“Samsung Happy New Year Promo Megogo” Aksiyasida Ishtirok Etish Qoidalari

 

 

Mazkur “SAMSUNG HAPPY NEW YEAR PROMO MEGOGO” reklama aksiyasida (keyingi oʻrinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) ishtirok etish qoidalari “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MChSh (SAMSUNG ELEKTRONIKS SENTRAL YEVRAZIYA) (keyingi oʻrinlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi ) va Aksiya ishtirokchisi oʻrtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi www.samsung.uz saytida (keyingi oʻrinlarda “Aksiya sayti” deb yuritiladi) joylashtirilgan Aksiyada ishtirok etishning mazkur qoidalariga (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) rozilik beradi.

 

1.     Umumiy qoidalar

1.1.  Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MChSh (SAMSUNG ELEKTRONIKS SENTRAL YEVRAZIYA). Manzil: Qozogʻiston Respublikasi, Olmaota sh., 050059, Al-Farobiy shoh koʻchasi, 36-uy, “AFD” biznes markazi, B bloki, 3-4 qavatlar;

1.2.  Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2021-yil 13-dekabr soat 00:00 dan – 2022-yil 31-yanvar soat 23:59 gacha (Toshkent shahar vaqti boʻyicha);

1.3.  Aksiya natijalarini eʼlon qilish sanasi: 2022-yil 2-fevral;

1.4.  Aksiyaning rasmiy hamkorlari (keyingi oʻrinlarda “Rasmiy Hamkorlar” deb yuritiladi):
”Texnomart” MChJ, Texnomart: +99871 209 99 44;

·         “Sifat-Biznes-Savdo” MChJ, Credit Asia: +99878 140 00 11;

·         "Idea Concept Group" MChJ, Idea: +99871 230 77 99;

·         “Radius Mobile” MChJ, Radius: +99871 200 31 00;

·         “Mobile Retail” MChJ, Elmakon: +99871 203 12 03;

·         "MEDIAPARK GROUP" MChJ, Mediapark: +99871 203 33 33;

·         “Business Group XD” MChJ, Milliy Kredit: +99878 777 00 99;

·         “Ishonch Kredit Savdo” MChJ, Ishonch +998 73 515 22 22.

1.5.  Aksiya o’tkaziladigan hudud: Aksiya rasmiy hamkorlarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi savdo nuqtalari.

1.6.  Aksiya sayti u haqdagi asosiy maʼlumot manbasi hisoblanadi. Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida keltirilgan maʼlumot qisqartirilgan shaklda berilgan, shu bois batafsil maʼlumot bilan  www.samsung.uz manzilidagi Aksiya Saytida tanishib chiqish talab etiladi.

 

2.     Aksiya ishtirokchisi  

2.1.  Faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan va shaxsan oʻz kuchi va vositalari bilan mazkur Qoidalarning barcha shartlarini bajargan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda “Ishtirokchi” deb yuritiladi) aksiyada qatnashishi mumkin.

2.2.  Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, uning vakolatiga ega shaxslar, ularning oila aʼzolari, shuningdek, Aksiyaning tashkil etilishi va oʻtkazilishiga aloqador boshqa kompaniyalar xodimlari qatnasha olmaydilar.

2.3.  Aksiyada ishtirok etish, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, jumladan, shaxsiy maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish bilan, Ishtirokchi Tashkilotchiga va uning vakolatiga ega uchinchi shaxslarga, Aksiyaning oʻtkazilishini, uning shartlaring bajarilishini nazorat qilish, reklama, marketing va axborot joʻnatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing ishlari yuzasida boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan yashah shahri, toʻliq ism-sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) maʼlumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzili kabi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, jumladan transchegaraviy uzatish va qayta ishlash uchun rozilik beradi. Bu rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, xususan, Tashkilotchining vakolatli shaxslari / boshqa vakolatli shaxslar / uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga ham taalluqli va bu bilan cheklanib qolmaydi. Bu rozilik, bunday maʼlumotlar Tashkilotchiga yoki uning vakolatiga ega shaxslarga uzatilgan vaqtdan boshlab  5 (besh) yil davomida yoki mazkur rozilik amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olingunga qadar, bu voqealardan qaysi biri oldinroq kelishiga qarab amal qiladi. 

