Samsung members ilovasidagi promo-aksiyaʼda ishtirok etish qoidalari
2021-yil 20-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham), Samsung Galaxy A seriyali smartfonlarini sotib olib, siz promo-aksiyaning ishtirokchisiga aylanishingiz va ITVʼga 3 oylik bepul obunaga ega boʻlishingiz mumkin.
Aksiyada quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin:
• 2021-yil 20-apreldan 31-maygacha Samsung Galaxy А02 / A02s / A12 smartfonini sotib olish kerak;
• Samsung Members ilovasida roʻyxatdan oʻtish kerak;
• Har bir xaridorga ITVʼga 3 oylik bepul obuna taqdim etilishi kafolatlanadi.
• ITV promo-kodini faollashtirish muddati: 20.04.2021 – 30.06.2021
Diqqat: sovgʻalar soni cheklangan!
Tashkilotchi www.samsung.uz saytida, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida nashr etish orqali aksiya qoidalariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Sovgʻa sifatida taqdim etilgan “ITV” promo-kodini faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1. Samsung Membersʼga kirish va “Afzalliklar” boʻlimida kuponni yuklab olish;
2. “ITV”ni faollashtirish;
3. Promokodni kiritish va “Faollashtirish” tugmasini bosish;
Faollashtirish faqat ilovaning mobil versiyasida amalga oshiriladi.
Agar ishtirokchi sovgʻani topshirish muddati tugagunga qadar sovgʻa uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishdan bosh tortganligi sifatida baholanadi.
Sovgʻalar tugasa, aksiya toʻxtatilishi mumkin.
Sovgʻa boshqasiga almashtirilmaydi.
ITV obunasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
· IPTV (boshlangʻich start) – 60 dan ortiq telekanallar;
· “Videoklub” boʻlimida filmlar va seriallarning katta toʻplami.
Ishtirokchilar
Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bolgan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin.