"Samsung Smart TV sovgʻaga" Aksiyada qatnashish shartlari

1. Aksiyada qatnashish orqali ishtirokchi aksiyada qatnashishga oid mazkur qoidalarga (“Qoidalar”) oʻz roziligini bildiradi.

 

2. Aksiyani oʻtkazish muddati: 2020-yil, 9-sentabrdan 15-oktabrgacha.

 

3. Ishtirokchilar.

 

3.1. Aksiyada OʻzR fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjarni taqdim etish orqali aniqlanadi) va qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Aksiyada qatnashib, ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin.  Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb baholanadi.

 

4. Aksiyani oʻtkazish tartibi (“Qoidalar”)Mazkur Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi, mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajarganda, sovgʻa sifatida Samsung SMART TV UE32N5300BUCCE (“Sovgʻa) televizorida bitta nusxada olish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

4.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi shart:

 

  • 2020 yil 9 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo'lgan davrda quyidagi rusumdagi O'zbekistonda ishlab chiqarilgan Samsung savdo belgisi ostida televizor sotib oling:
    (“Televizor”): a) QE55Q60RAUXCE; b) QE65Q60RAUXCE; c) UE75RU7100UXCE.

  • xarid joyida televizorning 100% miqdordagi narxini toʻlash; 

  • Toʻlangan Televizor va Sovgʻa xarid joyida ishtirokchiga u bilan kelishilgan muddat ichida taqdim etiladi;

  • Televizorni mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan muddatdan keyin yoki undan oldin sotib olish aksiyada ishtirok etish imkonini bermaydi.

 

5. Aksiya boʻyicha sovgʻalar

 

5.1. Aksiya boʻyicha sovgʻa quyidagi jadvalga muvofiq Samsung savdo belgisi ostidagi mahsulotlardan biri (“Sovgʻa”) hisoblanadi.

 

Model – Sovgʻa
QE55Q60RAUXCE - Samsung SMART TV televizori UE32N5300BUCCE
QE65Q60RAUXCE - Samsung SMART TV televizori UE32N5300BUCCE
UE75RU7100UXCE - Samsung SMART TV televizori UE32N5300BUCCE

 

5.2. Sovgʻalar soni cheklangan.  Sovgʻalar pul mablagʻiga yoki boshqa tovarlarga almashtirilmaydi. Aksiya ishtirokchisi Sovgʻani olishni rad etish huquqiga ega, bunda Ishtirokchiga ushbu harakat uchun hech qanday pul mablagʻi toʻlanmaydi;

 

6. Boshqa.

 

6.1. Televizor (jumladan toʻplamdagi tovar) qaytarilgan taqdirda, Sovgʻa ham qaytarilishi kerak. Agar Ishtirokchi toʻplamdagi ikkinchi tovarni/Sovgʻani qaytarishdan bosh tortsa, unda doʻkon bunday qaytarishni qabul qilmaslik huquqiga ega.  Qaytarish va almashish Aksiya boʻyicha hamkor doʻkoni oʻrnatgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi; 

 

6.2. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari, unda ishtirok etish bilan Aksiya qoidalariga rozi bildirgan hisoblanib, hamda ularga amal qilishlari va bajarishlari shart boʻladi.  Agar Ishtirokchi Aksiya qoidalarini (jumladan aloqa va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish tartibini) buzgan taqdirda yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etsa/sodir etganlikda gumon qilinsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi;

 

6.3. Aksiyada ishtirok etish bilan, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotni taqdim etish bilan, Ishtirokchi reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek, marketing maqsadlarida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, xususan: joylashgan shahri, toʻliq ism-sharifi, telefon raqami, foto, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi.  Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin;

 

6.4. Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Aksiyaning quyidagi manzil boʻyicha joylashgan Internet tarmogʻidagi sahifasida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega: https://www.samsung.com/uz_uz/promo/plus-smart-tv/

 

6.5. Xabar berish sanasi tegishli maʼlumot saytda nashr qilingan sana yoki Aksiya sahifasida shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatilgan qoʻshimcha sana boʻladi.  Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga norozi boʻlgan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada qatnashishdan bosh tortish bilan oʻzgartirishlarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega.  Ushbu sana oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgartirishlarga rozilik berishi sifatida qabul qilinadi;

 

6.6. Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchi oʻzi tushgan/ishtirok etgan fotosuratlar/video/promo rolikni Tashkilotchining saytida, shuningdek, Tashkilotchining/Aksiya bilan bogʻliq boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga oʻz roziligini bildiradi;

 

6.7. Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa turdagi qiziqtiruvchi oʻyin emas.