Unumdorlik / Hayot tarzi

Ma`lumotlarni zararli unsurlardan tozalash: o'z raqamli
xavfsizligingiz darajasini oshirish yo'llari

O'zingiz qoldiradigan raqamli izlaringizni imkoni boricha minimal darajaga tushiring va mobil qurilmalarning xavfsizlik darajasini oshiring.

Woman in a car safe surfing on her phone
Mashinada ketayotib, smartfonda xatlar yozayotgan yo'lovchi ayolning yon tomondan olingan film

Ma`lumotlarning keng ko'lamli sizib chiqib ketishi, maxfiylik shartlarining buzilishi, parollarning yo'qolishi, va bularning oqibatida paydo bo'ladigan umumjahon vahima. Odatda, raqamli xavfsizlikka munosabatimizni "Boshiga tushmaguncha aql kirmaydi" degan maqolga taqqoslasa bo'ladi. Matbuot yangiliklarida hayratda qoldiruvchi sarlavhalarini ko'rmagunimizcha (yoki ushbu muammo o'z boshimizga balo olib kelmaguncha) raqamli xavfsizlik haqida o'ylamaymiz ham. Biroq agar o'zingiz shuni xohlamasangiz – siz umringizni elektron pochta manzilingizni qayddan o'tkazmasdan yoki smartfon kamerasini yopib yurish bilan o'tkazishga majbur bo'lmaysiz. Quyida tarmoqlarda o'zingizga boshqalarning diqqatini jalb qilmay, Internetda ishlashda maksimal darajadagi xavfsizlikka erishishga yordam beruvchi bir necha tavsiyalar keltirilgan.

Izlaringizni tozalab yuring

Balki hayot tajribangizda qaysi bir onlayn do'konda o'ta chiroyli bir juft etikni ko'rib, ularning havolasini qulayroq mavridgacha (masalan, maosh olish kunigacha) saqlab qo'yib, va bir muddat vaqt o'tgach ushbu havola bilan tarmoqqa kirganingizda o'z yangiliklar qatoringizga tushib qolgan holatlarni boshdan kechirgan bo'lsangiz ehtimoldan xoli emas. Bu ayyor, biroq mahorat bilan o'ylab chiqilgan marketing tuzog'i siz uchun Internet tarmog'ida izlash urinishlaringiz hecham maxfiy emasligi haqida eslatma bo'lsin. Internet brauzeringiz tarixini, cookies fayllarini (saytlar tomonidan sizning faolligingizni kuzatib borish uchun qo'llaniladigan jajji ma`lumot qismlarini) va kesh (keraksiz) fayllarni muntazam tozalab turish bilan bir qatorda, siz brauzerda "inkognito" (yashirin) rejimini yoqib qo'yishingiz mumkin. Ushbu xususiy ko'rish, tomosha qilish funktsiyasi har bir seansdan keyin cookie fayllarini o'chiradi, ya`ni, brauzerni yopganingiz zahoti, sizning shaxsiy ma`lumotlaringiz va oldingi izlash faoliyatingiz haqidagi ma`lumotlar o'chiriladi. Bu funktsiya ko'p, masalan, elektron pochtani tekshirishni xohlaganigizda yoki sizga yoqib qolgan bir juft etik sizni Internetda ta`qib qilib yurishini xohlamagan holatlarda kerak bo'lib qolishi mumkin.

Telefonning brauzerini inkognito rejimida ishlatayotgan ayolning sharpasi
MASLAHAT

Inkognito rejimida veb-sahifalarni ko'rish haqiqatan ham xavfsizroq bo'lsada, u sizni zarar keltruvchi koddan asramaydi. Qurilmangizda operatsion tizimning eng so'nggi tizimni yangilash fayllari o'rnatilganiga va anitvirus ilovasi faollashtirilganiga ishonch hosil qiliing.

MASLAHAT

Inkognito rejimida veb-sahifalarni ko'rish haqiqatan ham xavfsizroq bo'lsada, u sizni zarar keltruvchi koddan asramaydi. Qurilmangizda operatsion tizimning eng so'nggi tizimni yangilash fayllari o'rnatilganiga va anitvirus ilovasi faollashtirilganiga ishonch hosil qiliing.

