DIT inverter kompressorli sovutgich, 520 l

RS52N3203SA/WT

The item is in the cart.

Zamonaviy uslub va funktsionallik uyg'unligi

Zamonaviy uslubdagi minimal dizayn

Yanada kamroq shovqin, kamroq elektr quvvati sarfi

Raqamli invertor texnologiyasi

554 ℓ

Jami hajm

912 mm

Umumiy eni

Zamonaviy uslub va funktsionallik uyg'unligi

Minimalistik dizayn

Uyingizga minimalizm belgilari bilan yo'g'irilgan o'ziga xos uslubda zamonaviy ko'rinish bering. O'ziga xos uslubdagi minimalistik dizayn - yangi va zamonaviy tashqi ko'rinish. Ushbu sovutgich oshxonangiz interyeriga uyg'un holda qorishib ketadi. Zanglamaydigan po'latdan yasalgan bashang qoplama va chiroyli tekis eshiklar. Vertikal holda o'rnatilgan dastalar dizaynning nafis symmetriyasiga alohida urg'u berib turadi.

Zamonaviy uslub va funktsionallik uyg'unligi

Yanada kamroq shovqin, kamroq elektr quvvati sarfi

Raqamli invertor texnologiyasi

Qisqartirilgan elektr quvvati sarfi, pasaytirilgan shovqin darajasi va katta ish resursiga loyiq tarzda baho berasiz. Mantiqiy invertor bilan ta`minlangan kompressor kerakli sovitish darajasiga mos ravishda mavjud 7 xil tezlikdan birini tanlaydi. Bu texnologiya tufayli sovutgich elektr quvvatini tejab sarflaydi va shovqinsiz ishlaydi. Invertorli kompressor o'ta uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi, shuning uchun uning kafolat muddati 10 yil qilib belgilangan*.

Yanada kamroq shovqin, kamroq elektr quvvati sarfi

* 10 yillik kafolat faqat kompressorning o'ziga tegishli.

Muz qatlami hosil bo'lmasdan mahsulotning yangiligi va barraligi saqlanadi

Muz qatlami hosil bo'lmasdan mahsulotning xavfsizligi ta'minlanadi

Oziq-ovqat mahsulotlarining yangiligi, barraligini bulduruq hosil bo'lmasdan uzoq vaqt saqlang. Sovuq havoning shiddatli aylanishi tufayli, No Frost texnologiyasi ish kamerasidagi optimal haroratni saqlab turadi. Bu jarayon mahsulotlar ustida muz qatlami paydo bo'lishining oldini oladi, va ular o'z yangiligi, barraligini uzoq muddat saqlab qoladi. Va nihoyat, endi sizda sovutgichni muntazam muzdan tushirishga ehtiyoj yo'q.

Muz qatlami hosil bo'lmasdan mahsulotning yangiligi va barraligi saqlanadi

* Maʼlumotlar No Frost texnologiyasini qo'llaydigan Samsung RB31FERNCWW sovutgichini No Frost texnologiyasi qo'llanmaydigan RL39THCTS sovutgichi bilan taqqoslash natijalariga asoslangan. Alohida o'tkazilgan muayyan sinov natijalari sovutgichdan foydalanish rejimiga bog'liq holda farq qilishi mumkin.

Har bir burchakda sovitish

Ko'p oqimli sovitish tizimi

Sovutgichdagi oziq-ovqat mahsulotlari samarali ravishda sovutiladi va yangiligini, barraligini saqlab qoladi. All-around Cooling texnologiyasi ish kamerasining har bir burchagini bir maromda sovitish imkonini beradi. Sovutilgan havo har bir tokchaga chiqarilgan ko'p sonli ventilyatsion teshiklar orqali o'tadi, va shu tufayli sovutgich ichida doimiy harorat saqlanib turadi va mahsulotlar doimo yangiligini, barraligini saqlab qoladi.

Har bir burchakda sovitish

Kuchli muzlatgich

Power Freeze kuchaytirilgan muzlatish funktsiyasi

Oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlating yoki muzqaymoq tayyorlang! Kuchli muzlatish (Power Freeze) tugmasini bir marta bosish bilan muzlatgich kamerasi harorati minimal ko'rsatkichiga o'tadi, va kamerada kuchli sovuq havo oqimi yaratiladi. Power Freeze rejimi muzqaymoqni muzlatish yoki tez muddatda muz tayyorlash uchun mos keladi.

Kuchli muzlatgich

Ko'proq mahsulot saqlang, ularni bir zumda toping

Sut mahsulotlarini saqlash uchun maxsus Dairy Guard tokchasi

Sut mahsulotlari va vino idishlarini ehtiyotkorlik bilan joylashtiring va saqlang. Dairy Guard/Wine Rack qo'shimcha tokchasi sizning sevimli yogurtlaringiz yoki qaymoq, smetana uchun maxsus moslashtirib yasalgan. Shuningdek bu yerda shisha idishlar, butilkalari u yerdan bu yerga silkinmasligi uchun vino shisha butilkalarini joylashtirsa bo'ladi. Sovutgich ichida mavjud bo'sh joydan yuqori samarada foydalanishingiz va sovutgichdan kerak bo'lgan har qanday mahsulotni osonlikcha olishingiz mumkin.

Ko'proq mahsulot saqlang, ularni bir zumda toping
  • 554 ℓ Jami hajm
  • 912 mm Umumiy eni
  • 1789 mm Korpusning oshiq-moshiq bilan bo'yi
  • 99 kg Sof og'irligi
  • Mono Cooling Sovitish turi
  • 5 EA Tokchalar soni (hammasi)

O'xshash mahsulotlar

  • Zamonaviy uslubdagi minimal dizayn Zamonaviy uslub va funktsionallik uyg'unligi
  • Raqamli invertor texnologiyasi Yanada kamroq shovqin, kamroq elektr quvvati sarfi
  • Jami hajm 554 ℓ
  • Umumiy eni 912 mm

O'xshash mahsulotlar

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.