Mahsulotlarni yetkazib berishning barqaror zanjirini shakllantirishga intilish

Tijoratni mas`uliyatni his qilib yuritish

Samsung Electronics kompaniyasi o'z hamkorlari va shartnomalar bo'yich sheriklari, shuningdek umuman xalqaro hamjamiyat kutgan natijalarga erishib ijtimoiy mas`uliyat tamoyillariga va tijoratni yuritishda etik xulq atvor qoidalariga amal qilishga intiladi.

Дети с улыбкой выдувают мыльные пузыри.

Bolalar mehnatidan foydalanishga taqiq qo'yilgan

Bolalar mehnatidan foydalanishga ishlab chiqarishning har qanday bosqichida ham yo'l qo'yimaydi. Bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilish holatlari aniqlanganda, o'z ish olib borish siyosatimizga ko'ra, bolaning himoyasi tomoniga turamiz va vaziyatni uning foydasiga hal qilamiz. Xalqaro standartlar va qo'llaniladigan mahalliy qonunchilikka mos ravishda, Samsung Electronics kompaniyasi va uning ta`minotchilari bolalar mehnatiga umuman yo'l qo'ymaslik siyosatida sobit qolishadi.
Bolalar ekspluatatsiyasining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solish bo'yicha qat`iy niyatini alohida ta`kidlab, Samsung Electronics kompaniyasini bolalar mehnatiga taqiq qo'yish siyosatini joriy qildi. Ushbu siyosat qoidalari Save the Children xalqaro jamg'armasining Shvetsiya bo'limi tomonidan asos solingan ijtimoiy tashabbus bo'lmish Bolalar huquqini himoya qilish va korporativ ijtimoiy mas`uliyat markazi (The Centre for Child Rights and Corporate Social Responsibility, CCR CSR) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bizning bolalar mehnatini taqiqlash siyosatimiz BMT Bola Huquqlari Konventsiyasi, YuNISEFning Bola huquqlari va tijorat yuritish tamoyillari haqidagi tashabbusi va Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Konventsiyasiga asoslangan.

Два мальчика играют с кубиками.

Muhojir-xodimlar uchun ko'rsatmalar

Samsung Electronics kompaniyasining Malayziya bo'limida kelib chiqishi Indoneziya, Nepal va Pokliston bo'lgan turli mamlakatlar vakillari insonlar ishlashadi. Bunday sharoitlarda madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va xodimlar orasida samarali muloqotga erishish uchun sharoit yaratish juda muhim hisoblanadi.
Turli madaniyatlar vakillari orasida o'zaro tushunish muhitini saqlab turishga intilgan holda, biz "Madaniyatlararo muloqot" (Cross-Cultural Experience), "Eng yaxshi ish joyi" (Great Work Place), Muhojir xodimlar uchun uylariga safarlar qilish (Return Home Event for Migrant Workers) va boshqalar kabi dasturlar va tadbirlarni taklif qilamiz. 2016 yilda Business for Social Responsibility (BSR) xalqaro notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda "Muhojir xodimlar uchun ko'rsatmalar" ishlab chiqdik va nashr qildik. Ushbu ko'rsatmalarda majburiy mehnatni, ishga joylashish uchun haddan ortiq haq olish holatlarini va muhojir xodimlarni chet mamlakatlarda ta`qib qiladigan har qanday boshqa shakldagi diskriminatsiyani yo'q qilish niyatimiz aks ettirilgan.

Три пары рук держат горстку земли с пробивающимся из нее ростком.

Mehnat ta`limi va tajriba o'rganish (stajerlik) bo'yicha ko'rsatmalar

2016 yilda Business for Social Responsibility (BSR) xalqaro notijorat tashkiloti va Hindistonning Partners in Change (PIC) tashkiloti bilan hamkorlikda Samsung Electronics kompaniyasi o'zining Hindistondagi bo'limi uchun mehnat ta`limi va stajerlik bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqdi. Ushbu hujjatni tayyorlashdan maqsad stajerlar mehnatidan foydalanganda va kasbiy ta`limda shaffoflikni va me`yoriy talablarga mos kelishni ta`minlashdan iborat edi.
Ko'rsatmalarda Hindiston davlatining 1961 yil "Shogirdlik haqida" va boshqa mehnat ta`limi qonunlari va qoidalariga mos ravishda xodimning minimum ishga olish yoshi, minimal ish haqi va ta`lim/stajerlikni o'tish davri keltirilgan. Ko'rsatmalarda o'quvchi-talabalar va stajerlarning shikoyatlarini ko'rib chiqish, ishlab chiqarishda ta`lim tartibi va kompaniyaning kasbiy ta`limi yoki unda amaliyotni (stajirovkani) o'tgan xodimlarni birinchi navbatda ish bilan ta`minlash tartiblari tasvirlangan. Ko'rsatmalarga diskriminatsiyaga yo'l qo'yib bo'lmasligi va insonning boshqa huquqlariga rioya qilish zarurligi shartlari kiritilgan. Samsung Electronics kompaniyasining Hindistondagi bo'limi uchun ham, unga barcha ta`minotchi kompaniyalar uchun ham ushbu hujjat shartlarini bajarish majburiy hisoblanishini alohida ta`kidlab o'tish zarur.

