Etika

Adolatli va shaffof korporativ madaniyat

O'z ijtimoiy majburiyatlarimizni yetakchi global kompaniyaga munosib darajada bajarish uchun, biz kundalik faoliyatimizni barqaror rivojlanish etikasi doirasida amalga oshiramiz.

Изображение этики в подразделе «Этика устойчивого развития»

Tijoratimiz global ahamiyatga ega bo'lgani sababli, biz qonuniy va etika qoidalariga asoslangan tijorat yuritib, turli mamlakatlardagi qonunlar, me`yoriy hujjatlar va amaliyot yuritishdagi farqlarni aniqlaymiz va ularni tahlil qilamiz. Biz mijozlarimiz va xodimlarimiz haqidagi ma`lumotlarning maxfiyligini hurmat va ularning shaxsiy ma`lumotlarini himoya qilish bilan birga, korporativ ma`lumotlarni himoya qilishning global siyosatlarini ishlab chiqamiz va joriy qilamiz. Tijorat etikasining global kodeksi, Samsung -ning tijoratni yuritish bo'yicha tavsiyalariga asoslanib muntazam, tizimli ravishda talablarga mos kelish va etika borasida xavf-xatarlarni boshqarishga intilamiz. O'z hatti-harakatlarida va baholashga oid fikr bildirishda xodimlarimiz ushbu kodeks va tavsiyalarga rioya qiladilar. Talablarga mos kelish ishlarini boshqarishni yaxshilash maqsadida bosh direktorga bevosita bo'ysunadigan Korporativ yuridik boshqarmamiz Me`yoriy masalalar bo'limi va Maxfiylik masalalari bo'yicha boshqaruvchi qo'mitasini boshqarib boradi. Talablarga mos kelish qo'mitalari va Maxfiylik masalalari bo`yicha boshqaruvchi qo'mitasi har tomonlama puxta o'ylangan qarorlar qabul qiladi. Ushbu qo'mitalar boshqaruvi ostida Talablarga rioya qilish va Maxfiylikni saqlash tashkilotlariga tegishli tijorat bo'limlarimizning va mintaqaviy idoralarimizning har biri mahalliy sho'ba korxonalarimiz va filiallarimiz ishini nazorat qilish va me`yorlarga rioya qilish dasturlarini qo'llab-quvvatlashga tayyor.

Organization structure of the Samsung Electronics’ Divisions.

Explain about organization structure. Of the Samsung Electronics’ divisions.

The composition of Samsung Electronics consists of the Board of Directors and 5 units group.

  • Related party transactions committee
  • Governance Committee

Functional Unit.

  • Global Marketing Center
  • Global CS Center
  • Global EHS Center
  • Partner Collaboration Center
  • Corporate Business Innovation Center

Corporate Management Office

  • Compliance-related committees’
  • Privacy Steering Committee
  • Corporate Management Team
  • Finance & Accounting Team
  • Communications Team
  • Audit Team
  • IR Group

Corporate Legal Office

  • Compliance-related committees’
  • Privacy Steering Committee
  • Compliance Team
  • Privacy Office

Business Division

  • Compliance-related committees’
  • Privacy Steering Committee
  • Administration Team
  • Compliance / Privacy Officer

Regional Office

  • Compliance / Privacy Organization
  • Subsidiary
  • Compliance / Privacy Officer

Etika boshqarmasi

Tijorat etikasining global kodeksi ("Samsung kompaniyasining tijorat yuritish tamoyillari") ta`minotchilarimizga, mijozlarga va boshqa manfaatdor shaxslarga tanishib chiqish uchun, jumladan Etika boshqarmasi xizmati veb sayti orqali ham beriladi. Shuningdek, biz etika standartlari talablari buzilishining har qanday holatlari haqida xabar berilish uchun kanal ochim qo'yganmiz. Bundan tashqari, xodimlarimiz uchun etika standartlari hisoblanmish "Xodimlar uchun tijorat yuritish borasida tavsiyalar" 15 tilga tarjima qilingan (jumladan koreys tiliga) va kompaniya ichki tarmog'imizga yuklab, joylashtirib qo'yilgan. Muhim tafsilotlar butun dunyo bo'ylab barcha xodimlarimiz orasida bir yilda bir marta taqdim etiladigan jamoa, tarmoq va audio-vizual ta`lim doirasida tarqatiladi. Shuningdek, tijorat jarayonini shaffof amalga oshirishni yo'lga qo'yish maqsadida, ta`minotchilarga alohida tijorat ko'rsatmalar beriladi.

