SpaceMax™ va Metal cooling™ texnologiyali 3 eshikli sovutgich, RS5000RC SBS, Kumush, 634L

SpaceMax™ va Metal cooling™ texnologiyali 3 eshikli sovutgich, RS5000RC SBS, Kumush, 634L

RS63R5571SL/WT

  • Metal Cooling Sovutish
  • All-around Cooling tizimi
  • "Ikki eshik" tizimi

Rang tanlang

Rang :

Hajmni tanlang

  • SpaceMax™ texnologiyasi
    SpaceMax™ texnologiyasi
  • Metal Cooling™
    Metal Cooling™
  • Hamma joyni bir maromda sovitish
    Hamma joyni bir maromda sovitish
  • Raqamli invertor
    Raqamli invertor

SpaceMax™ texnologiyasi

634 litrli* keng kameraga yanada ko'proq oziq-ovqat mahsulotlari sig'adi. Noyob SpaceMax™ texnologiyasi o'lchami kichik va yuqori samarali izolyatsiyadan foydalanish hisobiga devorlar qalinligini qisqartirish imkonini beradi. Bu usul bilan sovutgichning tashqi o'lchamlarini va elektr quvvatini tejash samaradorligini saqlab qolgan holda mahsulot saqlash uchun qo'shimcha bo'sh joy ochiladi.

* Hajm muayyan modelga bog'liq bo'ladi.

Hamma joyni bir maromda sovitish

Sovutgichning istalgan burchagida barcha oziq-ovqat mahsulotlari tegishli tarzda sovutiladi. All-around Coling bir maromda sovitish tizimi haroratni tinimsiz nazorat qilib turadi va sovuq havo oqimining kirib kelishini ta`minlaydi. Har bir oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat yangiligi, barraligini yo'qotmasligi uchun sovuqlik bir burchakdan boshqasiga tomon bir xil, bir maromda tarqaladi.

Raqamli invertor

Samsung kompaniyasining raqamli invertor texnologiyasi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari uzoq muddat saqlanadi, va elektr quvvati sarfi esa 50% -ga kamayadi. Tinimsiz ishlash rejimida invertor 21 yil ishlaydi*. Sovitishga bo'lgan ehtiyojga bog'liq ravishda raqamli invertor elektr motorning tezligini avtomatik tarzda boshqarib turadi va bu bilan motor qismlarining yemirilishi sur`atini pasaytiradi. 10 yil ishlash/xizmat muddati uchun kafolat**.

* Ushbu mahsulotga Germaniyaning Elektrik, elektron va informatsion texnologiyalar Assotsiatsiyasining (Verband Deutscher Elektrotechniker – VDE) 21 yilga ishlash uchun sertifikati berilgan**. 10 yillik kafolat faqat kompressorning o'ziga tegishli.

* Ushbu mahsulotga Germaniyaning Elektrik, elektron va informatsion texnologiyalar Assotsiatsiyasining (Verband Deutscher Elektrotechniker – VDE) 21 yilga ishlash uchun sertifikati berilgan**. 10 yillik kafolat faqat kompressorning o'ziga tegishli.

"Ikki eshikli" mahsulot saqlash tizimi

Mutlaq qulaylikni ta'minlagan holda, oziq-ovqat mahsulotlarini yanada unumliroq joylashtirish va saqlash imkonini beradi. "Ikki eshikli" mahsulot saqlash tizimi mavjud 3 eshikli sovutgichda ikkita sovitish va bitta muzlatish kamerasi mavjud. Tepa va pstki qismida joylashgan sovitish kameralarining borligi tufayli, sovuq havoning yo'qotilishi 55 % ga kamayadi va bu elektr quvvatini tejashni ta'minlaydi. Tokchalar va qutilar barcha oziq-ovqat mahsulotlarini saranjom-sarishta va qulay joylashtirish imkonini beradi.

*Sinovlar intertek kompaniyasi tomonidan Samsung kompaniyasining ichki metodikasiga ko'ra o'tkazilgan*. Sovutilgan havoning yo'qotilishini kamaytirish tepa/pastki RS65R56*1**, RS63R55*1** sovitish kamerasining eshigini va RS50N35*3**, RS50N36*3** sovutgichining eshigini ochganda elektr quvvatini sarflash ko'rsatkichlarini taqqoslash yo'li bilan tekshirilgan.

Xushbichim dizayn va suyri korpus

Interyeringiz uchun o'ziga xos uslub va zamonaviy qo'shimcha. Counter-depth modelining dizayni yo'g'onlik o'lchami boshqa maishiy texnikalar va oshxona jihozlariga mos keladi va oshxona interyerining uyg'unligini saqlab qoladi. Eshik devori ichiga kiritilib o'rnatilgan dastalar o'ziga xos uslub ko'rinishiga chiroy qo'shib turadi.

