Ishda va o'yinlarda mukammallik
Yanada ko'proq kontentni namoyish qilish, tiniqroq ko'rinishdagi tasvirlarni ko'rsatish va ma`lumotlarni taqdim qilishning ilg'or texnologiyalarini taklif qilish jihatlari bilan, yuqori tiniqlik yechim ekranli Samsung monitorlari amalda har qanday maqsadlarda foydalanish uchun mukammal tanlov qatori bilan taqdim etilmoqda. Professional ilovalardan o'yinlargacha va ko'p sonli vazifalarni bir vaqtning o'zida bajarish jihatlarigacha – yuqori tiniqlikda ko'rsatish imkoniyati sizning ish unumdorligingizni oshiradi.

Yanada yuqoriroq tiniqlik yechimi nega kerak?
Yuqori tiniqlik yechimi - yangi minimal talab
4k tiniqlik yechimidagi kontent hamma joyda qo'llanilib, ommaviylashmoqda. Netflix kabi Internet tarmog'idagi oqimli (striming) video xizmatlarda bo'lgani kabi, zamonaviy smartfonlarda olingan fotosuratlar va videoroliklarning tiniqligi UHD darajasida bajarilgan. Ko'plab zamonaviy o'yinlar UHD tiniqlik formatida ishlaydi. Barcha kontentni yuqori tiniqlik yechimli monitorida ko'rib rohatlanish yaxshi. Yuqori tiniqlikdagi ekranli Samsung monitorida ko'rib rohatlanish esa undan ham yaxshioq.

Innovatsiyalarni qo'llashda mukammallik
Bu brendga bo'lgan ishonchni anglatadi
Displeylar bozorida Samsung kompaniyasining yetakchiligi vaqt bilan isbot qilingan ishonchga asoslangan. Bu ishonch mijozlarning monitorlarimizdan foydalanish borasida ijobiy tajribasi tufayli shakllangan. Shu sababli, aynan Samsung kompaniyasi ishlab chiqaradigan eng yuqori sifatli yuqori tiniqlik monitorlari toifasidan sotib olishni xohlashingiz tabiiy holatdir.

№1 tanlov
2014 yildan boshlab, ketma-ket to'rt yil davomida Samsung jahonda eng mashhur UHD monitorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tan ilinib kelinmoqda.

Qulaylikda mukammallik
Biz taqdim qilayotgan Eye Saver rejimi ko'zlar charchashi darajasini pasaytiradi va ko'rish, tomosha qilish uchun yanada qulayroq sharoit yaratadi. Bo'yi, yon tomonga va tepa-pastga burilishini tartibga solishning imkonini beruvchi taglik (podstavka) monitorni inson ekran qarshisida uzoq vaqt davomida o'tirganda bo'yniga tushadigan bosim, yukni minimum darajaga tushirish maqsadida optimal tarzda joylashtirish imkonini beradi.
Ko'p vazifalarni bir vaqtning o'zida bajara olishda mukammallik
Full Hd displeylariga nisbatan kengroq ekran joyi mavjudligini ta'minlab, yuqori tiniqlik ekranlari ko'p vazifalarni bir vaqtning o'zida bajarish uchun mukammal tanlov hisoblanadi. Picture-By-Picture va Picture-In-Picture funktsiyalari, va Samsung Easy Setting Box dasturi bir vaqtning o'zida bir necha ish maydonlarni ko'rish va boshqarish imkonini beradi.
Keng ekran 21:9
O'ta keng egilgan displey ulkan g'oyalar uchun kengroq joy beradi. Endi ikkita monitor mavjud bo'lishiga hojat yo'q. Bitta monitor bilan tom ma`noda bir vaqtning o'zida ko'p vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Picture-By-Picture texnologiyasi
Kiritilayotgan ma`lumotlarning ikki turli manbasini qo'shadigan Picture-By-Picture funktsiyasi yordamida bir vaqtning o'zida ko'p vazifalarni bajarish imkoniyatini kuchaytirishingiz mumkin.

Easy Setting Box dasturi
Easy Setting Box ilovasi yordamida ekranni bir necha qismga bo'lib, ish darchalarini ekranda joylashtiring.

Yuqori tiniqlik yechimli monitorlar mahsulotlar qatori

Umumiy ma’lumotlar
"Raqamli an`analar: ""CF791 monitorini ishlab chiqarib Samsung kompaniyasi o'z imkoniyatlari darajasidan o'zib ketdi – bu siz hech qachon ajralib qolishni xohlamaydigan monitordir"".
"

Sovrinlar
Innovatsion dizayn va ko'rish, tomosha qilishning innovatsion texnologiyalarini qo'llash tufayli yuqori tiniqlik yechimli egilgan ekranli Samsung monitorlari keng jamoatchilik orasida e`tirof etildi.