Unumdorlik / Hayot tarzi

Ongli hayot yo‘lida

Texnologiyadan foydalangan holda “bu erda va hozir” yashashni o‘rganish usuli

Young man sitting on a high ledge above city smiling and looking at his phone

Raqamli asrda biz turli manbalardan koplab ma’lumotlar olamiz va doimo aloqada bo‘lamiz - va bu toxtovsiz harakatda o‘zingiz haqida unutish qanchalik oson! Ammo yaxshi xabarlar ham bor: biz taraddudan chiqib, hozirgi lahzani qadrlashni boshlashga erishsak, bizning aqliy va jismoniy sog‘ligimiz yaxshilanadi. Bu kabi holat onglilik deb ataladi va zamonaviy texnologiyalardan yordamida uni mashq qildirish oson va yoqimli bo‘ldi.

Ko‘proq tartibli bo‘lishni, stressni tezda engishni o‘rganishni, ko‘proq sport bilan mashg‘ul bolishni va yaratishni boshlamoqchi bo‘lganlarga, texnologiyalar zamonaviy hayot tartibsizliklarida omon qolishga va xotirjamlikni saqlashga yordam beradi. Sizga smartfon yordamida ongli hayot tarzini qanday yuritish kerakligini aytamiz.

Various Samsung S9 phones showing various native apps

Tartibli bo‘ling

Ba’zida unutish osonki, ko‘ngilocharlikdan tashqari, bizning smartfonlarimiz bizga foyda keltiradigan va hayot sifatini yaxshilaydigan ko‘plab ilova va funksiyalarga ega. O‘z vaqtida uyg‘onish uchun signalni o‘rnatish va kunning rejalarini unutmaslik uchun eslatmalarni o‘rnatish kifoya. Kundalik ishlar rejasi bizga xotirjamlikni saqlashga yordam berishini unutmang. Instagramda yoki facebookda ko‘p vaqtni sarflaysizmi? Deyarli barcha smartfonlarda siz ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun vaqt chegarasini belgilashingiz mumkin. Kichik ishlarni nazorat ostiga oling va katta masalalarni bajarish osonroq boladi.

Musiqaga qorishing

Hech kimga sir emaski, musiqa stressni yengishga yordam beradi. U miyaga joriy masaladan qochish va ba’zan o‘tmishga qiziqarli sayohatlar qilish imkonini beradi. Klassika yoki embient kabi janrlar boshqalarga qaraganda samaraliroq tinchlantiradi, ammo barchasi shaxsiy didga bog‘liq. Og‘ir kundan keyin dam olishga yordam beradigan pleylist yarating. Masalan, chillout yoki elektronikani tinglab ishlash yaxshi va yoqimli folk musiqasi esa uyga yo‘lni yoritadi. Faqatgina dunyo pleylistingizning tinchlantiruvchi treklari ostida o‘tib ketishini tomosha qiling.

Close up of music app on a Galaxy S9

Sog‘lom turmush tarzini olib boring

Sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish ham jismoniy va ham aqliy salomatlikni tartibga solishning eng yaxshi usulidir. Barchamiz bilamizki, sog‘lom tanda - sog‘lom ruh, bu esa ancha ozroq stress va xavotirlanishni anglatadi. Samsung Health ilovasi sizga sog‘liqni saqlashga yordam beradi. U 39 ta turli faoliyatlarni, jumladan yugurish va velosipedda harakatlanishni kuzatadi, uyqu tsikllari monitoringini olib boradi va sog‘lom odatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ilovada fotosuratlar bilan bolishish va do‘stlar bilan fitness g‘alabalarini nishonlash, shuningdek butun dunyo bo‘ylab Samsung Health ning foydalanuvchilari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin. Va esda tuting: sog'lom tanada onglilikni tarbiyalash ancha oson.

Close up of Samsung Health app on a Galaxy S9 and a woman stretching in exercise gear

Fikrlaringizni qog‘ozda ifoda eting

Bir vaqtning o‘zida bir milliard narsa borasida o‘ylayotganingiz borasida fikrlayotganligingizni mushohada etganmisiz? Barchamiz bu qanday sodir bo‘lishini bilamiz va bundan keyingi hissiy charchoq bilan tanishmiz. Ammo buning ham yechimi bor: odatdagilar chegarasidan chiqing va o‘z fikrlaringizni qog‘ozga seping. Bu stressni yengillashtirishning oddiy, ammo samarali usuli bo‘lib, shu bilan birga fikrlarni tuzishga yaxshi yordam beradi. Vazifalar ro‘yxatini yozing yoki qisqa eslatmani yozishga harakat qiling. Bo‘sh daqiqangiz bolganida, masalan, uyga qaytayotganda yozing. Bir so‘z bilan aytganda, fikrlaringizni yozma ravishda shakllantiring – va shu bilan ongni ozod qiling.

Close up of Note9 and a hand writing a memo on screen

Shaxsiy yordamchi bilan tanishing

Virtual yordamchilar – bu bizning hayotimizni osonlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan aqlli yordamchilar. Oddiy vazifalarni bajarish bilan, ular bizni yengillashtiradi va boshqa narsalarga diqqatni jamlashga yordam beradi. Bixby virtual yordamchisi tez o‘rganadi, kundalik tartibingizni, nimani qidirganingizni, so‘rovni qanday shakllantirganingizni va qaysi dasturlardan ko‘proq foydalanishingizni o‘rganadi. Va vaqt o‘tishi bilan u yanada aqlli bo‘ladi. Bixby dan sizga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishni eslatishni so‘rang va u ish kuni tugashi bilanoq sizga xabar beradi. Va uyga borganingizda, u sizga videoni tomosha qilishni eslatadi va uni siz to‘xtagan joydan davom ettiradi. Bixby bilan ishlarni bo‘lib oling – va hayotdan lazzatlaning.

Close up of Galaxy S9 with calendar reminders on screen and a woman on a climbing all in the background

Har kuni ongli ravishda yashang.

Galaxy bilan kuningizni rejalashtiring, Samsung Health bilan sog‘lom hayot tarziga rioya qiling va Bixby shaxsiy yordamchisi sizga kundalik ishlaringizda yordam berishiga imkon bering.

Galaxy Note9

Galaxy Note9

Galaxy S9ㅣS9+

Galaxy S9ㅣS9+

Shuningdek, qarang