Foto va video / Natyurmort

Kengroq qarang: Galaxy S10 bilan qanday qilib qo‘proq narsalarni tasvirga olish mumkin

Image

Bir rasm bilan mingdan ortiq so‘zni aytish mumkin bo‘lsa, unda Galaxy S10 – ning o‘ta keng burchakli obyektivi bilan – butun kitobdan ortiq so‘zni aytish mumkin. Ajoyib manzaralar, betakror portretlar — ko‘rish burchagi 123 daraja bo‘lgan obyektiv tasvirga olishning cheklanmagan erkinligini ta’minlaydi va vizual voqealarni siz tasavvur qilganingizdek aytishga imkon beradi. Galaxy S10 ning ultra keng obyektivi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishning uchta usuli haqida o‘qing.

Kengroq va to‘yinganroq

Yaxshi tasvirga olishning asosiy sirlaridan biri – kompozitsiya. Suratlar kengligini oshirishdan tashqari, ultra keng burchakli kamera shuningdek fotosuratda chuqurlikni yaratishga yordam beradi. Asosiy obyektiv maydonidan 4,3 baravar katta bo‘lganligi tufayli, ultra keng burchakli obyektiv osonlik bilan qiziqarli oldingi, o‘rta va orqa planga ega tasvirlar yaratish imkonini beradi.

Telefotografik kamera (chap tomonda) va ultra keng burchakli kamera (o‘ng tomonda)

Panorama borasida gap ketganda, qo‘shimcha maydon mukammal suratni yaratish uchun ko‘proq erkinlik berib, kompozitsiya bilan tajriba qilishga imkon yaratadi.

Image

Ajablanarli manzaralarni tasvirga oling

Ehtimol, har birimiz biron vaqt ajoyib manzarani suratga olishga harakat qilganmiz, lekin shu bilan birga smartfon kamerasi uni to‘liq tasvirga ololmasligini yoki kerakli rakursga erishishga imkon bermasligini tushunganmiz. Ultra keng burchakli obyektiv bilan siz boshqa hech qachon murosa qilmaysiz.

Image

Yanada ta’sirlantiruvchi natijalar uchun panorama rejimida peyzajlarni suratga olishni sinab ko‘ring. Katta miqdordagi qo‘shimcha tafsilotlarni olishdan tashqari, panoramali rasmlar fotosuratda vizual ravishda maydonni kengaytiradi.

Image

Yangi istiqbollarni kashf eting

Ultra keng burchakli obyektiv sizga istagan barcha narsalarni kadrga kiritishga imkon beradi. Suratni yanada dinamik qilish uchun kompozitsiyaga bir necha tomondan yoki turli burchaklardan bir nechta chiziqlarni kiritishga harakat qiling. Ushbu usul nafaqat rasmlarning kompozitsiyasini yaxshilaydi, balki zerikarli statik tasvirlarni jonlantiradi.

Image

Panorama tasvirlar chiziqlar bilan o‘yinda yanada ko‘proq erkinlikni ta’minlaydi. Katta maydonlarga solinishda tasvirlardagi bukilgan shakllar keng oddiy ashyolardan surrealistik ramzlarga aylanib, fotosuratlarga g'ayritabiiy atmosferani kiritadi.

Galaxy S10

Galaxy S10

Shuningdek, qarang