Brend

Mohirlik.
Har bir detalga singdirilgan

Cheksiz imkoniyatlarni kashf eting. Samsung tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan.

Qatʼiy ishonchlilik. Bu bunga birinchi kundanoq ahd qilganmiz. Samsung sinov standartlari biror texnologiyaning nimaga qodirligi va qanchalik bardoshliligini maksimal darajada sinab koʻrishga moʻljallangan. Sizga sevimli mashgʻulotlaringizni bajarishning yangi usullarini taqdim qiluvchi bukiladigan, qatlanadigan va kengayadigan qurilmalar oilasini yaratish uchun aynan shu narsa kerakdir.

Galaxy Z Fold2 5G va Galaxy Z Flip 5G — bu estetika hamda sifat va bardoshlilikka boʻlgan kuchli talabning mukammal uygʻunligi boʻlib, faqatgina bir maqsadda ijodkorona loyihalashtirilgan va takror-takror sinovdan oʻtkazilgan: Kun davomida sizni kutib turgan har qanday holatga shay boʻlishingizga yordam berish maqsadida.

4

Aynan sizga mos sifat

Zamonaviy dizayn, inqilobiy texnologiyalar va mislsiz sifatga ega Galaxy Z Fold2 5G va Galaxy Z Flip 5G smartfonlar toifasini toʻliq qayta koʻrib chiqadi.

Biz buklanadigan qurilmalarimizni oʻziga xoslikni qadrlovchi kishilar — oʻzlarining navbatdagi muhim videosini tasvirga olayotgan ijtimoiy tarmoq yulduzlari, oʻyin oʻynashning yangi usullarini izlayotgan geymerlar, koʻp vazifali rejimda ishlash xohlovchi biznesmenlar va boshqalar uchun ishlab chiqamiz. Samsung kompaniyasida amallarni bajarishning yangi va yaxshiroq yoʻllarini kashf qilish uchun moslashuvchanlikka ega boʻlish qanchalar muhim ekanidan xabardormiz. Va biz ushbu qurilmalarning biriga ega barchaga shu moslashuvchanlikni taqdim qilishni xohlaymiz.

Barchasini oʻzgartirib yuboradigan oshiq-moshiq

Ular funksiyani yangi bosqichga olib chiqadigan xususiyatdir. Mohirlik va dizaynga mukkasidan ketish natijasida dunyoga kelgan Galaxy Z Fold2 5G va Galaxy Z Flip 5G qurilmalarining patentlangan, dual CAM texnologiyasiga ega Hideaway Hinge va patentlangan tozalash texnologiyasi smartfonlar nimalarga qodirligi va qodir boʻlishi kerakligi haqidagi kutilmalarni butunlay oʻzgartirib yuboradi.

Dual CAM texnologiyasiga ega Hideaway Hinge

Bu choʻntagingizdagi muhandislik sanʼati asaridir. Oʻta aniqlik bilan loyihalashtirilgan dual CAM mexanizmi har bir buklanish va ochilish silliq kechishini taʼminlaydi hamda sizga buklash burchagini moslash imkonini beradi.

Patentlangan tozalash texnologiyasi

Hideaway Hinge texnologiyasining yana bir bonusi: qurilmangizni kir va changdan himoya qiluvchi ichki oʻrnatilgan, qoʻlda kesilgan neylon tolalar.

Takror va takror sinovdan oʻtkazilgan

Ishonchlilik laboratoriyalaridagi koʻp yillik izlanishlar bilan boshlangan ish Samsung Galaxy Z Fold2 va Samsung Galaxy Z Flip bardoshliligini tekshirishning haqiqatan murakkab jarayoniga aylangan. Bizning bir haftalik buklash sinovimiz Galaxy Fold qurilmasining 200 000 buklanish va ochilishga (yoki kuniga 100 marta ishlatilsa, taxminan besh yilga) bardosh bera olishini tekshiradi.

Buklanadigan qurilmalarning yangi davri

Samsung kompaniyasining inqilobiy texnologiyasi buklanadigan smartfonlar uchun yangi marra belgilab berdi. Doimiy innovatsiyaga boʻlgan sodiqlik esa sizni yanada ilgʻor texnologiyalar kutayotganini anglatadi.

Endi bu hikoyalarni oʻqing