Жалобы потребителей 56%(2014), 58%(2015), 52%(2016), Прочее 25%(2014), 29%(2015), 31%(2016), Отчеты по борьбе с коррупцией 19%(2014), 13%(2015), 18%(2016)

Talablarga mos kelishni boshqarish

Talablarga mos kelish dasturimiz narxlarni belgilash va intellektual mulk huquqlarining buzilishi bilan bog'liq tijorat xavf-xatarlarini qisqartirish, hamda zimmamizga inson huquqlari, sog'liqni saqlash va xavfsizlik va atrof-muhit masalalarida jiddiyroq mas`uliyat olish maqsadida talablarga mos kelish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Talablarga mos kelish dasturini boshqarish tizimi (CPMS) — talablarga mos kelish masalalari bilan bog'liq xavf-xatarlarni boshqarishga qaratilgan IT tizim bo'lib, unga mintaqalarda ishlash siyosatlari va mintaqalardagi muammolarni monitoring qilish haqidagi ma`lumotlar kiradi. Bizning ko'rsatmalarimiz asosida, ko'mak berish xizmatimiz xodimlarga shaxsiy iltimoslari, talablarini ular xoh ish bilan bog'liq yoki qonuniylik haqida shubhalar bilan bog'liq bo'lsin - ekspertlarga jo'natishda yordam berishga har doim tayyor. Bizning CPMS boshchiligida ishlab chiqilgan shikoyatlarni jo'natish xizmatimiz murojaatlar mualliflarining shaxsiyati maxfiyligini to'la kafolatlaydi.

Это изображение — пояснительная инфографика для названия и процесса.
Ixtisoslashgan bo'limlar ishi
Bosh direktorga bevosita bo'ysunadigan Korporativ yuridik boshqarma doirasida Maxfiylik boshqarmasining yaratilishi.
Tegishli tijorat bo'limlarida maxfiylik siyosati masalalari bo'yicha advokatlarni tayinlash
Monitoring
Ixtisoslashgan bo'limlar va mutaxassislar kuchi bilan muntazam / rejalashtirilmagan monitoring ishlarini amalga oshirish
Nazorat qiluvchi boshqarish
Jarayon tahlili o'tkazishda va uning natijalarida muammlolarning ildizini aniqlash, takomillashtirish choralarini joriy qilish, shunga o'xshash muammolarning takrorlanishi oldini olish (masalan, ta`lim jarayonida voqe sodir bo'lgan hodisalar jarayonini ko'rib chiqish)

Maxfiylik siyosati

Biz rasmiy ravishda global standart maxfiylik siyosatini e'lon qildik va mintaqaviy tartibga solish xususiyatlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tegishli siyosatlarni ishlab chiqdik. Bunday tashabbuslar natijasida xodimlarimiz shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha global qo'llanma va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning tashqi ijrochilarini boshqarish bo'yicha qo'llanma oldilar. Biz jarayonlarimizni va tizimlarimizni, shu jumladan kundalik ish xatti-harakatlariga kerakli siyosatlarni boshqaramiz va tekshiruvlarni davom ettiramiz va umumiy korporativ ta'limni taklif qilamiz.

Ixtisoslashgan bo'limlar ishi

Bosh direktorga bevosita bo'ysunadigan Korporativ yuridik boshqarma doirasida Global maxfiylik boshqarmasini yaratish.
Tegishli tijorat bo'limlarida maxfiylik siyosati masalalari bo'yicha advokatlarni tayinlash

 

Maxfiylik siyosatini ishlatish tizimini sinchkovlik bilan tekshirish va boshqarish.

Mijozlarimiz va xodimlarimiz uchun, aniqroq qilib aytsak - butun ma`lumotlarni to'plash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni boshqaruvchi ularni ma`muriy, texnik va jismoniy jihatdan himoya qilish tizimi uchun ishlaydigan tizimlarimiz va xizmatlarimizni muntazam tekshirib turish va ularga zarur takomillashtirish choralarini joriy qilish.

.

Maxfiylik siyosatiga o'qitish

Har bir alohida olingan bo'limning (rejalashtirish, tadqiqotlar va loyihalashtirish, marketing) ish xususiyatlarini hisobga olgan holda maxfiylik siyosatiga onlayn va oflayn shaklda o'qitish, shuningdek barcha xodimlar uchun asosiy kasbiy bilimlarini berishni amalga oshirish

 

Maxfiylikni boshqarishning yuridik tizimini ishlatish (PLMS)

Mahsulotlar va xizmatlar xizmat muddatining har bir bosqichi - rejalashtirishdan ekspluatatsiya qilishgacha va ishlab chiqarishdan olib tashlashgacha sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni tekshirish uchun ishlab chiqilgan ma`lumotlar maxfiyligi xavf-xatarlarining nazorat ro'yxati asosida majburiy oldini olish choralarini ko'rish (ushbu ro'yxatni tekshirish ishi ixtisoslashgan advokatlar ishtirokida amalga oshiriladi)