“Samsung galaxy watch active 3 yutuqli oʻyini” promo-aksiyasida ishtirok etish qoidalari

2020-yilning 6-avgustidan 25-avgustigacha (ushbu sanalarda ham), yangi Samsung Galaxy Note 20 smartfoniga oldindan buyurtma berib, yutuqli o’yin ishtirokchisiga aylanish va sovgʻa sifatida yangi Samsung Galaxy Watch Active quloqchiga ega boʻlishingiz mumkin.


Quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda har kim aksiyada ishtirok etishi mumkin.

 

Buning uchun:
• 2020-yilning 6-avgustidan 25-avgustigacha Samsung.uz saytida oldindan buyurtma berish sahifasida roʻyxatdan oʻting.
•, Samsung Galaxy Note 20 seriyasidan oʻzingizga yoqqan modelni tanlang, do’konni tanlang va shaklni toʻldiring.
• Oʻzingizga qulay boʻlgan usul bilan 1 000 000 soʻm miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiring.
• Oldindan buyurtma bergan barcha xaridorlar beshta Galaxy Watch Active 3 oʻynaladigan yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishadi.


• Soatlar 31-avgust kuni Samsung Uzbekistanning Instagramdagi sahifasida oʻynaladi;

• Gʻoliblar tasodifiy raqamlar generatori orqali tasodifiy tartibda aniqlanadi.

• Sotuvlar boshlanganidan keyin smartfon xarid qilgan har bitta xaridorga yangi Galaxy Buds Live sovgʻa sifatida taqdim etilishi kafolatlanadi, yutuqli oʻyinning 5 nafar gʻolibiga esa qoʻshimcha tarzda Galaxy Watch Active 3 aqlli soatlari topshiriladi.

 

Diqqat!

 

Yutuqlar faqat smartfon xarid qilingan taqdirdagina beriladi.

Agar smartfon xarid qilingan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarib berilsa, xaridor olingan yutuqlarni ham qaytarishga majburdir.

Sovgʻalar faqat Toshkent shahrida topshiriladi.

Tashkilotchi www.samsung.uz saytida, shuningdek, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilish orqali aksiya shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqiga egadir.

 

Sovgʻani olish uchun quyidagilar talab etiladi:


1. Promouterga quyidagilarni taqdim etish: sotib olingan smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri tushirilgan kafolat taloni, pasport.
2. Sovgʻani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish.
3. Tashkilotchilarga suratga olish uchun rozilik berish.

 

Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni imzolash yoki uni taqdim etishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.

 

Aksiyada ishtirok etish bilan, Aksiya Ishtirokchisi Tashkilotchi va Tashkilotchi vakolat bergan uchinchi tomonga reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, Aksiyaning oʻtkazilishi haqida hisobot tayyorlash, shuningdek, marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining rasmini, shaxsiy maʼlumotlarini, aloqa maʼlumotlarini, xususan: ismi, fotosurati, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari va telefon raqamini yigʻish, ishlov berish va uzatishga oʻz roziligini beradi. Rozilik belgilangan ishlov berish  maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmagan holda: qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, boshqa yuridik shaxslarga, jumladan Tashkilotchining boshqa vakolatli shaxslariga uzatish (shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga nisbatan amal qiladi. Rozilik Tashkilotchining Aksiyasida ishtirok etgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olingunga qadar amal qiladi.

 

Promo-aksiyada ishtirok etish shartlari buzilgan taqdirda, shu jumladan, lekin bu cheklanmasdan, quyidagi hollarda:


• agar amal qilish muddatlari boʻyicha shartlar buzilsa;
• agar ishtirokchi bilan bogʻlanish uchun xato maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa;
• agar gʻolibning kontaktlari notoʻgʻri boʻlsa va 2020-yil 26-avgustdan boshlab 30 kun ichida gʻolib bilan bogʻlanish imkoni boʻlmasa, ishtirokchi sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi.

 

Agar gʻolib sovgʻa berish muddati tugaguniga qadar uni olish uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishni rad etishi baholanadi.
Sovgʻalar tugagan taqdirda aksiya toʻxtatilishi mumkin.
Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Sovgʻani boshqasiga almashtirib berilmaydi.


Haqiqiy qurilma rasmdagidan farq qilishi mumkin.

 

Ishtirokchilar

 

Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 18 yoshga toʻlgan (ishtirokchining yoshi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish orqali tasdiqlanadi) va yutuqli oʻyinda qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar yutuqli oʻyin ishtirokchilari boʻlishi mumkin.  Yutuqli oʻyinda qatnashib, yutuqli oʻyin ishtirokchisi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin.

 

Yutuqli oʻyinda ishtirok etish bilan yutuqli oʻyin ishtirokchisi sovgʻalarni topshirish marosimining fotosuratlari va videolarini reklama tadbirlarida va boshqa marketing tadbirlarida haq to’lamasdan foydalanilishiga oʻz roziligini beradi.

 

Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Sifatni nazorat qilish boʻlimidan ishtirokchiga uning fikrlarni bilish uchun qoʻngʻiroq qilinishi mumkin. Ishtirokchi oʻz fikrini bildirishdan bosh tortishi mumkin.