Двое мужчин обсуждают что-то, глядя на лист бумаги на столе.
  • Mehnat ta`limi va tajriba o'rganish (stajerlik) bo'yicha ko'rsatmalar 231 KB PDF YUKLAB OLISH

Shikoyatlar bilan ishlash tartibi

Xodimlar huquqlarini himoya qilish va ishlab chiqarishda ijobiy ish muhiti yaratish maqsadida Samsung kompaniyasi xodimlardan bevosita fikr-mulohazalar olish uchun aloqa kanallari tashkil qilgan. Bundan tashqari, paydo bo'lgan muammolarga tez orada chora ko'rish va paydo bo'lgan muammolarni isloh qilish uchun har bir ish joyida biz Internet orqali yoki undan tashqarida shikoyatlar berish kanallari tashkil qilganmiz.

Ish joyida sodir bo'ladigan har qanday ziddiyatlarni adolatli va o'z vaqtida yechishga intilib, biz shikoyatlar bilan ishlash ko'rsatmalari ishlab chiqdik. Ushbu ko'rsatmalarda shikoyat berishning barcha bosqichlari tasvirlangan: aloqa kanalini ochish, xatni jo'natish, shikoyatni hal qilish va fikr-mulohazalarni berish imkoniyati. Shikoyat berishning to'rt kanali nazarda tutilgan: Internet orqali, oflayn rejimda, "ishonch telefoni" va ish qo'mitasi orqali. Ushbu kanallarning qaysisidan foydalanish kompaniya bo'limiga bog'liq.

Shikoyat berish kanali

HERhealth ta`lim dasturi

Vyetnamdagi bo'limimizda ishlaydigan xotin-qiz xodimalarga o'z salomatliklarini saqlashga yordam berish uchun biz Health Enables Returns (HERhealth) nomli dasturni ishga tushirdik. Ushbu dastur doirasida biz ishtirokchilarimizga xotin-qizlar salomatligini saqlash asoslarini o'gatamiz.
2007 yildan beri korporativ etika sohasida ish yuritishga ixtisoslashgan notijorat tashkiloti Business Social Responsibility (BSR) ushbu dasturni 10 mamlakat hududida 250000 xotin-qizlar uchun amalga oshirdi. Dasturning maqsadi ishlab chiqarishda mashg'ul bo'lgan xodimalarimizni o'z salomatliklarini saqlash asoslariga o'rgatish bilan birga, jumladan ularning to'g'ri ovqatlanish haqida va OIV/OITS, gepatit va sil kabi jiddiy kasalliklarni oldini olish (profilaktika) hamda ehtimoliy garmonal va ginekologik muammolar haqida xabardorliklarini oshirishdan ham iborat edi.

2016–2017 yillar davrida Samsung kompaniyasi o'zining Vyetnamdagi bo'limida ishlaydigan barcha xodimalar uchun ushbu ta`lim dasturini amalga oshirdi. Bu ishda bizga 2005 yilda fundamental tibbiy bilimlarni tarqatish, targ'ib qilish maqsadida asos solingan mahalliy notijorat tashkiloti - Life Centre yordam berdi. Biz ushbu dastur muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqdamiz va a`lo natijalar olishga umidimiz bor.

