O‘yin-kulgi

Eng yaxshi mobil o‘yinlar
har kungi bexavotir sayohatlar uchun

Ushbu asablarni tinchlantiruvchi o'yinlar bilan yo'llardagi tirbandliklar sharoitida chidam beramiz.

Har kunlik ishga va o'qishga qatnashda ko'p asab buziladi va inson shoshiladi ham. Biz ulardan huzur olish o'rniga, ularni bir balo qilib yengib o'tishga urinamiz. Aytingchi, biz bunday hayot kechirishimiz kerak deb kim aytdi? O'z sarguzashtlaringizni tanlang va har kunlik qatnovlarni smartfon uchun ishlab chiqarilgan ushbu o'yinlar bilan maroqli o'tkazing. Xoh u yuraklarni lol qiladigan grafik dizayn bo'lsin, yoki asabni tinchlantiradigan musiqa bo'lsin, yoki maroqli hikoya bo'lsin, har bir o'yin o'z jihatlari bilan o'zgacha ajralib turadi.

Two Dots

Asabni tinchlantiruchi va murakkab o'yin orasida muvozanatni saqlaydigan sayohat uchun mukammal o'yin.

Two Dots – chiroyli, asabni tinchlantiruvchi o'yin bo'lib, uning grafik dizayni o'yinlarda go'zallik va san`atning muhimligini namoyish etadi. Ushbu mobil jumboqning mohiyati yetarlicha sodda: nuqtalardan qutulish uchun bir xil rangdagi nuqtalarni birlashitiring. O'yin davomida siz sokin va go'zal dunyolarda sayohat qilasiz, buyumlar to'playsiz va jumboqlarning yangi uslublarini kashf etasiz. Yana bir yoqimli mukofot: asabni tinchlantiruvchi musiqa shunday yozilganki, u sizni o'yinga sho'ng'itib yuboradi (mashhur multfilmlarda shunaqa musiqa qo'llanilgan), shu sababdan ulov saloni va vagonidagi ogohlantirishlar va shovqinlar sizni bezovta qila olmaydi. Navbatdagi jumboqni tugatish lozim!



Google Play tizimidan Two Dots o'yinini yuklab oling.

Bir kecha-kunduzga yetadigan aqlli akkumulyator
Galaxy S10 bilan zaryadka olish uchun kam vaqt sarf qiling va Badland o'yinini uzoqroq muddatga o'ynang.

Badland

Zerikarli kechadigan sayohat va qatnovlar uchun o'ta qiziqarli sarguzasht o'yin.

Badland o'yinining nodir grafikasi va atmosferik musiqasi uni biz bundan oldin Android smartfonlari uchun HD-o'yinlarning ichida eng chiroylilaridan biriga aylantiradi. Badland o'yin jarayoni tashqi ko'rinishidan hayratlanarli o'rmonda sodir bo'ladi. O'yinchi o'rmonda yashovchi mavjudotni unga kreativ tuzoqlar va to'siqlarni chetlab o'tishda yordam berish yo'li bilan bosharib boradi. Bu o'yinning o'ziga jal qilishi Fortnite o'yinidan hech kam emas, shuning uchun o'z tushadigan bekatingizni o'tkazib yubormaslikka harakat qiling. Allaqachon bekatdan o'tib ketibsizmi? Hechqisi yo‘q! endi sizda o'ynash uchun ko'proq vaqtingiz bor.


Badland o'yinini Google Play tizimidan yuklab oling.

Monument Valley 2

Ushbu o'yin beqiyos atmosfera va a`lo darajadagi hikoya qilish bilan yo'grilgan - zerikish haqida gap bo'lishi mukin emas.

Monument Valley 2 o'yini shunchalar chiroyliki, siz baxtdan porlaysiz va muammolarni unutasiz. O'yinning ikkinchi qismi syujeti birinchi qismdagi dunyoda kechadi. Monument Valley 2 o'yinidada optik illyuziyalar va yashirin o'tish joylariga to'la jumboq-dunyolarda sayohat qilayotgan bir ona va uning bolasi haqida hikoya qilinadi. O'yinning vizual bezaklanganligi yurakni lol qoldiradi, biroq u shuningdek o'yinchining qanchalar oldinga ilgarilashiga ham ta`sir qiladi. Bundan tashqari, go'zal manzaralar va asabni tinchlantiradigan musiqa poyezd va avtobusning kelishini kutib o'tirganingizda zerikishingizga yo'l qo'ymaydi.


Monument Valley 2 o'yinini Google Play tizimidan yuklab oling.

Rymdkapsel

Avtobus yoki metro poyezdini kutayotganda asablarni xotirjam qilish uchun mukammal o'yin.

Rymdkapsel – minimalistik uslubda yaratilgan sodda fazo stantsiyasi. Bu o'yin kundalik ish va o'qishga qatnashda o'ynash uchun a`lo darajada mos keladi. Asablarni tinchitadigan ushbu o'yinda o'yinchi fazo stantsiyasi va unda yashovchilarni boshqaradi, yangi hududlarni bosib oladi va resurslarni boshqaradi - butun o'yin jarayoni maksimal darajada oson qilib ishlab chiqilgan. Qiziqarli fakt: Rymdkapsel o'yinini ishlab chiqargan muhandis ushbu strategiyani RTS janridagi boshqa o'yinlarida unga ma`qul bo'lgan barcha jihatlar va o'ziga xos xususiyatlar bu o'yinda bo'lishini ham ta`minlash uchun yaratgan. Nomidan ishga qatnashda o'ynash mumkin bo'lgan mukammal o'yinga o'xsahydi.

Rymdkapsel o'yinini Google Play tizimidan yuklab oling.

Adventures of Poco Eco - Lost Sounds

Asablarni joyiga keltiruvchi musiqa va tovushlar va yorqin ranglarga shong'ib barchani unutish uchun a`lo darajadagi o'yin.

Bu sekin o'ynaladigan, asablarni tinchlantiradigan va musiqa va ovozlarga to'la o'yin avtobus yoki metro poyezdini sokingina kutib o'tirish uchun mukammal tarzda mos keladi. Tinchlaning, go'zal musiqa va vizual qatordan rohatlaning, mini-jumboqlarni yeching va Poko Eko va uning qabilasiga Yo'qotilgan tovushlarni topishga yordam bering. Galaxy Buds quloqchinlarini oling va Adventures of Poco Eco o'yininng go'zal musiqasiga to'la dunyosiga sho'ng'ing. Shu zahotiyoq keyingi poyezdning kelishiga hali 20 daqiqa qolganini umuman unutib yuborasiz.


Asablarni tinchlatirish va
ishga qatnash yo'lini yanada go'zal qilishga tayyormisiz?

Zakovatli akkumulyator, kuchli protessor va qalblarni lol qoldiruvchi ovoz sharofati bilan o'yinlar dunyosiga sho'ng'ib keting.

Endi quyidagi hikoyalarni o‘qing