“Smart TV televizorini xarid qiling va ITV uchun bir yillik vaucherga ega boʻling” aksiyasida qatnashish qoidalari

1. Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi mazkur Aksiyada qatnashish qoidalariga (“Qoidalar”) rozilik bildiradi.


2. Aksiya o‘tkaziladigan muddat – 2020-yil 31-dekabrgacha.


3. Ishtirokchilar:


3.1.  Faqat 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Aksiyada qatnashib, ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni topshirishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.


4. Aksiyani oʻtkazish mexanizmi (“Qoidalar”)


4.1. Mazkur Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajarganda, ITV xizmatiga 12 oyga bepul obuna boʻlish uchun vaucherni sovgʻa sifatida olish imkoniyatiga ega boʻladi;


4.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:


• koʻrsatilgan savdo doʻkonlarida va hamkorlarimiz saytlarida Samsung savdo belgisi ostidagi Smart televizorini sotib olish;
• sotib olish joyida barcha kerakli maʼlumotlarni, jumladan: F.I.Sh., uyali telefon raqami, elektron pochta manzili, shuningdek televizorning seriya raqamini taqdim etish orqali xaridni rasmiylashtirish;
• Smart televizorlarni sotib olayotganda Samsung kompaniyasi tomonidan berilgan ITV vaucherini (promo-kodni) olish;
• vaucher orqali avtorizatsiyadan oʻtish.


4.2. Bepul obuna vaucher faollashtirilgan paytdan boshlab 12 oyga taqdim etiladi.


4.3. Quyidagi hollarda Ishtirokchi Aksiyada qatnashish huquqidan mahrum etiladi:


• Aksiyaning biror shartini buzganda;
• Roʻyxatdan oʻtish shartlarini buzganda (jumladan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish, bir nechta akkauntlar ostida ishtirok etish va h.k.);
• Ishtirokchi bilan bogʻlanish uchun yolgʻon / notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
• firibgarlikka urinish yoki boshqa qonunga zid harakatlarni amalga oshirgani haqida dalillar aniqlanganda.
5. Samsung televizorlarida ITV vaucherini avtorizatsiyalash


5.1.  Vaucher – bu Smart televizorlarni sotib olayotganda ITV tomonidan beriladigan promokod.


5.2.  Vaucher qanday faollashtiriladi:


• bepul ITV ilovasini yuklab oling;
• Smart  televizoringizda ITV ilovasini oching;
• Ilovada roʻyxatdan oʻting;
“Promokodlar” boʻlimiga oʻting va Aksiya tomonidan berilgan promokodni faollashtiring;
• agar promokod toʻgʻri boʻlsa, mazkur promokod ostida avtomatik ravishda avtorizatsiya qilingan boʻlasiz..


5.3.  Diqqat qiling, promokod birinchi marta faollashtirilgan bitta qurilmada amal qiladi.


5.4.  Promokodni boshqa qurilmada qayta faollashtirish mumkin emas.


5.5.  Sizdan vaucherning butun amal qilish muddati davomida promokodni saqlashingizni soʻraymiz. Agar mazkur promokod boʻyicha akkauntdan chiqish holati roʻy bersa, qayta avtorizatsiya qilish faqat oʻsha promokod mavjud bo‘lganda bajarilishi mumkin

.Eslatma
Aksiya faqat Samsung televizorlarining muayyan modellariga nisbatan amal qiladi. Tayyor obuna faqat TV Start tarifi uchun belgilangan. 
Aksiya Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qiladi. Vaucherlar soni cheklangan. Vaucherni olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas. Vaucherni boshqasiga almashtirilmaydi. Toʻlovni moddiy ekvivalentda amalga oshirish mumkin emas. Haqiqiy mahsulot rasmdagisidan farq qilishi mumkin. Aksiyada doʻkonlar xodimlari qatnasha olmaydilar.