Samsung ramazon munosabati bilan oʻtkazayotgan promo-aksiyasida ishtirok etish qoidalari
Aksiya 28 maydan 3 iyungacha davom etadi.
Ushbu davr mobaynida sovrinlar o'ynalishi o'tkazilmaydi, faqat sovg'alar sifatida planshetlar beriladi.
2021-yilning 28-aprelidan 3 iyungacha (shu kuni ham) Samsung Galaxy S seriyasidagi smartfonni sotib oling va sovgʻa sifatida Samsung Galaxy Tab A8| A10.1 modellarini qo'lga kiriting, shuningdek, 40 dona Samsung Galaxy Watch Active2 va 40 dona Samsung Galaxy Buds Live gadjetlaridan birini yutib oling.
Aksiyada quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin:
• 2021-yilning 28-aprelidan 3 iyungacha Samsung Galaxy S21|S21+ yoki S21 Ultra smartfonini xarid qilish kerak.
• Samsung Galaxy S21|S21+ modellarini xarid joyida roʻyxatdan oʻtkazib, har bir xaridor Samsung Galaxy Tab A8 planshetini sovgʻa sifatida oladi.
• Samsung Galaxy S21 Ultra modelini xarid joyida roʻyxatdan oʻtkazib, har bir xaridor Samsung Galaxy Tab A10.1 planshetini sovgʻa sifatida oladi.
• Samsung Galaxy S21|S21+|S21 Ultra smartfonlarini sotib olgan barcha xaridorlar avtomatik ravishda har hafta 10 dona Samsung Galaxy Watch Active2 va 10 dona Samsung Galaxy Buds Live oʻynaladigan yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanadilar.
Sovgʻalar quyidagi doʻkonlarda beriladi:
1. Radius Qoʻyliq (Toshkent sh., Fargʻona yoʻli koʻchasi, 730)
2. Radius Malika (Toshkent sh., Kichik halqa yoʻli koʻchasi, “Fleshka” SM, A-34 sonli doʻkon)
3. Elmakon Mega planet (Toshkent sh., Ahmad Donish koʻchasi, 2B)
4. Elmakon (Toshkent sh., T. Shevchenko koʻchasi)
5. Mediapark (Toshkent sh., Qoratosh koʻchasi, 11A)
6. Mediapark (Toshkent sh., Buyuk Ipak Yuli koʻchasi, 105A)
7. Texnomart (Toshkent sh., Chorsu maydoni, 3A)
8. Malika (Toshkent sh., Kichik halqa yoʻli koʻchasi, “Fleshka” SM, “Samsung” promo nuqtasi)
9. Abu Saxiy (Toshkent sh., Bunyodkor shox koʻchasi, THAY, 156A)
10. Texnomart (Toshkent sh., Yangi shahar koʻchasi, 16a)
11. Credit Asia (Toshkent sh., Amir Temur koʻchasi, 3)
12. Credit Asia (Toshkent sh., Yangi Sergeli,7)
13. Uzmobile (Toshkent sh., Navoyi koʻchasi, 8)
14. Andijon (Andijon sh., Boburshox koʻchasi, 28, “Mobil Olam” SM)
15. Fargʻona (Fargʻona sh., Dehqon koʻchasi, 5, moʻljal: Sotka.UZ uyali telefon bozori)
16. Namangan (Namangan sh., A. Navoiy koʻchasi, “Texnopark” SM)
17. Qoʻqon (Qoʻqon sh., Istiqlol koʻchasi, 28, “Universal” SM)
18. Samarqand (Samarqand sh., M.Ulugʻbek koʻchasi, 105, “Huawei center”)
19. Buxoro (Buxoro sh., M.Iqbol koʻchasi, 2)
20. Qarshi (Qarshi sh., Mustaqillik koʻchasi, 202, “Sharq” SM)
21. Urganch (Urganch sh., I. Karimov koʻchasi 9/3, “Tomaris Nur” GM)
22. Jizzax (Jizzax sh., Sh. Rashidov koʻchasi, S2A bekati, “Uzmobile” ofisi)
23. Navoiy (Navoiy sh., Gʻalaba koʻchasi, moʻljal: “Yangi hayot” SM)
24. Termiz (Termiz sh., Farovon koʻchasi, 2, “Indenin” SM)
25. Nukus (Nukus sh., E. Alakoz koʻchasi, 65, “Samsung brand shop”)
Doʻkonlarning qoʻllab-quvvatlash telefonlari:
1. Radius: +99871 200 31 00;
2. Elmakon: +99871 203 12 03;
3. Mediapark: +99871 203 33 33;
4. Texnomart: +99871 209 99 44.
5. Credit Asia: +99878 140 00 11;
6. Goodzone: +99871 207 03 07.
Diqqat: sovgʻalar soni cheklangan!