OGOH BO'LING

Ko'p hollarda, siz ishlatadigan elektron pochta xizmatining o'zi pochta qutingizdagi shubhali xatlarni (fishing urinishlari mavjud xatlarni) mustaqil ravishda filtrdan o'tkazishi ham mumkin, biroq shunday bo'lsada, bunday xatlar himoya tizimidan o'tib kelish ehtimoli baribir mavjud. Xatda keltirilgan havolani bosishdan yoki ilova qilingan faylni ochishdan avval, xatning to'la mazmunini diqqat bilan o'rganib chiqing. Jo'natuvchining sizni biror veb-saytga kirishga majbur qilishga urinayotgani, shaxsiy ma`lumotlaringizni unga berishingizga undayotgani, yoki sizdan pul yoki "boshqa biror narsa" undirishga unrinayotganga e'tibor bering. Jo'natuvchining elektron manzili risoladagiday standard ko'rinsada, yoki yaxshi tanish ijtimoiy tarmoq, firma brendi yoki tashkilotga tegishli bo'lsada, olingan xatga ishonch hosil qilish uchun bevosita brauzerda o'sha manzilni yozib, saytga kirish, yoki sizga allaqachon tanish insonga yangi xat jo'natish maqsadga muvofiq bo'ladi. Sizning manzillar kitobingizda allaqachon mavjud manzillar uchun ham xuddi shu ishni amalga oshirish adolatli bo'ladi, chunki yomon niyatli odamlar do'stlaringiz pochta manzilini buzib kirgan bo'lishi mumkinku. Shuning uchun Internetga kirganda, keng tarqalgan fishing hujumlarini yodda tutish va shubhali xatlar haqida tegishli organlarga xabar berish lozim.

Xatda keltirilgan havolani bosishdan yoki ilova qilingan faylni ochishdan avval, xatni diqqat bilan o'qib chiqing.

Maxfiy josus ishini o'zingiz bajaring.

Ba`zan inson o'zini hakerlar o'rniga qo'yib ko'rishi zarur. Google tizimida siz haqingizdagi ma`lumotlarni muntazam izlash siz qoldirgan "raqamli izlar" (ya`ni, sizning onlayn obro', mavqeingizga ta`sir qiluvchi har qanday ommaga ma`lum ma`lumotlar) haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Voqe dunyoda obro'yingiz qanchalar baland, mustahkam bo'lishidan qat'iy nazar, tarmoqda sizni butunlay o'zgacha qilib taqdim etadigan yoki siz haqingizda siz xohlagandan ko'proq ma`lumot oshkora qiluvchi narsa-vositalar bo'lishi mumkin. Xoh u uy manzilingiz bo'lsin, yoki mol-mulkingiz baholanishi yoki siz o'qib chiqqan maqolalar ro'yxati bo'lsin, tegishli sayt ma'murlariga o'zingiz o'chirib tashlashni xohlagan ma`lumotlarni olib tashlashni so'rab murojaat qiling. Buning ustiga, bunday xizmatlrani taklif qiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarga murojaat qilishingiz mumkin. Ular vaqtingizni tejashga va qalbingizda xotirjamlikka erishishga yordam berishadi.

Dalillarni o'chirib tashlang

Qog'ozlarda chop qilingan muloqot xatlarini tashlab yuborishdan oldin ularni qog'ozni maydalaydigan shrederdan o'tkazgannigiz kabi, raqamli fayllarga ham xuddi shunday amalni qo'llash lozim. Afsuski, barcha "o'chirilgan" fayllarni osonlik bilan qayta tiklash mumkin. Xavfsizlikni ta`minlash uchun ishlab chiqarilgan mobil ilovalar fayllarni qayta tiklashga imkon qoldirmasdan o'chirish imkoniyatini beradi. Elektron xatlarga kelsak, pochta dasturida "xatni savatga jo'natish" yoki "batamom o'chirish" variantlarini tanlashingiz mumkin. Shuning uchun variantni aql ishlatib tanlaganingiz ma`qul.

Oshxonada ovqat pishirish jarayonida, bir inson smartfonga ulanish uchun ultra-tovushli barmoq izlari skaneridan foydalanmoqda.
Samsung Galaxy S10 qurilmasining olddan ko'rinishi
Galaxy S10

Tizimga kiring va barmoq izlarini tekshiruvchi ultra-tovush skaneri kabi mobil xavfsizlik funktsiyalari yordamida xaridlaringiz uchun pul to'lang.

YANA KO‘PROQ MA`LUMOT O‘RGANISH
Samsung Galaxy S10 qurilmasining olddan ko'rinishi
Galaxy S10

Tizimga kiring va barmoq izlarini tekshiruvchi ultra-tovush skaneri kabi mobil xavfsizlik funktsiyalari yordamida xaridlaringiz uchun pul to'lang.

YANA KO‘PROQ MA`LUMOT O‘RGANISH

Kompleks xavfsizlik uchun

Har bir insonda o'z sirlari bor. Galaxy S10 va S10+ kabi qurilmalar bilan ishlaganingizda sizning sirlaringiz xavfsizlikda bo'lishiga ishonchingiz komil bo'lsin. Barmoq izlarini tekshiruvchi ultra-tovush skaneri va Knox ma`lumotlar himoyasi platformasi mavjudligi tufayli, parolni yodlab qolishga zarurat tug'ilmasdan, barmoq izlari asosida siz maxfiy ma`lumotlarga kirishni qulflab qo'yishiingiz mumkin.

Читайте также