“OʻZ OʻZBEKISTONINGNI KOʻRSAT” AKSIYASIDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI

1. Umumiy qoidalar

 1.1. Aksiya o‘tkazilishi davri: 2020 yil 13 martdan 2020 yil 18 noyabrgacha 16:00 gacha (keyingi oʻrinlarda - "Aksiya davri").

 1.2. Natijalarni chiqarish sanasi: 2020 yil 20 noyabr.

 

2. Ishtirok etish shartlari

2.1. Faqat 18 yoshga yetgan jismoniy shaxslar (bundan so‘ng — “Ishtirokchi”) Aksiya ishtirokchilari bo‘la oladilar, bu tegishli hujjatni ko‘rsatilsh bilan tasdiqlanadi.                                                                                                                                 

2.2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsati bo‘lgan shaxslar Aksiyada ishtirok eta oladilar.

2.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi ko‘lamda ochiqlashga rozilik beradi: reklama, marketing va axborot tarqatishlatini, shuningdek marketing maqsadida boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni amalga oshirish uchun tashkilotchidan uchinchi tomonga familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning raqami va telefon raqami. Rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan taqdim etilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmagan holda: qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga nisbatan amal qiladi. Rozilik Tashkilotchi bilan shartnoma imzolangan paytdan boshlab amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olingan paytgacha amal qiladi.

2.4. Aksiya tashkilotchisining xodimlari, unga aloqador shaxslar, ularning oila a’zolari, hamda Aksiyaning tashkilashtirilishi va o‘tkazilishiga aloqador bo‘lgan boshqa kompaniyalarning xodimlari Aksiyada ishtirok eta olmaydilar. 

2.5. Aksiya Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkaziladi.

 

3. Aksiya mexanikasi

3.1 Ishtirokchi kategoriya va tasvirga olishning istalgan usulini – foto yoki videoni tanlaydi. Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlari modellar qatorining barchasi ishtirok eta oladi.

3.2 Samsung Galaxy-dan farqli bo‘lgan qurilmalarda amalga oshirilgan ishlar tanlovda qatnashuvchi sifatida ko‘rib chiqilmaydi.

 3.3 Ishtirokchi tayyor materialni Instagram ijtimoiy tarmog‘ida materialning o‘ziga xosligini qisqacha tavsiflash bilan nashr etadi.

 3.4 Bundan tashqari tavsifda Ishtirokchi #withGalaxy va #oʻzoʻzbekistoningnikoʻrsat va #SamsungGalaxyS20 xeshtegini qo‘yishi, hamda hisobini hammaga ochiqlashi lozim.

 3.5 Ishtirokchi 2020 yil 20 noyabrgacha — Aksiya natijalari e’lon qilingunga qadar nashr etgan materialini o‘chirmasligi lozim.

3.6. Ishtirokchi fotosuratlar/video ishlarni turli kategoriyalarda cheklanmagan ravishda yuklashga haqlidir.

3.7. Aksiya doyrasida qabul qilib bo‘lmaydigan va yaqqol taqiqlangan materiallarning nashr etilishi holatlarida, Tashkilotchi darhol Ishtirokchini Aksiyadan chetlashtiradi va keyinchalik uning hisobiga shikoyat uzatadi. Noma’qul va uyatli materiallarga erotika, pornografiya, zoʻravonlik, ijtimoiy, irqiy, milliy yoki diniy adovatni qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan har qanday shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qiluvchi elementlarni oʻz ichiga olgan fotosuratlar va videolar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlgan boshqa materiallar; kiyimi boʻlmagan ishtirokchi; ochiq reklama oʻz ichiga olgan; Quyidagi (lar) ni koʻrsatadigan (tasvirlaydigan) fotosuratlar va videolar kiradi: zo‘ravonlikning har qanday shakllari, qurol-aslaha, narkotik va/yoki psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar, pivo, tamaki mahsulotlari va chekish, dori-darmonlar va tibbiy yordamning boshqa vositalari, kasalliklar, urushlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi salbiy hodisalar (inqirozlar, ochlik, epidemiyalar, ishsizlik va boshqalar); ilgari Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan fotosuratlar va videolar (shu jumladan Qoidalarga muvofiqligi tekshirilayotgan (moderatsiya qilinayotgan) yoki ushbu Qoidalarga muvofiq Tanlovning Internet-resurslarida nashr etish uchun tasdiqlangan ishlar).

