Universal Switch

Universal Switch

Universal Switch

Universal Switch sizga telefoningizdagi ma'lum vazifa va amallarni nazorat qilish uchun aniq harakatlar ketma-ketligini yaratish imkoniyatini yaratadi. Siz bir dona switch o'rnatishingiz yoki qo'shimcha apparat qurilmalar yoki kamera yordamida ko'plab switch larni o'rnatishingiz mumkin. Siz o'zingizning ehtiyojlaringiz uchun kerakli sondagi Universal Swtichlarni o'rnatishingiz mumkin.

Switch

Ikki turdagi switchdan foydalanish mumkin. O'z telefoningizni boshqarish uchun ma'lum amallarni belgilab, istalgancha switchlarni o'rnatishingiz mumkin.

  • • Kamera

    Old kameradan foydalaning (6 tagacha switch ishlatish mumkin: o'giz oching, ko'z yumib oching, hamda boshingizni o'ngga, chapga, yuqoriga va pastga harakatlantiring)

  • • Tashqi apparat qurilmali switch

    Turli apparat qurilmali switchlardan birini tanlang hamda ularni o'z qurilmangizga Bluetootg yoki USB kabel yordamida ulang.

Switch harakatlar

Qachoni siz ekraningizda ma'lum narsa yoki lokatsiya tanlaganingizda, siz ularga bog'langan turli vazifalarni bajarishingiz mumkin.

  • • Narsa tanlang (majburiy)

    Belgilangan narsa va lokatsiyaga aloqador pop-up menyuga e'tibor qarating

  • • Navbatdagi/oldingi narsalarga o'ting

    Skaner fokusini navbatdagi yoki oldingi narsaga o'tkazing

  • • Avtomatik skanerni yoqing yoki o'chiring

    'Avtomatik skaner ekrani va menyusi' ni yoqing yoki o'chiring

  • • Bosh oyna, Ortga, Yaqinda foydalanilgan ilovalar

    Tegishli tugmalarni bosich bilan barobar harakatlar yordamida turli funksiyalarni ishga tushiring

  • • Bixby bilan gaplashing

    Bixby ni chaqiring (yon tugmani bosish va ushlab turish)

  • • Bildirishnomalar yoki tezkor panelni oching

    Bildirishnomalar paneli yoki tezkor panelni oching

  • • Tovushni oshiring/pasaytiring

    Rington yoki media tovushini oshiring yoki pasaytiring

  • • Tegish

    Belgilangan narsani aktivlashtirish

  • • Bosib ushlab turing

    Belgilangan narsani ustiga bosib ushlab turing

  • • Skroll

    Belgilangan taraga ekranni skroll qiling

Narsa yoki lokatsiyani tanlash

Universal Switch ekrandagi narsani odatiy holatda tanlashning ikki usulini taqdim etadi: guruhlab yoki birma-bir.
- Guruhlab skanerlash sizga guruhni tezkor tanlab, so'ngra sizga ushbu guruhda kerakli narsani tanlash imkoniyatini beradi.
- Birma-bir skanerlash foydalanuvchiga individual narsalarni tanlash imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, siz nuqtali skanerlashdan foydalanishingiz mumkin.
- Nuqtali skanerlash sizga vertikal va gorizontal skanerlashning kesishuvi yordamida ekrandagi ma'lum lokatsiyani tanlash imkonini beradi.

  • • Ekran va menyuni avtomatik skanerlash

    Avtomatik skanerlashni yoqing yoki o'chiring (qatorlarni skanerlash rejimi)

  • • Skanerlashlar soni

    Skanerlashlar ketma-ketligi sonini kiriting

  • • Odatiy holatdagi skanerlash usuli

    Qatorlar yoki nuqtani skanerlash o'rtasida tanlang

  • • Skanerlash yo'nalishi

    Yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga— skanerlash yo'nalishini belgilang

  • • Skanerlash tezligi

    Qatorlarni skanerlash hamda nuqtani skanerlash tezliklarini kriting

  • • Vaqtincha tarzda skanerlashni sekinlashtirish uchun ekran ustiga bosing

    Tanlash yanada oson bo'lishi uchun vaqtincha nuqta skanerlash tezligini pasaytiring

Vaqtni sozlash

Universal Switch vaqtini sozlash quyidagi yo'llar bilan foydalanuvchiga moslashtirilishi mumkin:

  • • Birinchi narsada pauza qiling

    Pauzaning qo'chimcha davomiyligini tanlab, avtomatik skanerlash davom etayotganda ma'lum muddatga birinchi narsada qolish mumkin.

  • • Belgilangan narsani ustiga avtomatik bosish

    Narsani tanlang hamda oldindan kiritilgan muddat o'tgandan so'ng uning ustiga avtomatik tarzda bosiladi. Belgilangan vaqt davomida mazkur narsaga aloqador harakatlar menyusini ko'rish uchun switch ustiga yana bir bor bosing.

  • • Ustiga bosish davomiyligi

    Switch harakat sifatida aniqlanishi uchun switch qanday vaqt davomida bajarilish vaqtini tanlang (avtomatik bosish uzunligidan kam bo'lishi zarur)

  • • Qayta harakatlarni ishga tushirilmasligi

    Agarda ma'lum harakat qayta bajarilsa, ma'lum belgilangan vaqt o'tmaguncha uning ishga tushirilishini oldini oling

Qayta aloqa

Universal Switch da ovozli yoki tovushli qayta aloqa imkoniyatlari mavjud. Shuningdek unda ko'rish imkoniyatlarini oshirish uchun nuqtali skanerlash davomida skanerlash belgisining rangi yoki konturli fokus rangini o'zgartirish imkoniyatlari mavjud.

Harakatlar menyusi

Siz ekrandagi ma'lum narsa yoki maydonni tanlaganingizda, siz turli amallarni bajara olishingiz uchun harakatlar menyusi paydo bo'ladi.

  • • Qo'l harakatlari

    Bosish, uzoq vaqt bosish, yuqoriga skroll, pastga skroll, chapga svayp, o'ngga svayp, tanlab olish hamda tanlab olib tashlash

  • • Amallar

    Ekrandagi kontentni kattalashtiring, ekranni aylantiring, tovush rejimini belgilang, ekranni o'chiring, bildirishnomlarni oching hamda skrinshot oling

  • • Sozlamalar

    Skanerlash tezligini moslang, skanerlash usulini o'zgartiring, skanerlash yo'nalishini o'zgartiring, audioni yoqing hamda tovushni o'chiring

  • • Yaqinda ochilgan ilovalar

    Yaqinda ochilgan ilovalar oynasini ishga tushiring

  • • Bosh oyna

    Bosh oynaga o'ting

  • • Ortga

    Oldingi oynaga o'ting

  • • Tashqi tugmalar

    Rington va media tovush balandligini moslang, Bixby ni oching, Bixby bilan gaplashing hamda Qurilmani o'chirish menyusini oching (O'chirish tugmasini uzoq bosish bilan barobar)

  • • Matn kiritish menyusini oching

    Matn kiritish bo'limini tanlaganingizda, ushbu menyu sizga xususiyatlarni tanlash, kursorni siljitish, ko'chirish, joylashtirish yoki kesib olish imkoniyatini berish uchun ochiladi

  • • Kontekstli menyu

    Bajarilayotgan amalga asoslanib kontekstli menyuni pop-up harakatlar menyusiga joylashtiring

  • Qurilma tasvirlari faqat tasviriy maqsadlarda taqlid qilingan.