Unumdorlik / Hayot tarzi

O‘rgamchik yozuvchi uchun
10 dars

Yozuvchilik qobiliyatiizni rivojlantirish usullari — bizning maslahatlar

Image

Bir zamonlar, yozuvchilikni faqat o‘zlarini boshqa yo‘nalishda tasavvur eta olmagan yoki boshqa kasbga moyillik his etmagan odamlar o‘z kasbi sifatida tanlagan. Bugungi kunda ishonchli yozuvchilik mahorati nafaqat shoirlar, yozuvchilar va jurnalistlarga kerak - shuningde, u o‘z blogini yuritadigan, brendni ilgari suradigan yoki shunchaki o‘z fikrlarini o‘quvchilar bilan baham ko‘rish zarurligini his etgan kishilar uchun ham foydalidir. Tajribali kopirayterlar yozuvchilikni har bir kishi o‘rganishi mumkinligini da’vo qilishmoqda ...

Biz ham shunday deb o‘ylaymiz — va hatto buni qanday qilishni ham bilamiz. Mana bizning maslahatlarimiz.

Samsung Galaxy Note9 and S Pen

1. Har kuni kichik qadam

Kuniga kamida bir nechta satr yozishni odat qilib oling. Darhol ko‘p va chiroyli yozishga urinmang - qisqa maqolalardan boshlang, xohlagan narsalaringizni erkin uslubda yozing. Arzigulik fikr qayerda xiyolingizga kelishi muhim emas — piyoda sayrda, avtobusda, qahvaxonada yoki supermarketda. Axir, sizning smartfoningiz har doim siz bilan - demak, yozish uchun vositangiz doimo mavjud.

Shuni yodda tutingki, tajriba — eng yaxshi ustoz va qanchalik ko‘p mashq qilsangiz, shuncha tez mahoratga erishasiz.

2. Janringizni toping

Har bir inson o‘z qiziqishlariga ega. Ba’zilar xayoliy hikoyalarni yaxshi to‘qiydilar, boshqalar kulgili hikoyalarni to‘qiydilar, uchinchilari hayotdan va kutilmagan kashfiyotlardan lavhalar bilan bo‘lishishni yaxshi ko‘radilar... Siz hammasidan yaxshi nimani uddalay olasiz? Xohishingizni aniqlash uchun o‘zingizni barcha janr va uslublarda sinab ko‘ring.

Yo‘nalishni tanlang — va unga qat’iy rioya qiling. Maqsadli ravishda rivojlaning va yoqimlini foydali bilan uyg‘unlashtiring!

Image

3. She’rlar yozing

She’r yozish — o‘ziga xos va qiyin janr. Hatto o‘zingizda shoirona iste’dodni his etmasangiz ham, sinab ko‘rishga arziydi. Qofiyalarni tanlash va hajmga moslashtirish zarurati fikrlashni rag‘batlantiradi, passiv so‘z boyligini "orttiradi", og‘zaki qatorlarni qurish bilan tajriba o‘tkazishga, ixtirokorlikni ifodalashga, fikrlarni qisqa va aniq ifoda etishga chorlaydi ... Asosiysi — boshlash!

4. Kundalik olib boring

Iste’dodni rivojlantirishga yordam beradigan va kelajakdagi ish uchun zahira to‘plashga yordam beradigan favqulodda foydali odat. Birinchi, o‘tgan kun voqealarini yozib olishni o‘rganing, keyin taassurotlarning tavsifiga o‘ting va ishlar tobora kuchayib borayotganini his etsangiz - aks ettirishni qo‘shing va tasavvurni o‘yg‘oting. Faqat haqiqatning atrofida aylanish shart emas — tushlarni ham yozib borish mumkin. To‘satdan ular syurrealistik romanda shakllanib qoladimi?

