Galaxy S10 | S10+ | S20 | S20+ | S20 Ultra flagmanlaridan birini xarid qilganingizda Galaxy Buds sovg‘a qilamiz

2020 yil 15-martdan 31-martga qadar (shu kuni ham), Samsung Galaxy S10 | S10+ | S20 | S20+ | S20 Ultra smartfonini sotib olish orqali aksiya ishtirokchisi bo‘lishingiz va sovg‘a sifatida Galaxy Buds olishingiz mumkin.

NAVRO‘Z MUNOSABATI BILAN TASHKIL QILINGAN PROMO-AKSIYADA ISHTIROK ETISH QOIDALARI

2020 yil 15-martdan 31-martga qadar (shu kuni ham), Samsung Galaxy S10 | S10+ | S20 | S20+ | S20 Ultra smartfonini sotib olish orqali aksiya ishtirokchisi bo‘lishingiz va sovg‘a sifatida Galaxy Buds olishingiz mumkin.

Quyidagi shartlarga binoan barcha xohlovchilar aksiyada ishtirok etishi mumkin:

• 2020 yil 15-martdan 31-martga qadar quyida sanab o‘tilgan do‘konlardan Samsung Galaxy S10 | S10+ | S20 | S20+ | S20 Ultra smartfonlaridan birini sotib olishingiz kerak.
• Mahsulotni joyida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali har bir xaridor sovg‘a sifatida Galaxy Budsga ega bo‘ladi


Aksiya Elmakon va Credit Asia do'konlar tarmog'ida o'tkaziladi.
Sovg'alar quyidagi do'konlarda beriladi:


1. Elmakon Mega (Toshkent shahri, Ahmad Donish ko'chasi 2B)
2. Elmakon (Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi)
3. Credit Asia (Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 3)
4. Credit Asia (Toshkent shahri, Yangi Sergeli ko'chasi, 7)
5. Credit Asia (Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 57)
6. Elmakon Qo'qon (Qo'qon shahri, Shoxruxobod ko'chasi, 39)
7. Elmakon Farg'ona (Farg'ona shahri, Dehqon ko'chasi, 17)
8. Elmakon Samarqand (Samarqand shahri, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi, 17)

Do‘konlarning qo‘llab-quvvatlash markazlari telefonlari:

Elmakon: +99871 203 12 03;
Credit Asia: +99878 140 00 11.

Diqqat: sovg‘alar miqdori cheklangan!

Sovg‘ani olish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:

1. Sovg‘ani qabul qilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani to‘ldirish.
2. Suratga olish uchun tashkilotchilarga rozilik berish
3. Qayta ishlatilmasligi uchun katakchani belgilab qo‘yishga rozilik berish.
Sovg‘ani taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan yoki imzolashdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.
Aksiya sovg‘alar tugagan taqdirda to‘xtatilishi mumkin.
Sovg‘a olish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin emas.
Sovg‘ani boshqasiga almashtirish amalga oshirilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

Ishtirokchilar

Aksiyada faqat 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlangan va Ishtirok etish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar ("Ishtirokchi") ishtirok etish mumkin.

Aksiyada ishtirok etganda, aksiya ishtirokchisi o‘z aloqa va shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi ko‘lamda ochiqlashga rozilik beradi: reklama, marketing va axborot ma’lumotlarini tarqatish, shuningdek marketing va xizmat sifatini tekshirish maqsadlarida, boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish uchun familiya va ismi, telefon raqami. Aloqa va shaxsiy ma’lumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qo‘shimcha haq to‘lamasdan foydalanilishi mumkin.

O‘yinda ishtirok etish bilan, O‘yin ishtirokchisi sovg‘a topshirish marosimida olingan fotosuratlari va videolardan reklama kampaniyalarida va boshqa marketing tadbirlarida bepul ishlatishga rozilik bildiradi.

Xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish maqsadida fikr-mulohazalarini bilish uchun Sifat va sifatni nazorat qilish bo‘limi xodimlari Ishtirokchiga qon‘g‘iroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi o‘z fikrini berishdan bosh tortishi mumkin.