinimsiz nazorat va baholash ishlari olib boramiz va bu ishlar ta`minot tizimining ekologik barqarorligini ta`minlash imkonini beradi.

This infographic shows the Eco-Partner Certification Process. When raw materials are transported to the suppliers, it is mandatory to confirm the detailed analysis data and raw material composition table. When the suppliers passes it over to Samsung Electronics, warranty letter, precision analysis report (ICP/GCMS data), MSDS, and sample parts for approval are required. In order to go through the Eco-partner certification process, submitted documents and samples are thoroughly reviewed, and environmental quality system are carefully assessed.
Raqobatchilar muhiti: ta`minotchilarni kompleks baholash

Hamkorlarimiz orasida raqobatbardoshlikni oshirish uchun ta`minotchilarni kompleks baholash har yili o'tkaziladi. Bunday baholash ikki toifaga bo'linadi: iqtisodiy raqobatbardoshlilik va ekologik barqarorlik sohasidagi tahdidlar. Ekologik barqarorlik sohasidagi tahdidlarning atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari bilan bog'liq barcha masalalar qayerga olib borishi toifasida, biz hamkorimizning ekologik boshqaruvini yaratish borasida olib boradigan ishini va uning xalqaro ekologik standartlar talablariga javob berish sertifikatlarini baholaymiz. Tekshiruv jarayonida eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan ta`minotchilarga rivojlanish uchun ko'p sonli imtiyozlar va imkoniyatlar beriladi, eng past natijalar ko'rsatgan ta`minotchilar esa o'z kamchiliklari uchun javobgarlikni zimmalariga olishlari zarur bo'ladi. Bunday holatdan Samsung Electronics kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni xohlagan ta`minotchilar nafaqat o'z tijoratlari haqida, balki atrof-muhit haqida ham qayg'urishlari zarurligi tushuniladi. Agar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yomon natijalar ko'rsatgan ta`minotchi xavflar, tahdidlar darajasi yuqori bo'lgan kompaniya deb topilsa, biz bunday mahsulot yetkazuvchiga alohida e`tibor qaratamiz va uning individual takomollashtirish rejasi bo'yicha amalga oshirayotgan ishlarini tinimsiz kuzatib boramiz. 2016 yildan boshlab ekologiya masalalari bo'yicha asosiy ta`minotchilarga ko'rsatadigan maslahatlar ko'lami kengayganimizni ta`kidlab o'tish lozim: endilikda ta`minlash tizimining yanada yaxlitroq va ekologik jihatdan barqarorroq bo'lishini ta`minlash maqsadida ikkilamchi va uchlamchi ta`minotchilarga ham bunday xizmatlar kor'satamiz.

Ta`minotchilarimizning issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirishda amalga oshirgan ishlari tufayli, biz 1 million dona qarag'ay daraxti ekilganda olinadigan ijobiy natijaga erishdik

Bir yilda bir marta Samsung Electronics kompaniyasi barcha ta`minotchilari tomonidan iste`mol qilinadigan quvvat, jumladan elektr quvvati va qazib olinadigan yoqilg'i sarfi, shuningdek issiqxona gazlari chiqarish hajmlari ko'satkichlarini tekshiradi. Tekshiruv natijalari asosida, biz tegishli quvvat samaradorligi ko'rsatkichini ta`minlay olmagan ta`minotchiilarga maslahatlar beramiz. Maslahatlarimiz ish jarayonlarini takomillashtirish yoki zarur uskunalarni ishlatish yo'li bilan quvvat samaradorligini oshirishga yoki uni tejashga yordam beradi. 2016 yilda biz 10 ta`minotchilar oldiga quvvat iste`mol qilishni qisqartirish va issiqxona gazlarini chiqarish borasida 62 vazifa qo'ydik va bu ularni bajarish uchun zarur resurslarni berdik. Buning natijasida CO2 chiqarish hajmi taxminan 4920 tonnaga qisqardi. Bitta qarag'ay daraxti taxminan 5 kg CO2qayta ishlay olishini hisobga olsak, bu kor'satkich bir million dona qarag'ay daraxtini ekkan bilan barobar bo'ladi.

an aerial photo of pine tree forest

Chemtronics kompaniyasi holati: tabiat uchun yaxshi narsalar, tijorat uchun ham yaxshi
Chemtronics — kimyoviy moddalar yetkazib beruvchi tashkilot. Quvvat samaradorligini baholash doirasida ushbu kompaniyaning quvvat sarflash ko'rsatkichlarini tekshirganda, Chemtronics kompaniyasining faoliyati elektr quvvatiga jiddiy bo'gliq ekanligini aniqladik: aniqrog'i, iste`mol qilinadigan quvvatning 95% elektr quvvatiga, atigi 5% esa — suyultirilgan uglevodorod gaziga to'g'ri kelar ekan. Samsung Electronics mutaxassislari bu kompaniyaning uskunalari holatini o'rgandi. Havo kompressori past FIK bilan ishlashini, quritish qurilmasi juda ko'p elektr quvvati sarf qilishini aniqladik. Biz ishni yuqori samarali diod yoritgichlari o'rnatish kabi sodda vazifalardan boshladik, hamda ortiqcha quvvat sarfiga olib keluvchi murakkab uskunalar ishini sozladik.
Bundan tashqari, quvvat yo'qolishining oldini olish uchun quritish qurilmasida boshqarish tizimi o'rnatdik: doimiy bir xil harorat va namlik darajasini saqlab turish elektr quvvati iste`molini qisqartirishga yordam berdi. Bunday takomilashtirish ishlarini tugatgach, biz sarf qilingan kapitalni besh ko'rsatkich bo'yicha iqtisodiy tahlil qildik: qisqargan quvvat iste`molining hajmi va darajasi, xarajatlarning qisqarish hajmi, kiritilgan investitsiyalar miqdori va qilingan xarajatlarni qaytarish muddati. Bundan tashqari, kompaniya atrof-muhit haqida g'amxo'rlik qilayotganiga ishonch hosil qilish uchun, issiqxona gazlari chiqarish hajmini o'lchadik. Natijada, Chemtronics kompaniyasi nafaqat xarajatlarni qisqartirish bilan quvvat samaradorligi ko'rsatkichini ko'tardi, balki issiqxona gazlari chiqarish hajmini ham qisqartirishga erishdi (neft ekvivalenti hisobida 432,9 tonna).

Ekologik barqaror ta`minot tizimi haqida batafsil
White background image of Sustainable Management – Supply Chain
Biz ochiq muloqot qilishga intilamiz
A background image of Supply Chain Page