2.4.  Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga uning rasmi bor/uning ishtirokidagi tegishli foto/video materiallarini suratga/videoga olish, saqlash, foydalanish, Internet tarmogʻiga, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish maqsadlarida va boshqa bir qator maqsadlarda joylashtirish uchun toʻliq va haq olmasdan rozilik beradi.

 

3.     Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1.  Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

3.1.1.      Aksiya oʻtkazish davri davomida faqatgina mazkur Qoidalarning 1.4-bandida koʻrsatilgan Aksiyaning oʻtkazilish hududidan SAMSUNG savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlardan birini: Galaxy A72, Galaxy A52, Galaxy A32 (”Tovar”) xarid qilish.

3.1.2.      Aksiya tugagunga qadar Tovarning firma qadoqlarini va  Tovarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, shuningdek qutini, xaridni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va Scratch-kartani solishtirish uchun taqdim etish.

3.2.   Agar Aksiya Ishtirokchisi Aksiya doirasida bir nechta tovarlarni xarid qilsa, bunday Ishtirokchi ushbu Aksiya doirasida 2 (ikki) tadan ko‘p bo‘lmagan Sovg‘a olish huquqiga ega.

 

 

4.     Sovgʻalar  

4.1.1.      Aksiya boʻyicha sovgʻalar SAMSUNG savdo belgisi ostidagi quyidagi tovarlar (“Sovgʻa”) hisoblanadi:
4.1.1. Galaxy A72, Galaxy A52 yoki Galaxy A32 xaridi uchun Megogo xalqari mediaxizmatiga 6 (olti) oylik obuna (“Obuna”) sovgʻa sifatida taqdim etiladi.

4.2.  Sovgʻalarning umuiy soni 10, 000.00 (oʻn ming) dona.

4.3.  Sovgʻalar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovgʻalar sonini mustaqil ravishda belgilash, shuningdek uni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

4.4.  Sovgʻaning rangi Rasmiy Hamkor omboridagi yoki Rasmiy Hamkorning Sovʻgani taqdim etish nuqtasidagi tovarlarning mavjudligiga bogʻliq va Aksiya Saytidagi rasmdagidan farq qilishi mumkin, barcha tasvirlar maʼlumot uchun keltirilgan.

4.5.  Aksiya doirasida olingan Sovgʻa uchun ushbu turdagi tovarlar boʻyicha belgilangan standart kafolat amal qiladi.

4.6.  Aksiyada ishtirok etgan Tovar qaytarilgan taqdirda, Sovgʻa qaytarilishi shart. Agar Ishtirokchi Sovgʻani qaytarishdan bosh tortsa, Tashkilotchi tegishli Tovarni qaytarib olmaslik huquqiga ega. Qaytarish va almashish Rasmiy hamkor tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

4.7.  Sovgʻani sozlash yoki ulash boʻyicha hech qanday ish/xizmat Sovgʻa tarkibiga kirmaydi.

 

5.     Aksiya gʻolibini aniqlash tartibi

5.1.  Mazkur Qoidalarning 3.1.1-bandda koʻrsatilgan barcha shartlarni bajargan va Sovʻgalarni taqdim etish nuqtasiga kelgan dastlabki 10, 000. 00 (oʻn ming) nafar Ishtirokchi Sovgʻani olish huquqiga ega Aksiya gʻoliblari deb topiladi

