“The Frame televizorini harid qiling va sovgʻa sifatida interyer rom hamda Galaxy A51 smartfonini qoʻlga kiriting” aksiyasida qatnashish qoidalari

 

1.Aksiyada qatnashish bilan, Ishtirokchi mazkur Aksiyada qatnashish qoidalariga (“Qoidalar”) rozilik bildiradi.


2. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2020-yil 20-avgustdan 30-sentyabrgacha


3. Ishtirokchilar:


3.1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Aksiyada qatnashib, Ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin.

Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni topshirishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb baholanadi.


4. Aksiyani oʻtkazish tartibi (“Qoidalar”)


4.1. Mazkur Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi, mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajarganda, sovgʻa sifatida Galaxy A51 smartfonini, shuningdek TV uchun bitta nusxadagi romni olish imkoniyatiga ega boʻladi;


4.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi shart:


2020 yil 20-avgustdan 30-sentyabrgacha boʻlgan muddatda koʻrsatilgan 
o MudoConcept (“Hamkor”) doʻkonidan Samsung savdo belgisi ostidagi televizorlarning quyidagi modellaridan birini (“Televizor”) sotib olish: a) QE55LS03RAUXCE; b) QE65LS03RAUXCE;
o Hamkorning doʻkonida Televizor narxining 100% miqdoridagi toʻlovni amalga oshirish;
o puli toʻlangan Televizor va Sovgʻa Ishtirokchiga Aksiya boʻyicha Hamkorning doʻkoni vakillari tomonidan Ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan manzilga Ishtirokchi bilan kelishilgan muddatda yetkazib beriladi;
o Televizorni mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan muddatdan keyin yoki undan oldin sotib olish, aksiyada ishtirok etish imkonini bermaydi.

5. Aksiya boʻyicha sovgʻalar

5.1. Aksiya boʻyicha sovgʻa quyidagi jadvalga muvofiq Samsung savdo belgisi ostidagi mahsulotlardan biri (“Sovgʻa”) boʻladi.

Model – Sovgʻa

QE55LS03RAUXCE – Galaxy A51 Smartfon + TV uchun interyer rom

QE65LS03RAUXCE – Galaxy A51 smartfoni + TV uchun interyer rom

5.2. Sovgʻalar soni cheklangan.  Sovgʻalar pul mablagʻiga yoki boshqa tovarlarga almashtirilmaydi. Aksiya ishtirokchisi Sovgʻani olishni rad etish huquqiga ega, bunda Ishtirokchiga hech qanday pul mablagʻi toʻlanmaydi;

5.3. Hamkor Ishtirokchiga Sovgʻa sifatida beriladigan Smartfon va TV uchun interyer rom rangini tanlash huquqini oʻzida saqlab qoladi.

6. Boshqalar.

6.1. Aksiya faqat hamkorning Toshkent shahridagi doʻkonida va faqat Samsung televizorlarining muayyan modellariga nisbatan amal qiladi. Haqiqiy mahsulot rasmdagisidan farq qilishi mumkin. Aksiyada doʻkonlar xodimlari qatnasha olmaydilar.

6.2. Aksiyada ishtirok etgan Televizor (jumladan toʻplamdagi tovar) qaytarilgan taqdirda, toʻplamdagi ikkinchi tovar, shuningdek Sovgʻa ham qaytarilishi kerak. Agar Ishtirokchi toʻplamdagi ikkinchi tovarni/Sovgʻani qaytarishdan bosh tortsa, unda Hamkor bunday qaytarishni qabul qilmaslik huquqiga ega. Qaytish va almashish Aksiya boʻyicha hamkorning doʻkoni tomonidan oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi; 

6.3. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari, unda ishtirok etish bilan, Aksiya qoidalariga rozi bildirgan hisoblanadi, hamda ularga amal qilishlari va bajarishlari shart boʻladi. Ishtirokchi Aksiya qoidalarini (jumladan aloqa va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish tartibini) buzgan taqdirda yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etsa/sodir etganlikda gumon qilinsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi;

6.4. Aksiyada ishtirok etish bilan, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotni taqdim etish bilan, Ishtirokchi reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek, marketing maqsadlarida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, xususan: joylashgan shahri, toʻliq ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlaridan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududi boʻyicha hech qanday cheklovlarsiz va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanilishi mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin. Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Aksiyaning quyidagi manzil boʻyicha joylashgan Internet tarmogʻidagi sahifasida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega: https://www.samsung.com/uz_ru/promo/frame-tv/

6.5. Xabar berish sanasi tegishli maʼlumot saytda nashr qilingan sana yoki Aksiya sahifasida shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatilgan qoʻshimcha sana boʻladi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga norozi boʻlgan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada qatnashishdan bosh tortish bilan oʻzgartirishlarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Ushbu sana oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgartirishlarga rozilik berishi sifatiqa qabul qilinadi.

6.6. Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchi oʻzi tushgan/ishtirok etgan fotosuratlar/video/promo rolikni Tashkilotchining saytida, shuningdek, Tashkilotchining/Aksiya bilan bogʻliq boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga oʻz roziligini bildiradi;

6.7. Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa turdagi qiziqtiruvchi oʻyin emas.