

Vaqtni tejash
Yuvish jami 39 daqiqa davom etadi
Twin Water Supply ikkita suv uzatish tizimi mashinani tezroq to‘ldiradi, Spin Speed Rinse texnologiyasi esa barabanning harakatini tezlashtirib, 5 kg kir uchun standart yuvish vaqtini 39 daqiqagacha kamaytiradi. Kutishga kamroq vaqt, o‘zingiz uchun ko‘proq vaqt.


Barabanni osongina tozalash
Eco Drum Clean+ texnologiyasi bilan har doim toza baraban va rezina zichlagichga ega bo‘lasiz. Demak, kirlaringiz uchun har doim birinchi darajali yuvishga ham


Kir yuvish jarayonida narsalarni qo’shish osonlashdi
Add Wash funksiyasi yuvish jarayoni boshlanganidan keyin ham unutilgan kiyimlarni yoki konditsionerni barabanga tez va oson joylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, siz qo‘lda yuvilgan kiyimlarni chayish va siqish uchun qo‘shishingiz mumkin.
Yuvish uchun vaqtni kamaytiring *, o‘zingiz uchun vaqtingizni ikki baravar oshiring
QuickDrive™ innovatsion texnologiyasi samaradorlikni yo‘qotmagan holda yuvish vaqtini 50% ga * qisqartiradi. Har qanday mato turlarini parvarish qilish texnologiyasiga ega noyob baraban tez pulslanuvchi suv oqimini yo‘naltiradi. Natijada, tozalovchi vosita matoga chuqur kirib, kiyimlarni qisqa vaqt ichida yuvishga imkon beradi*.
Samsung QuickDrive™ WW8800M bilan Samsung WW8500K modelini taqqoslaganda(5 kg 40 °C Paxta)
Samsung QuickDrive™ WW8800M bilan Samsung WW8500K modelini taqqoslaganda(5 kg 40 °C Paxta)


Bug‘ bilan yuvish
Bug‘ yordamida kiyimlaringizning chindan ham chuqur va gigiyenik tozalanishini ta’minlang. Gipoallergen bug‘ rejimini* ishlatilganda, barabanning pastki qismidan bug‘ ajratiladi. Shuning uchun baraban ichidagi barcha narsalar bug‘ bilan to‘yinadi. Shu sababli singib ketgan dog‘lar va 99,9% bakteriyalar yo‘q qilinadi hamda allergenlar faolligi to‘xtaydi
*Hygiene Steam dasturi (WW10M864QOA) bo‘yicha 3 kg kir yuvish va tozalash paytida Intertek kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan
*Hygiene Steam dasturi (WW10M864QOA) bo‘yicha 3 kg kir yuvish va tozalash paytida Intertek kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan


Qiyinchilik va tashvishlarsiz qulay yuvish
Auto Optimal Wash texnologiyasi chinakam avtomatik va oson yuvish uchun o‘rnatilgan og‘irlik, suv va kir yuvish sensorlaridan foydalanadi.

Noyob yuvish texnologiyasi
Eco Bubble™ texnologiyasi hatto past haroratlarda ham yaxshilab yuvishni ta’minlaydi. Yuvish vositasi pufakchalarga aylanib, matoga tezroq kirib boradi, ifloslanishlarni oson bilan yo‘q qiladi hamda elektr energiyasini tejaydi.
Dog‘larni intensiv tozalash
Paxta, sintetika yoki bolalar kiyimlari ekanining ahamiyati yo‘q. Bitta tugmachani bosib, noyob Bubble Soak texnologiyasi eng qiyin dog‘larni yo‘q qilishiga imkon bering. Matoga havo pufakchalari yaxshilab singdiriladi, dog‘lar yumshatiladi va samarali ravishda tozalanadi.


Nazorat ostida. Har doim va har yerda.
Yuvish retsepti
Yuvish retsepti kiyim turiga, rangiga va ifloslanish darajasiga qarab tegishli rejimni tanlaydi.


Nazorat ostida. Har doim va har yerda.
Yuvishni rejalashtirgich
Yuvishni rejalashtirgich sizning jadvalingizga muvofiq yuvish vaqtini belgilashga imkon beradi.


Aql bilan ishlaydi. Uzoq vaqt xizmat qiladi.
Inverterli motor aql bovar qilmaydigan darajada yuqori energiya samaradorligini, minimal shovqinni va kir yuvish mashinasining uzoq umrini ta’minlaydi. U universal motorga qaraganda kamroq energiya sarflaydi va noodatiy holda uzoq vaqt xizmat qiladi.

Kechayu kunduz shovqinsiz yuvish
Istalgan vaqtda shovqinsiz va tebranishsiz yuving
VRT M texnologiyasi bilan tinch holatda yuvish va hatto eng yuqori aylanish tezligida ham mukammal muvozanat saqlovchi barabandan rohatlaning.


Qasmoq hosil bo‘lishidan himoya
Anti-Scale isitish qoplamasi qasmoq yig‘ilishini va energiya sarfini kamaytiradigan yopishishga qarshi materialdan tayyorlangan.
Barabanni yoritish
Дополнительный свет, дополнительное удобство
Endi paypoqlar yo‘qolmaydi! Barabanning ichki tomonlama yoritilishi kir yuvish mashinasining tarkibini tez va xavfsiz tekshirishga va hech narsani unutib qoldirmaslikka imkon beradi.



WW10M86KNOA/LP
AddWash funksiyasiga ega kir yuvish mashinasi,
10 kg
QuickDrive™

Auto Optimal Wash
BATAFSIL

