Kompaniyaning ishlash falsafasi

Biz nimalarni va`da beramiz

Bizga sohada yetakchi kompaniya sifatida yuklatilgan mas`uliyatni oqlashga va`da beramiz.

Основное рекламное изображение, символизирующее философию видения

Samsung kompaniyasi mahalliy qonunlar va me`yoriy hujjatlar talablariga rioya qilishni, shuningdek, barcha xodimlaridan tijorat etikasining global kodeksiga qat`iy rioya qilishni talab qilishni o'z zimmasiga oladi. Bizning fikrimizcha, etikaga mos boshqaruv nafaqat global tijorat muhitida tez sodir bo'ladigan o'zgarishlarga javob berishning bir usuli bo'libgina qolmay, balki manfaatdor shaxslar bilan, jumladan, mijozlar, aqchadorlar, xodimlar, tijorat hamkorlari va mahalliy jamoatchilik vakillari bilan ishonchga asoslangan munosabat qurish vositasi hamdir. Jahonda etika standartlari eng yuqori bo'lgan kompaniya bo'lishga intilib, Samsung adolatli va shaffof korporativ boshqaruv usullarini qo'llash yo'li bilan o'z xodimlarini tinimsiz tijorat etikasiga o'rgatish jarayonida monitoring tizimlaridan foydalanmoqda.

Samsung kompaniyasining asosiy qadriyatlari

Samsung kompaniyasining rahbariyati va xodimlarining to'g'ri qadriyatlarga amal qilish tijoratda muvaffaqiyat garovi ekranligiga ishonchlari komil. Shu sababdan har bir qarorni qabul qilishda, Samsung asosiy korporativ qadriyatlar, hamda tijorat etikasi qoidalariga rioya qiladi.

Odamlar

Kompaniya - birinchi navbatda unda faoliyat olib boradigan odamlardir. Samsung kompaniyamiz ichida xodimlarimiz uchun ularning salohiyatlarini to'la ochishlariga imkon beruvchi keng sharoitlar yaratamiz.

Mukammallik

Samsung kompaniyasi ishlab chiqaradigan barcha narsalar mukammallikka intilish va bozorga faqat a`lo sifatli tovarlar yetkazib berish va a`lo darajadagi xizmatlar ko'rsatish majburiyatidan kelib chiqadi.

O'zgarish

Kompaniyaga asos solingandan beri, bizning say`i-harakatlarimiz va qarashlarimiz bozor talablarini oldindan bashorat qila bilish va kompaniya muvaffaqiyatini uzoq kelajakni hisobga olib ta'minlashga qaratilgan.

Yaxlitlik

Etika va axloq - tijoratimizning tamal toshidir. Kompaniya doirasida har qanday qarorlar umum-qabul qilingan axloqiy qadriyatlarni, xususan - adolat, barcha manfaatdor tomonlarga bo'lgan hurmat va to'la shaffoflikni hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Birgalikda gullab-yashnash

Qayerda o'z faoliyatini olib bormasin, Samsung jamiyat manfaatlari va atrof-muhit himoyasi haqida g'amxo'rlik qiladi.