Tashkilotchi www.samsung.uz saytida, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida nashr etish orqali aksiya qoidalariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Kafolatlangan va tanlovda ishtirok etuvchi sovg'ani qo'lga kiritish uchun:
1. Sotib olingan smartfonning IMEIʼsini promouterda Oʻzbekiston Respublikasiga moʻljallanganini tekshirish;
2. Promouterga quyidagilarni taqdim etish: sotib olingan smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri tushirilgan toʻldirilgan kafolat taloni, shuningdek, smartfonning xaridi toʻgʻrisidagi fiksal chek;
3. Sovgʻalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish;
4. Suratga olish uchun tashkilotchilarga rozilik berish.
Agar sovgʻani topshirish paytida mijoz tomonidan sotib olingan smartfon aksiya shartlariga javob bermasa (aksiya oʻtkazilgan davr ichida sotib olinmagan boʻlsa, chek boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasiga mo’ljallangan boʻlmasa), sovgʻa berilmaydi.
Agar sotib olingan smartfon oldin ham aksiyalarda ishtirok etgan boʻlsa, uning uchun sovgʻa berilmaydi.
Bir mijoz sotib olingan smartfonlar sonidan qat'i nazar, har hafta bir marta sovg'alar o'yinida ishtirok etishi mumkin
Haftalik yutuqli oʻyinda aynan oʻsha haftada smartfon xarid qilgan mijozlar ishtirok eta oladilar.
Yutuqli oʻyin har hafta kompaniyaning rasmiy Instagram sahifasida oʻtkaziladi.
Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.
Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya Ishtirokchisi Tashkilotchiga va Tashkilot tomonidan vakolat berilgan uchinchi shaxsga reklama, marketing va axborot joʻnatmalarini amalga oshirish, Aksiyaning oʻtkazilishi toʻgʻrisida hisobot tuzish, shuningdek marketing ishlari boʻyicha boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining rasmini, shaxsiy maʼlumotlarini, aloqa maʼlumotlarini, jumladan, ismi, fotosurati, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini, telefon raqamini yigʻish, qayta ishlash va uzatishga rozilik beradi. Bu rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, xususan: boshqa yuridik shaxslar, jumladan Tashkilotchining boshqa vakolatli shaxslari tomonidan qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga ham taalluqli va bu bilan cheklanib qolmaydi. Rozilik Tashkilotchining Aksiyasida ishtirok etgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olinadigan vaqtga qadar amal qiladi.
Promo-aksiyada ishtirok etish Shartlari buzilgan taqdirda, jumladan, lekin bu bilan cheklanmasdan, quyidagi hollarda:
· amal qilish muddati boʻyicha shartlar buzilgan boʻlsa;
- agar sovrinlar o'yini g'olibining aloqa raqamlari noto'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa va haftalik sovrinlar o'ynalishi o'tkazilgan kundan boshlab 15 kun ichida sovrindor bilan ulanib bo'lmasa, ishtirokchi sovg'a olish huquqini yo'qotadi
- agar aksiya ishtirokchisi bilan bog'lanish imkoni bo'lmasa yoki 2021 yil 24 maydan 15 kun ichida bog'lanish imkoni bo'lmasa, ishtirokchi planshetni sovg'a sifatida olish huquqini yo'qotadi
Agar gʻolib sovgʻani topshirish muddati tugagunga qadar sovgʻa uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishdan bosh tortganligi sifatida baholanadi.
Sovgʻalar tugasa, aksiya toʻxtatilishi mumkin.
Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Sovgʻa boshqasiga almashtirilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmda koʻrsatilganidan farq qilishi mumkin.
Ishtirokchilar
Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada ishtirok etish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
Yutuqli o’yinda qatnashib, Ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin.
Yutuqli oʻyinda ishtirok etish orqali Yutuqli oʻyin ishtirokchisi sovgʻani topshirish marosimining fotosuratlari va videolaridan reklama tadbirlarida va boshqa marketing tadbirlarida bepul foydalanishga oʻz roziligini beradi.
Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Ishtirokchining fikrini bilish maqsadida Ishtirokchiga Sifat boʻlimidan qoʻngʻiroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi oʻz fikrini bildirishdan bosh tortishi mumkin.
Aksiyada doʻkonlar xodimlari ishtirok eta olmaydi.