Kompaniyaning ishlash falsafasi

Biz nimalarni va`da beramiz

Bizga sohada yetakchi kompaniya sifatida yuklatilgan mas`uliyatni oqlashga va`da beramiz.

Основное рекламное изображение, символизирующее философию видения

Samsung kompaniyasi mahalliy qonunlar va me`yoriy hujjatlar talablariga rioya qilishni, shuningdek, barcha xodimlaridan tijorat etikasining global kodeksiga qat`iy rioya qilishni talab qilishni o'z zimmasiga oladi. Bizning fikrimizcha, etikaga mos boshqaruv nafaqat global tijorat muhitida tez sodir bo'ladigan o'zgarishlarga javob berishning bir usuli bo'libgina qolmay, balki manfaatdor shaxslar bilan, jumladan, mijozlar, aqchadorlar, xodimlar, tijorat hamkorlari va mahalliy jamoatchilik vakillari bilan ishonchga asoslangan munosabat qurish vositasi hamdir. Jahonda etika standartlari eng yuqori bo'lgan kompaniya bo'lishga intilib, Samsung adolatli va shaffof korporativ boshqaruv usullarini qo'llash yo'li bilan o'z xodimlarini tinimsiz tijorat etikasiga o'rgatish jarayonida monitoring tizimlaridan foydalanmoqda.

Samsung kompaniyasining faoliyat yuritish
falsafasi va maqsadlari

Samsung tijorat yuritishning sodda falsafasiga rioya qiladi: a`lo sifatli tovarlarni yaratish va a`lo darajadagi xizmat ko'rsarishda kompaniyaning inson va texnologik resurslaridan foydalanish, va bu bilan butun jahonda jamiyatning ahvolini yaxshilashga hissa qo'shish. Aynan shu sababdan ham Samsung o'z ishchi-xodimlari va texnologiyalariga jiddiy e'tibor qaratadi.

1Mutaxassislar zaxirasi va texnologiyalarga tayanib ish yuritish This icon is represented of the philosophy goal.

  • Mutaxassislar zaxirasi va texnologiyalarga tayanib ish yuritish

    Boshqaruv tamoyillari tufayli mutaxassislar resurslari va texnik ustunlikning rivojlantirilishi
    - O'z mutaxassislarimiz va texnologiyalarimiz hisobiga butun boshqaruv tizimining sinergetik effektini kuchaytirish

2Kompaniyaning maqsadlari (ichki maqsadlar) This icon is represented of the philosophy goal.

  • Eng yaxshi tovarlar ishlab chiqarish va eng yuqori sifatli xizmat ko'rsatish

    - Mijozlarni eng yuqori darajada qoniqtiradigan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish
    - Faoliyatning tegishli yo'nalishida jahonda birinchi o'rinni saqlab qolish

3Kompaniya maqsadlari This icon is represented of the philosophy goal.

  • Jamiyat rivojiga hissa qo'shish

    - Umumiy manfaatlarni amalga oshirishda va inson turmush tarzini yaxshilash ishiga hissa qo'shish
    - Hamjamiyat a`zosi sifatida o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish