O'zingizga sovg'a qiling

Galaxy A30s, A50, A51 va A70 smartfonlaridan birini xarid qilganingizda Parfum Gallery ga sertifikat va Samsung dan boshqa sovg'alarni yutib oling.

Aksiya muddati: 2020-yilning 6-martdan 8-martgacha

8-MART MUNOSABATI BILAN TASHKIL QILINGAN PROMO-AKSIYADA ISHTIROK ETISH QOIDALARI

2020-yil 6-martdan 8-martgacha (8-mart kuni ham) Samsung Galaxy A30s / A50 / A51 / A70 sotib olish orqali siz Samsung sovrinlari o‘yinida ishtirok etishingiz mumkin.

Quyidagi shartlarga binoan barcha xohlovchilar aksiyada ishtirok etishi mumkin:

• 2020-yil 6-martdan 8-martgacha bo‘lgan davrda “Radius”, “Elmakon”, “Media Park”, “Credit Asia” yoki “Fleshka” savdo markazi do‘konlar tarmog‘idan (Toshkent shahridagi) Samsung Galaxy A30s / A50 / A51 / A70 smartfonlaridan birini sotib olish kerak.
• Sotib olingan mahsulotni Samsungning Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi “Fleshka” savdo markazi manzilida joylashgan aksiya markazida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali har bir xaridor quyidagi sovrinlar o‘yinida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
 “Parfum Gallery” do‘konlar tarmog‘ida 300 000 so‘m qiymatga ega sovg‘a sertifikati,
 Samsung Buds
 Samsung Galaxy Fit e
 Samsung Level U
 Samsung Micro SD 32 GB
 Crafers savdo belgisidan sovg‘alar to‘plami
• Sovrinlar o‘yini lotereya tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi: Samsung aksiya markazida xaridor barabandan sovg‘a nomi ko‘rsatilgan aksiya skretch-kartasini oladi.
• Skretch-karta unda ko‘rsatilgan sovg‘aga almashtiriladi.

Diqqat: sovg‘alar miqdori cheklangan!

Sovg‘a olinganda, sovg‘ani qabul qilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Sovg‘ani taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan yoki imzolashdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.
Sovg‘a olish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin emas.
Sovg‘ani boshqasiga almashtirish amalga oshirilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

Ishtirokchilar

Aksiyada faqat 18 yoshga to‘lganligi va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish yo'li bilan tasdiqlangan va Ishtirok etish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar ("Ishtirokchi") ishtirok etish mumkin.

Aksiyada ishtirok etganda, aksiya ishtirokchisi o‘z aloqa va shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi ko'lamda ochiqlashga rozilik beradi: reklama, marketing va axborot ma’lumotlarini tarqatish, shuningdek marketing va xizmat sifatini tekshirish maqsadlarida boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish uchun familiya va ismi, telefon raqami. Aloqa va shaxsiy ma’lumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qo‘shimcha haq to‘lamasdan foydalanilishi mumkin.

O'yinda ishtirok etish bilan, O'yin ishtirokchisi sovg‘a topshirish marosimida olingan fotosuratlari va videolardan reklama kampaniyalarida va boshqa marketing tadbirlarida bepul ishlatishga rozilik bildiradi.

Xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish maqsadida fikr-mulohazalarini bilish uchun Sifat va sifatni nazorat qilish bo‘limi xodimlari Ishtirokchiga qo'g'iroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi o‘z fikrini berishdan bosh tortishi mumkin.