Bizning COVID-19ga bo‘lgan munosabatimiz

COVID-19 butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etar ekan, biz har biringiz haqida fikr yuritamiz. Ushbu holat sizning har biringizga har xil ta’sir qilganligini va COVID-19 bizning jamiyatimizga uzoq ta’sir o‘tkazishini bilamiz. Ushbu og‘ir vaziyatga qaramay, biz ham unga moslashishga umid bog‘laymiz. Biz global hamjamiyat sifatida hayotimizdagi eng muhim qiyinchiliklaridan birini hal qilish uchun - qayerda va qanday sharoitda bo‘lishdan qat’i nazar, qanday qilib birlashishimiz mumkinligini namoyish etmoqdamiz.

Shunday qiyin paytlarda Samsung xodimlarimizga g‘amxo‘rlik qilish, mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlash va hamjamiyatimizga yordam berishda muhim rol o‘ynaydi. Biz muhtojlarga yordam berish va boshqa tomondan jamiyat sifatida kuchli bo‘lishimizga yordam berishi uchun resurslar ajratyapmiz.

Global ishchi kuchlarimizni qo‘llab-quvvatlash

Biz o‘z xodimlarimizni sog‘liqni saqlash idoralarining so‘nggi ko‘rsatmalari berilgan manbalar va yangilanishlar bilan ta’minlash uchun butun dunyo bo‘ylab mintaqaviy mas’ul guruhlarini yaratdik. Biz zarur vazifalar bo‘yicha safarlardan boshqa biznes safarlarini cheklab qo‘ydik va xodimlarimizga iloji boricha uydan ishlashni maslahat berdik. Bundan tashqari, zarur hollarda ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha binolarimiz va do‘konlarimizni yopdik.

Biz foydalanuvchilarga zarur mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etishda muhim bo‘lgan ofis va muassasalarga kirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rik va harorat tekshiruvlarini joriy qildik va muntazam ravishda obdon tozalashni amalga oshirdik. Biz butun dunyo bo‘ylab ushbu pandemiya ta‘siri ostida qolgan xodimlarimizga va ularning oilalariga yordam berish usullarini ko‘rib chiqmoqdamiz.

Biz biznesimizning asosini tashkil etgan odamlarimizni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Qadrli mijozlarimiz va hamkorlarimizga xizmat ko‘rsatish

So‘nggi 50 yil ichida mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan o‘rnatgan munosabatlarimiz biz uchun juda muhim sanaladi.

Kundalik hayotimiz uydan ishlash va o‘rganish bilan o‘tar ekan, biz sizni va oilangizni hayotingizni davom ettirish va yaxshi ko‘rganlaringiz bilan bog‘lab turishga imkon beradigan mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash uchun shu yerdamiz. Biz sizni kun davomida uzluksiz ravishda mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati orqali Samsung.com saytida onlayn ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning xizmatlarimiz COVID-19 sababli yuz bergan cheklovlar tufayli mavjud bo‘lmay qolganda, ishlab chiqaruvchilarning kafolat muddati tugagan mijozlar uchun biz o‘sha kundan boshlab ta’mirlash xizmatlarini bir oylik uzaytirishni taklif etmoqdamiz.

Bizning hamjamiyatimizga yordam berish

Yanvar oyidan beri Samsung kompaniyasi COVID-19 ta’siridan eng ko‘p zarar ko‘rgan hukumatlar va jamoalarga 29 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ va mahsulotlarni xayriya qildi, shu jumladan, yuz niqoblari kabi tibbiy buyumlar va gigiena vositalarini sotib olishga yordam berdi. Biz karantindagi bemorlarga ularning oilalari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lishlariga yordam berish uchun smartfonlar, shuningdek shifoxonalar va karantin markazlariga havo tozalash moslamalari va boshqa jihozlarni sovg‘a qilmoqdamiz. Shuningdek, biz bolalar sinfdan tashqarida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun o‘quv muassasalariga planshetlar sovg‘a qilmoqdamiz va bolalar uyda yanada boyitilgan tarkibga ega bo‘lishlari uchun CSR (Korporativ ijtimoiy javobgarlik) o‘quv modullarini Internet orqali taqdim etmoqdamiz.

Birinchilardan bo‘lib kasallik ta’siri ostida qolgan davlatlardan biri Koreyada biz mahalliy hokimiyatlar organlarini mamlakatda kasallikni nazorat qilish harakatlariga yordam berish maqsadida bemorlarni parvarish qilish markazi sifatida kompaniya binolari bilan ta’minladik. Shuningdek, bizning muhandislik jamoalarimiz Koreyadagi yuz niqoblarini ishlab chiqaradigan kompaniyalar bilan ish olib borishmoqda, ular zavodlarning rejasini va ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash orqali ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam berishmoqda va ba’zi hollarda niqob ishlab chiqarish uchun qoliplar yaratmoqdalar. Bizning sa’y-harakatlarimiz tufayli kompaniyalardan biri kunlik ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Biz COVID-19 xavfi va ta’siriga qarshi kurashishda ishlayotganlarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish uchun texnologiyalarimiz va manbalarimizdan foydalanishda davom etamiz. Bu bizning tariximiz davomida bizni boshqargan yagona izchil tamoyilimizga asoslanadi: yaxshiroq global jamiyatga hissa qo‘shadigan texnologiyalarni yaratish.

Hozir biz har qachongiga qaraganda nafaqat bu qiyinchilikni yengib o‘tish uchun, balki birgalikda yanada kuchliroq bo‘lish uchun birlashishimiz kerak. Bu barchamiz uchun qiyin vaqt hisoblanadi, va biz vaziyat rivojlanib borgani sari siz bilan yangiliklarni bo‘lishishni davom ettiramiz. Hozirgacha, biz har bir xodimimizga ular amalga oshirayotgan barcha ishlari uchun, xususan, bir-birlariga, hamkorlarimizga va mijozlarimizga ko‘rsatayotgan yordamlarii uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Sizning sodiq qo‘llab-quvvatlovingiz uchun mijozlarimiz, hamkorlarimiz va hamjamiyatlarimizdan minnatdormiz va barchamiz kelajakka umid bilan qarab, siz bilan birga bo‘lishga va’da beramiz.

Biz, Samsungdagi barchamiz sizga, oilalaringizga va do‘stlaringizga mustahkam va yaxshi sog‘lik tilaymiz.