Promo-aksiyada ishtirok etish qoidalari “galaxy watch active 2 oʻyini”
2021 yil 14-yanvardan 31 yanvargacha (shu kuni ham) yangi Samsung Galaxy S21 smartfoniga oldindan buyurtma berish orqali siz oʻyin ishtirokchisiga aylanishingiz va Samsung Galaxy Watch Active 2 qurilmasini sovg‘a sifatida olishingiz mumkin.
Quyidagi shartlarga binoan barcha xohlovchilar aksiyada ishtirok etishi mumkin:
• 2021 yil 14-yanvardan 31 yanvargacha Samsung.uz veb-saytidagi oldindan buyurtma sahifasida roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.
• Samsung Galaxy S21 seriyali smartfonning kerakli modelini tanlang, doʻkonni tanlang, shaklni toʻldiring.
• Sizga qulay boʻlgan tarzda 1 000 000 soʻm miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiring.
• Oldindan buyurtma bergan barcha mijozlar 21 ta Galaxy Watch Active 2 lotereyasida qatnashadilar.
• Soatlarning oʻyini 2-fevral kuni Samsung Uzbekistonning Instagramdagi rasmiy sahifasida boʻlib oʻtadi.
• Oʻyin gʻoliblari tasodifiy sonlar generatori yordamida tasodifiy tanlanadi.
• Sotish boshlangandan soʻng, smartfon sotib olishda, oldindan buyurtma qilingan har bir ishtirokchiga Galaxy Buds Live va SmartTag-ni sovgʻa qilish kafolatlanadi, oʻyining 21 gʻolibiga qoʻshimcha ravishda Galaxy Watch Active 2 aqlli soati beriladi.
• Sovg'aga ega bo'lishda shartlar barcha ishtirokchilar uchun teng amal qiladi.
• Oldindan qilingan buyurtmalar sonidan qat'iy nazar, tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir kishiga ruxsat beriladi. Bitta g'olibga = bitta Galaxy Watch Active2 sovg'a.
Diqqat!
Sovgʻalar faqat smartfon sotib olingan taqdirda beriladi.
Agar smartfon sotib olingan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarib berilsa, xaridor olingan sovrinlarni qaytarib berishga majburdir.
Tashkilotchi aksiya qoidalariga oʻzgartirish kiritish va ularni www.samsung.uz saytida, shuningdek, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilish huquqiga ega.
Sovgʻani olish uchun quyidagilar talab etiladi:
1. Promouterga sotib olingan smartfonni qutisi bilan birga, sotuvchining muhri tushirilgan kafolat taloni va pasoportni taqdim etish.
2. Sovg‘ani qabul qilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani to‘ldirish.
3. Suratga olish uchun tashkilotchilarga rozilik berish.
Sovg‘ani taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan yoki imzolashdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.
Aksiyada ishtirok etish bilan, Aksiya Ishtirokchisi Tashkilotchi va Tashkilotchi vakolat bergan uchinchi tomonga reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, Aksiyaning oʻtkazilishi haqida hisobot tayyorlash, shuningdek, marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining rasmini, shaxsiy maʼlumotlarini, aloqa maʼlumotlarini, xususan: ismi, fotosurati, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari va telefon raqamini yigʻish, ishlov berish va uzatishga oʻz roziligini beradi. Rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan taqdim etilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmagan holda: qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, boshqa yuridik shaxslarga, jumladan Tashkilotchining boshqa vakolatli shaxslariga uzatish (shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga nisbatan amal qiladi. Rozilik Tashkilotchining Aksiyasida ishtirok etgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olingunga qadar amal qiladi.
Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilgan taqdirda, shu jumladan, quyidagi hollarda, lekin ular bilan cheklanmagan holda:
· agar aksiyaning amal qilish muddati shartlari buzilgan bo‘lsa
· agar ishtirokchi bilan bog‘lanish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa
· agar g‘olibning aloqaga chiqish ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lsa va 2020 yil 26-avgustdan boshlab 30 kun ichida g‘olib bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, ishtirokchi sovg‘a olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Agar gʻolib sovgʻa berish muddati tugaguniga qadar uni olish uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishni rad etishi baholanadi.
Sovgʻalar tugagan taqdirda aksiya toʻxtatilishi mumkin.
Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Sovgʻani boshqasiga almashtirib berilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmdagidan farq qilishi mumkin.
Ishtirokchilar
Aksiyada faqat 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlangan va Ishtirok etish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar (“Ishtirokchi”) ishtirok etish mumkin
Aksiyada qatnashib, aksiya ishtirokchisi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy ma’lumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qo‘shimcha haq to‘lamasdan foydalanilishi mumkin.
Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Sifatni nazorat qilish boʻlimidan ishtirokchiga uning fikrlarni bilish uchun qoʻngʻiroq qilinishi mumkin. Ishtirokchi o‘z fikrini berishdan bosh tortishi mumkin.