Foto va video / Natyurmort

Fotochelenj: Instagram uchun esda qolarli rasmlar olish uchun 10 ta usul

Qayerdan ilhom olish va qanday qilib Instagram sultoni bo‘lish kerak

Four young women laughing on a phone screen photo

Texnika blogingiz uchun rasmlarni yorqin va chiroyli qilish uchun allaqachon hamma narsaga qodirdek tuyuladi. Fokus, yorqinlik, kontrast, shovqinlarni tekislash, boke effekti - bularning barchasi smartfonga o‘rnatilgan. Va bu yetarli bo‘lmasa, har doim professional dasturlar mavjud.

Va bu bugungi kunda har kim mukammal kadrni tushira olishini anglatadi. Ammo o‘ziga xoslik va foydalilik borasida nima deyish mumkin? O‘zingizning shaxsiy individualligingizni unutmang. Ushbu maqolada biz shaxsiyatning g‘ayrioddiy qirralarini ochishning va blogga obunachilarning qiziqishini jalb etishning o‘nta usulini tasvirlab berdik.

A woman and boy walking away from camera over a hill

1. Atrofingizdagi dunyo

Qancha odam bo‘lsa, shunchalik ko‘p fikrlar mavjud. Ba’zilar tabiiy manzaralardan cheksiz hayratlanishga tayyor, boshqalarini me’morchilikdan, uchinchilarini esa interyer jalb etadi. Va sizning o‘zingizga xosligingiz va ehtirosingiz nimada? Sayyoh, tabiatshunos, ekstrimal yoki xayolparast — peyzaj fotosuratlari mavzusi siz haqingizda ma’lumot beradi va ular uchun sizning shaxsiyatingiz muhim bo‘lgan obunachilarni sizga jalb etadi.

Image

2. Do‘stlar va qarindoshlar

Nega biz qarindoshlar va do‘stlarning fotosuratlarini nashr etamiz? Birinchidan, bu obunachilarning qiziqishini qondirish uchun imkoniyatdir — chunki ularni nafaqat siz, balki atrofingizdagi odamlar ham qiziqtiradi. Shuning uchun, yaqinlaringiz va ularni nima uchun yaxshi ko‘rishingiz va qadrlashingiz borasida gapirishga uyalmang.
Ikkinchidan, bu flesh-moblar uchun juda ko‘p mavzular: “Yoshlar libosidagi ota-onalar”, “Do‘stlarimning odatiy odatlari” yoki shunchaki “Boringizga shukur”... O‘z tasavvuringizni faollashtiring!

Close up of a woman and a girl smiling and singing at a festival

3. Kun Iqtibosi

Blogni oqilona iqtiboslar bilan ortiqcha yuklamaslik kerak, lekin ulardan tamomila qo‘l tortish ham yaramaydi, chunki siz obunachilarga sizning hisobingiz faqat chiroyli rasmlar emas, balki undan yuqori mazmunga egaligini ko‘rsata olasiz.

Asosiysi — onglilik. Faqatgina bir ibora emas, balki shaxsan siz uchun hal qiluvchi daqiqada qaror qabul qilishga yoki muhim anglashmaga yetishga yordam bergan iqtibos. Shaxsiy o‘sish bo‘yicha mashg‘ulotning shiori emas, balki aynan sizni rag‘batlantirgan muhim maslahat. Va nihoyat, kimgadir foyda keltirishi mumkin bo‘lgan shaxsiy fikringiz... Vizual estetikani ma’no bilan to‘ldiring!

4. Shunchaki ovqat emas

Ko‘plab qahvaxonalar va restoranlarda taomlar san’at asaridek ko‘rinadi, shuning uchun #ovqatmensenisevaman yoki #gastronomiknirvana qabilidagi tasvirlar Instagramni to‘ldirishda davom etmoqda. Oshpazlik bo‘yicha fotosuratlaringiz foyda keltirishini istaysizmi? Kafedagi xizmat darajasini baholang. Taomning ta’mi borasidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Va nihoyat, o‘zingizning gastronomik shoh asarlaringiz borasida gapirib bering va mashhurlik sizga kafolatlanadi!

Close up of three food dishes with a phone taking a picture of one

5. Tunda suratga tushirish

Faoliyatlarga to‘la tungi hayot — fotosessiya uchun juda yaxshi sababdir. Samsung Galaxy -da suratga tushirsangiz, kam yoritilganlik sharoitida fotosuratlar sifati borasida tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi. Hammasi tushadi — tungi yozuvlar ham, uxlayotgan shahar ham, yumshoq yoritilgan shinam kafe ham, tungi klubning neon chiroqlari ham.

A photo of a flamingo neon light

6. Kollaj

Narsalarni taqqoslash yoki ular ifodasining xilma-xilligi bilan o‘rganish har doim qiziqarli bo‘ladi, shuning uchun biz kollajlarni juda yaxshi ko‘ramiz. Yuzingiz turli xil his-tuyg‘ular bilan qanday o‘zgarishini, bir ashyo turli kadrlardan yoki turli xil yorug'lik ostida qanday o‘zgarishini ko‘rsating, obunachilarni bir odamning turli yoshdagi holati bilan tanishtiring. Bunday kompozitsiyalar e’tiborni uzoq vaqt davomida jalb etadi.

7. Oq-qora tasvir

Diqqatni g‘ilofdan tarkibga o‘tkazishning eng yaxshi usuli — g‘ilofni olib tashlash. Fotosuratdagi ranglar palitrasi — bu g‘ilof, kontrastlar, chiziqlar va fakturalar esa — tarkibidir. Rangni olib tashlang, shunda kompozitsiya uyg‘unlik va xotirjamlikni kasb etganini ko‘rasiz. Bundan tashqari, oq-qora rangdagi selfi ayniqsa atmosferali ko‘rinadi.

8. Katta plan

Kichik narsalarda katta ma’noni toping. Qiziqarli naqshli tugma, gul kurtaklaridagi xonqizi, jevak-tumor, sevimli brendingiz logotipi, ajoyib manikyur yoki noodatiy tatu - bularning barchasi sizning shaxsiyatingiz borasida so‘zlardan ham yaxshiroq aytib beradi.

6. Close-up of an orange flower

9. Mimimi

Kichik bolalar va uy hayvonlari hatto eng qattiqqo‘l odamlarning ham ko‘nglini eritadi. Kichkintoy yoki mushukchani suratga oldingizmi - millionlik auditoriya sizga kafolatlangan deb hisoblang!

Close up of a cat sleeping on a sofa back

10. Muhim hodisalar

So‘nggi qo‘ng‘iroq va bitiruv marosimi, unashish va nikoh to‘yi, asal oyi va chaqaloqning tug‘ilishi, musobaqadagi g‘alaba va taniqli odam bilan uchrashuv, yangi mashina yoki uy-to‘yi — bularning barchasi siz uchun juda muhim, bu obunachilaringiz sizning quvonch va iftixoringizni siz bilan baham ko‘rishlarini anglatadi. Va, albatta, qarindoshlar va do‘stlar!

Instagram uchun ajoyib suratlarni oling

Samsung Galaxy S10 smartfonlari bilan hamma ishlarni va hatto imkonsiz islarni amalga oshiring. Sekinlashtirilgan va ravon videolar, ultra keng panorama, suratlar sifatining avtomatik ravishda oshishi, selfimojilar yaratish — bularning barchasi va yana ko‘plab boshqa narsalar blogni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan haqiqatga aylandi.

Galaxy Note9

Galaxy Note9

Galaxy S10

Galaxy S10

Shuningdek, qarang