Televizorda
foydalanish
imkoniyatlari
Ko‘rish
Ovozli qo‘llanma
Ovozli qo‘llanma televizor ekrandagi matnni siz uchun o‘qib berishga imkon beradi va tanlangan tovush, joriy kanal va dastur to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida og‘zaki javob beradi. Shuningdek, u elektron dastur qo‘llanmasida (EPG - Electronic Programme Guide) ko‘rsatilgan barcha matnlarni ovoz chiqarib o‘qiydi. Ovozli qo‘llanma televizordagi har bir menyu uchun ishlaydi, shuningdek siz ovozli qo‘llanmaning ohangi va ovozini o‘z xohishingizga mos ravishda o‘zgartirishingiz mumkin.
Audio tavsif
Audio tavsif (AD - Audio Description) bu Buyuk Britaniyaning ko‘plab televizion dasturlari tomonidan taqdim etiladigan xizmat bo‘lib, u orqali sahna tasvirini tushunishga yordam beradigan qo‘shimcha audio trek beriladi.
Yuqori kontrast
Yuqori kontrast rejimi televizorning barcha ochiq menyulari qora fon va oq yoki sariq shrift bilan ko‘rinishini sozlaydi. Bu sizni matnning maksimal kontrasti va ko‘rinishi bilan ta’minlaydi va agar sizning ko'rish qobiliyatingiz nuqson bo’lsa, u juda foydali hisoblanadi.
Kattalashtirish
Kattalashtirish sizga ekranda muhim qismni yoki kattalashtirilgan effektni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Masofadan
boshqarish pultini
o‘rganish
Masofadan boshqarish pultini o‘rganish - bu televizorning sizning tomosha qilish tajribangiz yaxshilanishiga yordam beradigan o‘qitish rejimiga o‘tadigan yangi xususiyati. Bu rejimda televizor sizga masofadan boshqarish pultidagi har tugmani bosganingizda ushbu tugma nima qilishini aytish orqali yordamlashadi. Ushbu funksiya yordamida ko‘rish qobiliyati zaif yoki ko‘r odamlar televizorning normal ishlashiga ta’sir qilmasdan masofadan boshqarish pultidagi tugmachalarning joylashishi va ishlashini tezda bilib olishlari mumkin.
Menyu ekranini
o‘rganish
Telivizor ekranida menyularni o‘rganish. U yoqilgandan so‘ng sizning televizoringiz siz tanlagan menyularning tuzilishi va xususiyatlarini aytib beradi.
Qora va oq tasvir
Siz ranglar ta’sirida xiralashgan chetlarni tiniqlashtirish uchun televizor ekranining rangini qora va oq tusga o‘zgartirishingiz mumkin.
Rang inversiyasi
Siz o‘qishni osonlashtirish uchun televizor ekranidagi matn va fon ranglarini o‘zgartira olasiz.
Ranglarni ko‘rish
SeeColors ilovasi ko‘rish qobiliyati zaif odamlarga Samsung QLED TV ekranlarida ranglarning to‘liq spektrini ko‘rish imkonini beradi.
Eshitish
Multi-output Audio
"Multi-output Audio" (Ko‘p ovozli audio) sizga “Bluetooth” minigarnituralari televizorga ulanganda televizor audio chiqishini sozlash uchun moslashuvchan imkoniyatini beradi. Siz audioni mustaqil boshqarish bilan bir nechta qurilmalarga yo‘naltirish xusuiyatini tanlashingiz mumkin. Agar sizning oilangizning biron bir a’zosi yomon eshitish qobiliyatiga ega bo‘lsa va o'z minigarnituralari orqali tinglashi kerak bo‘lsa, ko‘p ovozli audio ovozni televizor karnaylaridan avtomatik ravishda o‘chirib qo‘ymagan holda amalga oshiradi.
Subtitr
Subtitrlar Buyuk Britaniyaning deyarli barcha televizion dasturlari uchun taqdim etiladi. Dialog televizor ekranida matn sifatida ko‘rsatiladi.
Efirga uzatilayotgan dasturlar mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
Subtitr xizmatlarining mavjudligi efirga uzatuvchi kompaniyalarining sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
Efirga uzatilayotgan dasturlar mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
Subtitr xizmatlarining mavjudligi efirga uzatuvchi kompaniyalarining sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
Surdo tili
masshtabi
Imo-ishora tili masshtabi avtomatik ravishda eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun imo-ishora tilini aniqlaydi va kengaytiradi. Siz sudro tili turini tanlashingiz va kattalashtirishni sozlashingiz mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif tomoshabinlari ushbu funksiyani ma’lum bir hududni kattalashtirish uchun ham ishlatishlari mumkin.
Jismoniy imkoniyati cheklanganlar
Pult tugmachasini
takrorlash
sozlamalari
Uzluksiz ishlash va tezlikni pasaytirish uchun pultdagi bitta tugmani bosing va ushlab turing. Bu kanal/tovushning uzluksiz ishlashini sekinlashtirish yoki gorizontal yoki vertikal ro‘yxatdagi elementlarning harakatini sekinlashtirish uchun samarali hisoblanadi.
Umumiy xususiyatlar
Foydalanish
imkoniyatlari
yorlig‘i
Foydalanish imkoniyatlari yorlig‘i - bu ekran menyusiga bir marta tegish orqali o‘tish yo‘li bo‘lib, bu sizga televizorda foydalanish imkoniyatlari xususiyatlarini ko‘rish yoki sozlash imkonini beradi. Televizorda foydalanish imkoniyatlari xususiyatlarining aksariyatini aqlli pult yoki tizim sozlamalari ichidagi foydalanish imkoniyatlari menyusidan faollashtirishingiz mumkin.