Asosiy muvaffaqiyatlar

Статистика результатов программы обучения HERhealth демонстрирует уменьшение проблем со здоровьем, улучшение распознавания серьезных заболеваний, рост частоты обращения в корпоративные клиники и снижение показателя отсутствия на рабочем месте. 1. Уменьшение проблем со здоровьем: головные боли (с 25 % до 13,6 %), боль в горле (с 15 % до 3,9 %), боль в животе (с 10 % до 3,9 %). 2. Улучшение распознавания серьезных заболеваний: рак груди (с 30 % до 91,2 %), диабет (с 38 % до 65,7%), гипертония (с 44 % до 73,5 %). 3. Рост осведомленности о наличии корпоративных клиник (с 96 % до 100 %) и частоты обращения в них (с 22 % до 48,7 %). 4. Снижение показателя отсутствия на рабочем месте (с 49 % до 15,7 %) и числа нерабочих дней на человека (с 3,04 до 2,25 дней).
Tanlab olingan xodimlarni o'quv kursidan keyin ustozlik qilish uchun o'qitish

HERfinance ta`lim dasturi

2015 yilda BSR tashkiloti va Sanchayan kompaniyasi (Hindiston) bilan hamkorlikda Samsung xotin-qizlar uchun moliyaviy kompetentsiya darajasini oshirish dasturini ishga tushirdi. Hindistondan tashqari, bu yilda biz mahalliy notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda Braziliyada (Positive Planet) va Meksikada (Yo quiero Yo puedo) moliyaviy kompetentsiya darajasini oshirish o'quv dasturini amalga oshirishni boshladi.

Dastur doirasida biz ishtirokchilarga pulni zaxira qilish, bank foiz ko'rsatkichlari, qarzlar va banklarning ishlash tamoyillari haqida fundamental ma`lumotlar berish bilan cheklanib qolmaymiz. Shuningdek, xodimlarimiz oila a`zolariga oilaviy mustaqillikka erishish va kelajakka ishonch bilan qarashga yordam berish uchun ularni o'zlari oladigan daromadlar asosida moliyaviy rejalashtirish usullariga (texnikasiga) ham o'rgatamiz. 2018 yilda biz ba`zi mamlakatlarda moliyaviy kompetentsiyaga o'qitish dasturining keyingi bosqichini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz.

O'qitish natijalari borasida fikr-mulohazalar

Dasturda qatnashuvi haqida Arti Sharma quyidagilarni so'zlab berdi: "HERfinance dasturi biz uchun muhim. Ushbu ta`lim oila byujetini tushunish va pulni samaraliroq zaxira qilib qo'yishga yordam beradi".

Boshqa bir ishtirokchi Sima (Seema) esa quyidagilarni aytdi: "HERfinance dasturida qatnashishdan avval men pulni qisqa, o'rta va uzoq muddatga saqlab qo'yish qanchalik muhim ekanligini tushunmasdim. Endi esa, pulni saqlab qo'yish qanchalar muhim ekanligi menga ayon bo'ldi. Va o'z mehnatimizdan olgan daromadga tayanib o'z maqsadlarimiz sari intilish har birimiz uchun qanchalar muhim".

Фотография с программы обучения HERfinance.

RBA tashkilotining mehnat va tijorat etikasi auditorlari

* Avval — Elektron sanoatining fuqarolik tashkiloti (Electronics Industry Coalition Citizenship, EICC)

Samsung kompaniyasi Mas`uliyatni his qilib tijorat yuritish ittifoqi (Responsible Business Alliance, RBA) a`zosi. Biz RBA kodeksi qoidalariga rioya qilamiz va uning tamoyillarini kompaniya uchun ham, ta`minotchilarimiz uchun ham joriy qilganmiz. RBA kodeksi tijorat muhitida ijtimoiy va ekologik mas`uliyatni, shuningdek mehnat va tijorat yuritish etikasini targ'ib qilishga qaratilgan xalqaro standartlar asosida tuzilgan. Biz boshqaruv tizimimizni tinimsiz takomillashtirish va tavsiya qilingan usullarni kompaniyaning barcha qismlarida joriy qilishga intilamiz. Kompaniya ichida ish maydonlarida vaziyatni samarali nazorat qila oladigan yuqori kvalifikatsiyali ichki auditorlarni tayyorlash uchun biz RBA Labor & Ethics mehnat va tijorat etikasi sohasidagi auditorlarni o'qitish dasturida ishtirok etish uchun Koreya va boshqa mintaqalardagi bo'limlardan xodimlarni taklif qilamiz. O'quv kursini tugatgandan keyin qatnashuvchilarga tegishli sertifikatlar beriladi.
Kvalifikatsiyali auditorlar ish joylarini tekshiruvdan o'tkazishadi. Boshqa masalalar qatorida, ular Samsung kompaniyasida hamda mahsulot yetkazuvchi tashkilotlarda ham ma`muriy boshqarish tizimini, atrof-muhitning xavfsizligi va boshqa masalalarni tekshirishadi va RBA standartlari talablariga javob berish vaziyatini kuzatib borishadi.

Люди, слушающие докладчика.
RBA mehnat va tijorat yuritish etikasi bo'yicha auditorlar soni va tarkibi