Onlayn xarid qiling va Galaxy A20S yutib oling

Onlayn xarid qiling va Galaxy A20S yutib oling

"Onlayn xarid qiling va Galaxy A20S yutib oling" promo-aksiyasida ishtirok etish tartib-qoidalari

2020 yilning 15-31 may kunlari Samsung A, S yoki Note seriyadagi smartfonlarni sotib olib, tanlov ishtirokchisiga aylanish hamda Galaxy A20S yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:

• 2020 yil 15 -31 may kunlari Samsung Galaxy A30S / A31 / A51 / A71 / A80 / Note10 / Note10+ / S10 / S10+ / S10 e / S20 / S20+ / S20 Ultra smartfonlaridan birini quyida keltirilgan internet do'konidan onlayn xarid qilishingiz kerak
• Promo-aksiya yakunida internet do'konining Telegram sahifasida tanlovning 10 ta g'olibi aniqlanib, ularga Galaxy A20S sovg'alari taqdim etiladi.

Aksiya https://radius.uz/ internet do'konida o'tkazilmoqda

Do'kon xizmat ko'rsatish telefonlar raqamlari
Radius: +99871 200 31 00

Sovg'ani olishingiz uchun quyidagilar zarur:
1. Sovg'ani qabul qilish dalolatnomasini to'ldirish
2. Tashkilotchilarga fotosuratga olishga ruxsat berishingiz
Sovg'a taqdim etish uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etish yoki imzo chekishdan bosh tortish, uni qabul qilishdan bosh tortish sifatida baholanadi
Sovg'ani qabul qilish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas
Mazkur sovg'a boshqasiga almashtirilmaydi
Qurilmaning asl nushasi tasvirdagidan farq qilishi mumkin

Ishtirokchilar

Tanlov ishtirokchilari faqat 18 yoshga to'lgan («ishtirokchi») va ishtirok etish shartlarini to'liq bajargan jismoniy shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi mumkin. Ma'lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat yordamida tasdiqlanishi zarur.

Tanlovda ishtirok etayotgan shaxs o'z aloqa hamda shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etishga rozilik beradi. Bular: ismi va familiyasi, reklama, marketing va yangilik xabaronmalarini yuborilishi hamda boshqa marketing maqsadlari va xizmat sifatini tekshirish maqsadida telefon raqami. Aloqa va shaxsiy ma'lumotlardan cheklanmagan muddat va hududda, hamda qo'shimcha haq to'lovisiz foydalanilishi mumkin.

Ishtirokchiga xizmat sifatini nazorat qilish hamda mulohazalar qabul qilish uchun sifat boshqaruv bo'limidan qo'ng'iroq qilinishi mumkin.