Samsung members ilovasidagi promo-aksiyaʼda ishtirok etish qoidalari

 

2021-yil 10-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham), Samsung Galaxy A seriyali smartfonlarini sotib olib, siz promo-aksiyaning ishtirokchisiga aylanishingiz va Yandex.Plus uchun 3 oylik bepul obunaga ega boʻlishingiz mumkin.

Aksiyada quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin:

·         2021-yil 10-apreldan 31-maygacha Samsung Galaxy А32 / A52 / A72 smartfonini sotib olish kerak;

·        Samsung Members ilovasida roʻyxatdan oʻtish kerak;

·         Har bir xaridorga Yandex.Plus uchun 3 oylik bepul obuna taqdim etilishi kafolatlanadi.

·         Yandex.Plus promo-kodini faollashtirish muddati: 10.04.2021 – 30.06.2021

 

Diqqat: sovgʻalar soni cheklangan!

Tashkilotchi www.samsung.uz saytida, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida nashr etish orqali aksiya qoidalariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.

Sovgʻa sifatida taqdim etilgan “Yandex.Plus” promo-kodini faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

1. Samsung Members dasturiga o'ting va "Преимущества" bo'limida kuponni yuklab oling.

2. Yandex-ga kiring.

3. plus.yandex.uz/gift havolasiga o'ting.

4. Promo-kodni kiriting va faollashtirish tugmachasini bosing.

 

Yandex.Plus obunasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Yandex.Music – sevimli treklaringiz, podkastlaringiz va audiokitoblaringizni tinglang – reklamalar yoʻq va hatto oflayn tartibida foydalanish mumkin, aqlli tavsiyalar esa, aynan sizga yoqadigan narsalarni tanlab beradi.

KinoPoisk HD – minglab filmlar va seriallarni, jumladan eksklyuziv, yuqori sifatli filmlarni reklamalarsiz tomosha qiling.

Yandex Taksi – Komfort+ va Biznes tariflarida 10% chegirma bilan taksi buyurtma bering.

Yandex Disk – yanada koʻproq fotosuratlar, videolar, hujjatlar va boshqa fayllarni saqlang va ularni yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan osongina boʻlishing.

 

Agar ishtirokchi sovgʻani topshirish muddati tugagunga qadar sovgʻa uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishdan bosh tortganligi sifatida baholanadi.

Sovgʻalar tugasa, aksiya toʻxtatilishi mumkin.

Sovgʻa boshqasiga almashtirilmaydi.

Promo kodlari faqat Yandex Plus yangi foydalanuvchilariga va bank karta bilan bog'langan holda beriladi.

Ishtirokchilar

 

            Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiyada ishtirok etadi.