5.2.  Oʻtkazilgan Aksiya natijalari 2022-yil 2-fevralidan kechikmagan holda Aksiya Saytida eʼlon qilinadi.

5.3.  Sovgʻalarni taqdim etish nuqtasi Aksiyaning Rasmiy Hamkoriga tegishli boʻlib, u mazkur Qoidalarning 1.4 bandida keltirilgan Aksiyani oʻtkazish hududida joylashgan:

5.4.  Sovgʻani olish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

a.     Shaxsan va oʻz hisobidan mazkur Qoidalarning 1.4-bandida koʻrsatilgan Aksiyani oʻtkazish hududida Sovgʻalarni topshirish nuqtasiga borish;

b.     Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish;

c.     Sovgʻani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish va imzolash;

d.     Sotib olingan Tovarni qutisi bilan, sotuvchining muhri qoʻyilgan kafolat talonini, xaridni tasdiqlovchi fiskal chekni koʻrsatish;

e.     qoʻlida Sovgʻa bilan suratga/videoga tushish.

5.5.  Ishtirokchi quyidagi hollarda Aksiyada ishtirok etish huquqini yoʻqotadi va Sovgʻani olishga talabgorlik qila olmaydi:

a.     Aksiyaning biror shartini buzsa;

b.     firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga oid dalillar aniqlansa;

c.     Tovarni, qutini va Sovgʻani olish uchun kerak boʻladigan, Tovarning xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni uchinchi shaxslarga bersa;

d.     maʼlumotlar/hujjatlarni taqdim etishdan, va/yoki fotosurat/video suratga tushishdan bosh tortsa, hamda mazkur Qoidalarni buzsa.

5.6.  Hech qaysi holatda Tashkilotchi Sovgʻani pul ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki Sovgʻaga mos boshqa tovarga almashtirmaydi.

5.7.  Tashkilotchi Sovgʻani olish bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadigan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni mustaqil va oʻz hisobidan toʻlaydi.

5.8.  Agar biror bir shaxs yoki shaxslar Sovgʻa qiymatini, soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashni talab etsa, bunday toʻlovlarni amalga oshirmang va darhol Tashkilotchi bilan bogʻlaning.

5.9.  Aksiya oʻtkazilayotgan davr davomida muayyan sabablarga koʻra topshirilmagan Sovgʻalar talab qilinmagan hisoblanadi. Talab qilinmagan sovgʻalar Tashkilotchi tomonidan saqlanmaydi va oʻz xohishiga koʻra foydalaniladi.

 

6.     Boshqa shartlar

6.1.  Aksiyaning barcha ishtirokchilari, unda ishtirok etishni qabul qilish orqali Aksiyaning Qoidalariga rozili bildirishadi, ularga rioya qilish va bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. Agar Ishtirokchi Aksiya qoidalarini buzsa yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik harakatlarini amalga oshirsa va/yoki hiyla ishlatsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi.

6.2.  Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi oʻzining mazkur Qoidalarga soʻzsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga toʻliq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi, Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi deb qabul qilinadi.

6.3.  Tashkilotchi Aksiya saytida, shuningdek, Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilish orqali, mazkur Qoidalarni istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega. Bildirishnoma sanasi tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan sana yoki shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatiladigan qoʻshimcha sana hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga rozilik bildirmagan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortish yoʻli bilan oʻzgarishlarni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Ushbu kun oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgarishlarga rozilik berishi sifatida qaraladi.

6.4.  Aksiya tanlov, lotereya yoki boshqa biror tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini emas.

6.5.  Tashkilotchining xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Ishtirokchining fikrini bilish maqsadida Ishtirokchiga/Gʻolibga Sifat boʻlimidan qoʻngʻiroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi/Gʻolib oʻz fikrini bildirishdan bosh tortish huquqiga ega.

6.6.  Mazkur internet-sayt va unda keltirilgan maʼlumotlar faqat axborot berish uchun moʻljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

 

 

Tashkilotchi kol-markazining aloqa maʼlumotlari:  


7799 - Yagona qoʻllab-quvvatlash xizmati