Joriy urf haqida gap borar ekan, “hech narsa abadiy emas” iborasi shak-shubhasiz haqiqat sifatida yangraydi. Urflar kelib ketaveradi, biz esa eng, shunchaki, soʻngi uslubda kiyinish uchun garderobimizni tez-tez yangilab turamiz. Biroq liboslarimizdan foydalanish muddatini uzaytirish imkoni boʻlsa-chi? Ikkilamchi foydalanish tobora ommalashib bormoqda va uning jozibadorligi hattoki oliy darajali urflar dunyosi eʼtiborini ham oʻziga tortdi. Bir oz ijodkorlik va zukkolik yordamida eskirgan kiyim-kechaklarimizga yangi hayot bagʻishlay olamiz.
Ikkilamchi foydalanish nihoyatda zamonaviy urf boʻla oladi.
Oʻzining ijodiy yondashuvi bilan eʼtibor qozongan shaharlik dizayner Fionaning fikricha, oʻxshash mato va ranglardan foydalanib yangi liboslarni tikish yanada hilpiroq, oʻzaro aralash jozibadorlikni yaratadi. “Bu atrof-muhitni saqlash uchun eski kiyimlarni qayta moslashtirish emas”, – deydi u.
Ilhom kelganda
Ikkilamchi foydalanishning goʻzalligi shundaki, bunda siz oʻz tasavvuringizga toʻliq erk berishingiz mumkin. Oʻzingizda bor matolardan samarali foydalanish uchun ishni sizga ilhom beruvchi sokin joy, tikuv mashinasi va koʻrgazmali taxtaga ilingan namunaviy rasmlardan boshlashingiz mumkin. Bu ishni toʻgʻri ijodiy yoʻldan boshlab olishingizga yordam beradi. Oʻz yoʻnalishingizni topib olish bir necha urinishlarni talab etishi mumkin, biroq topganingizdan soʻng shunga yarasha mukofotga ega boʻlasiz.
Oʻz uslubingizga moslang
Ikkilamchi foydalanish – bu kimningdir chindan ham betakrorligi va shaxsiyatini namoyon qilish uchun ijodkorlik ruhiyatingizni ishga solishdir. Bu, shunchaki, mato parchalarini birlashtirish emas, koʻproq oʻz uslubingizdagi hamohanglikni topishdir. Aslini olganda, siz yangidek koʻrinishi va his qilinishi uchun oʻxshash matolar va ranglarni aralashtirish hamda moslashtirish oʻz liboslaringizga yangi hayot bagʻishlayapsiz.
Ekologik toza va zamonaviy
Ikkilamchi foydalanishning ekologik toza faoliyat ekanidan tashqari bir qancha afzalliklari mavjud. Mavjud materiallar yangi ishlab chiqarilganlaridan arzonroq boʻlgani sababli eskirgan matolardan qayta foydalanish ancha arzonga tushadi. Xaridlari ekologik jihatdan zararsiz ekanini bilib, koʻproq pul sarflashga tayyor milleniallar soni oshib borar ekan, bugungi bozorda oʻz ahamiyatini saqlab qolish uchun ekologik tozalik yuzasidan qaror qabul qiluvchi brend va savdo tarmoqlari soni ham osib bormoqda.
Haqiqatda ekologik toza
Eski kiyimlardan qayta foydalanish atrof-muhitni saqlab qolish borasida moʻjizadek gap, lekin liboslaringizning yaroqlilik muddatini yanada uzaytirishning boshqa bir yoʻli ularni yuvishda nihoyatda ehtiyotkor boʻlishdir. QuickDrive™ kir yuvish mashinasi yuvish sikli odatiy kir yuvish mashinalarinikidan ikki barobarga tez yakunlaydigan vaqtni tejovchi yondashuvni taklif etadi.