  

4. Finalchi va g‘oliblarni aniqlash mexanikasi va asosiy sovrinlarni topshirish

4.1 Finalchilarni aniqlash 2020 yil 30 may – Aksiya tugaganidan so‘ng o‘tkazoladi.

4.2 Yakuniy bosqichda qatnashish uchun ishlari Samsung Galaxy qurilmalarida amalga oshirilgan Ishtirokchilar ruxsat etiladilar

4.3 Vakolatli jyurilar tanlovning heshtagi bilan barcha nashrlardan 50 nafar finalchini tanlaydilar.

4.4 Tashkilotchi materiallarning asl nusxasini olish uchun tanlangan ishlar mualliflari bilan oldindan bog‘lanadi.

4.5 Finalchi tasvirga olingan material (foto yoki video)ni Instagram ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (direct/direkt) xabar bilan yoki mavjud bo‘lgan har qanday boshqa yo‘l bilan Tashkilotchiga yuborishi lozim.

4.6 4.4 va 4.5 bandlarda ko‘rsatilgan shartlar materiallarning sifatini va tanlov materiallarining meta-ma’lumotlarini pasaytirmasdan olish uchun lozim. Meta ma’lumotlarda Samsung Galaxy dan farqli qurilma ma’lumotlarining aniqlanishi taqdirida, mazkur material Aksiya qoidalariga muvofiq bo‘lmagan material deb hisoblanadi va Aksiyada ishtirok etishdan chiqariladi.

4.7. Finalchilarning barcha ishlari Samsung.uz veb-saytiga yuklanadi, bu yerda eng yaxshi ishlarga ovoz berish oʻtkaziladi. Saytning har bir tashrif buyuruvchisi 1 ish uchun 1 ovoz bera oladi.  Muallifning faqat 1-ta fotosurati sovrinli boʻla oladi.

4.8. Yakuniy ovoz berish va g‘oliblarni aniqlash natijalari Samsung.uz saytida 2020 yil 20 noyabr kuni nashr etiladi.

 

5. Sovrinlar

5.1 Asosiy sovrinlar:

- Smartfon Samsung Galaxy Note20 - 1 dona;

- Smartfon Samsung Galaxy S20 -1 dona;

- Smartfon Samsung Galaxy A51 -1 dona;

- Smartfon Samsung Galaxy A11 - 7 dona;

 

5.2 Bir Ishtirokchi bir sovringa ega bo‘lishga haqlidir.

5.3 Ishtirokchilar Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi samsunguzbekistan rasmiy sahifasida sovrinlar o‘ynalishi natijalari nashr etilishini kuzatib borishlari lozim.

5.4 G‘olib bo‘lish holatida, Tashkilotchi G‘olib bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (direct/direkt) xabar orqali bog‘lanadi. Ishtirokchi sovrinni olish bo‘yicha keyingi dasturlarni olish uchun 5 kun davomida Tashkilotchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabariga javob qaytarishi lozim. Ko‘rsatilgan muddatda javob berilmagan taqdirda, Tashkilotchi sovrinni o‘zida qoldirishga haqlidir.

5.5 Sovrinni olish uchun, Ishtirokchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi lozim.

5.6 Sovrinlar pul ko‘rinishida berilmaydi.

 

6. Boshqa

6.1 Aksiyaning barcha qatnashchilari, unda qatnashish orqali, ushbu Qoidalar bilan rozilik bildiradilar, ularga rioya etish va ularni bajarish majburiyatini oladilar.

6.2 Tanlov ishlarida qatnashuvchi shaxslarning roziligi uchun mazkur ishning muallifi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6.3 Ishtirokchi sovrinni qo‘lga kiritish uchun Aksiya qoidalarini buzgan yoki qalloblik va/yoki firibgarlik qilgan taqdirda, u sovringa ega bo‘lish huquqidan mahrum etiladi.

6.4 Tashkilotchi o‘z ixtiyori bilan Qoidalarga o‘zgartirish kiritishga haqlidir.

6.5 Ko‘rsatilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Ishtirokchi o‘z tanlov ishida #withgalaxy va #o‘zo‘zbekistoningniko‘rsat xeshteglarini o‘chirish orqali o‘zgartirishlarni qabul qilishdan bosh tortishga haqlidir, bu uning Aksiyada ishtirok etishni rad etishini bildiradi. Ushbu sananing o‘tganidan so‘ng Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan o‘zgartirishlarga roziligi sifatida baholanadi.

6.6 Aksiya Tashkilotchisi Aksiya o‘tkazilishi muddatlarining keyinga qoldirilishi va uning vakolatidan tashqarida bo‘lgan sharoitlar sababli yuzaga kelgan boshqa o‘zgarishlar uchun javobgar emas.

6.7 Aksiya lotoreya yoki qimor emas.