Metal Cooling plastinasi

Eshik tez-tez ochib-yopib turilsa ham oziq-ovqat mahsulotlari uzoq vaqt a`lo sifatini asrab qoladi. Sovutgich orqa devoridagi Metal Cooling metal plastinasi ish kameralarida optimal haroratini saqlab turishga yordam beradi. Bu plastina sovuqlikni ushlab turadi, eshik ochilganda sovutilgan havoning chiqib ketishining oldini oladi va eshik yopilganda kerakli haroratni tez muddatda tiklaydi.

Power Cool / Power Freeze funktsiyasi

Tez sovitish imkoniyatlaridan foydalaning. Power Cool (Kuchli sovitish) tugmasi bosilgach, oziq-ovqat mahsulotlaringizni tez muddatda sovitish uchun ushbu funktsiya sovutgich kamerasiga shiddatli sovuq havo oqimini yo'llaydi. Power Freeze (Kuchli muzlatish) funktsiyasi muzlatish kamerasiga sovuq havo oqimi kelishini ta`minlaydi. Ushbu funktsiya oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish yoki muz tayyorlash uchun a`lo darajada mos keladi.

EZ Slide surilma qutisi

EZ Slide surilma qutisi oziq-ovqat mahsulotlarini behudaga bo'sh qoladigan †o'lik hududlar† qoldirmasdan qulay joylashtirish va ularni olish imkonini beradi. Rolikli oshiq-moshiqlar yordamida bu quti sovutgichdan oson chiqarib olinadi va kirgizib qo'yiladi. Kamera ichkarisidan yoki quti burchaklaridagi mahsulotlarni yo'lda olishga xalaqit berib turgan narsalarni chetga olib qo'yishning hojati bo'lmasdan olishingiz mumkin.

Ixcham oldindan o'rnatilgan muz ishlab chiqargich

Slim In-door Ice Maker muz ishlab chiqargichning mo'jazligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlarini qo'yishga yanada ko'proq joy qoladi*. Muz ishlab chiqargich muzlatish kamerasida qutida joy olmasligi uchun eshik ichida o'rnatilgan, va yetarlicha muz ishlab chiqarishga qodir. Shaffof plastik qopqoqdan qancha muz qolganini shundoq aniq ko'rinib turadi.

* Faqat suv taqsimlash qutisi bo'lmagan 3 eshikli modelda mavjud.

* Faqat suv taqsimlash qutisi bo'lmagan 3 eshikli modelda mavjud.

Vino idishlari qo'yiladigan tokcha

Yanada ko'proq vino joylashtirish va saqlash imkonini beradi. Vino tokchasining tuzilishi vino shishalarini ularni yuzada u yoqdan bu yoqqa yumalab ketishlariga imkon bermay va ularni olishga oson yo'l ochib qo'ygan holda xavfsiz saqlash imkonini beradi. Sovutilgan vinodan xohlagan paytda olib ichib rohatlanish imkoniga ega bo'lish uchun, bu tokchani sovutgichning tepa yoki pastki bo'limiga o'rnating.

Havoni yangilash filtri

Sovitish kamerasidagi hidlarni yo'qotadi va oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy ta`mi va xushbo'y hidini uzoq muddatda saqlab turadi. Oldindan sovutgich tarkibiga o'rnatilgan tabiiy toladan qilingan havoni yangilash filtri havoni faollashtirilgan ko'mirdan yasalgan filtrlardan tinimsiz o'tkazib sovutgich ichidagi hidlarni yo'q qilib turadi. Yoqimsiz hidlar bilan kurashish uchun ortiqcha yechimlarga hojat yo'q.

Vege Box - sabzavotlar uchun mo'ljallangan bo'linma

Keng Vege Box bo'linmasida ko'p miqdordagi yangi uzilgan sabzavot va mevalarni saqlash qulay. Bu bo'linma oshxona ichida qimmatli joyni egallamasdan sizga kerak bo'lgan har qanday sabzavot yoki mevani tez orada topish imkonini beradi. Salomatligingiz uchun foydali sabzavotlar va mevalarni sovutgichda topish va olishning osonligi tufayli siz ularni o'z ovqatlaringiz tarkibiga yanada ko'proq qo'shishni istab qolasiz.

Texnik xususiyatlari

  • Jami hajm 670 L
  • Foydali hajm 634 L
  • Umumiy eni 912 mm
  • Sof og'irligi 103 kg
  • Sovitish turi Mono Cooling tizimi
  • Tokchalar soni (hammasi) 3 dona

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.