A hand holding the Samsung Note9 with and image of Montenegro in the phone and in the background

5. Qisqalik bilan bayon etishni mashq qiling

Qiziqarli tajriba o‘tkazing: istalgan mashhur mavzu bo‘yicha katta va batafsil maqola toping va uning mohiyatini ikki yoki uchta paragrafda qiymat va ravshanlikni yo‘qotmasdan bayon etishga harakat qiling. Uddaladingizmi? Endi blog uchun a’lo darajali postlar qayerdan olinishini bilib oldingiz.

6. Hamma ko‘rganlaringizni tasvirlab bering

Xilmaxillik uchun atrofingizdagi dunyo ashyolarini tasvirlashni boshlang. Istalgan narsa to‘g‘ri keladi — toba, daraxt, o‘tkinchi. Mebelingiz yoki oshxona idishlaringiz haqida aytib berishga harakat qiling: ular qanday ko‘p vazifali, ergonomik va uslubli - uddalay olsangiz, reklama kopirayteri sizning kasbingiz bo‘lishi mumkin.

“Haqiqiy” adabiyotni orzu qilsangiz - binolarni, tabiatni va odamlarni tasvirlash bilan mashq qilishga dangasalik qilmang. So‘zlarni tanlash va asl xususiyatlarni topish qiyin bo‘ladi, lekin juda g‘ayrat va tirishqoqlik yaxshi natijalarga olib kelishini tez orada tushunasiz.

Image

7. Yozing va tahrir eting

Tahrir — yozish qobiliyatingizni sayqal berish uchun ajoyib tajriba. O‘z maqolachangizni boshqa uslubda qayta yozing, uni qisqa va aniqroq qiling. Bir necha oy oldin yozgan matnningizni takomillashtiring - axir mahoratingiz allaqachon oshgan. Va, albatta, boshqa mualliflarni tahrirlang — boshqa ishlar qatorida bu o‘zingizni baholash uchun juda foydalidir.

8. O‘qing va tanqid qiling

Yozuvchi bo‘la turib o‘qimaslik nomumkindir. O‘qish dunyoqarashni kengaytiradi, so‘z boyligini oshiradi va fikrlash uchun oziqa beradi.

O‘zingizni tajribali o‘quvchidek his etsangiz - adabiy tanqid bilan shug‘ullaning. O‘zingiz yoqtirgan matnlarni tahlil qilib, ularni eng yaxshi tomonga ajratib turadigan narsalarga e’tibor bering: tuzilish xususiyatlari, mantiqiy o‘tishlar, alohida iboralar va fikr uzatish usullari, stilistika va bayon etishning boshqa xususiyatlari. Zaif mualliflarning matnlari — ichi qoralik uchun emas, balki boshqalarning xatolaridan saboq olish uchun bir sabab.

Image

9. Eng zo‘rlardan o‘rganing

Ma’lum bir mavzuni tanladingizni - maxsus atamalar va iboralar bazasini to‘plashni boshlang. Maxsus maqolalar, maqolachalar, kitoblarni o‘qing va kelgusi ishingizda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsani saqlang. Galaxy Note9 smartfoni va S Pen qalami yordamida bu bir-ikki harakat bilan amalga oshiriladi: bir ishora bilan iborani ajrating, ikkinchisi bilan ekran rasmini oling.

10. Hech bir majburlashsiz

Kichik, ammo ishonchli qadamlar bilan romaningiz tomon harakatlaning. Hech qanday majburlash yo‘q, faqat yangi tajriba va jarayondan bahra olish — bunda yakuniy natija katta va yoqimli syurpriz bo‘ladi. Samsung smartfonlari va planshetlari esa — bu yo'lda sizning universal va qulay yordamchingiz.

Image

Samsung Galaxy Note9 bilan birga yo‘l-yo‘lakay o‘rganing va yozing

Sizga qulay bo‘lgan joyda va paytda o‘zingizning mahoratingizni takomillashtiring — o‘qing, qimmatli fikrlar va muvaffaqiyatli matnlarni saqlang, maqolalaringiz va hikoyalaringizni yozing. Samsung texnologiyasi bilan — har kuni orzularingizga yaqinlashing!

Samsung Galaxy Note9 and S Pen

Galaxy Note9

Shuningdek, qarang