Twin Cooling Plus™ tizimiga ega Side-by-Side sovutgich, RS552, Kumushrang, 538L

Twin Cooling Plus™ tizimiga ega Side-by-Side sovutgich, RS552, Kumushrang, 538L

RS552NRUASL/WT

  • Twin Cooling Plus™ tizimi
  • Ko'p oqimli sovitish tizimi
  • No-Frost tizimi
  • Katta quti

Rang tanlang

Rang :

Hajmni tanlang

Zamonaviy oshxona uchun premium dizayn

Yangi RS552 muzlatkichi uyingizda qulaylik va mehmonnavozlik kayfiyatini yaratishga yordam beradi. Eshik ichiga kirgan tutqichlar va yashirin ilmoqlar zamonaviy dekorning nafis minimalligiga uygʻunlashgan. Undagi barcha elementlar koʻzni quvontiradi, korpus dizaynining ixchamlashtirilganidan tortib, sirli koʻk yonuvchi boshqaruv panelining diod chiroqli displeyigacha.

Twin Cooling Plus™ tizimi - dunyoda eng yaxshisi

Samsung RS552 muzlatkichida ikki alohida havo oqimidan va sovutish hamda muzlatish kameralarida optimal namlikni ushlab turish uchun haroratning aniq nazoratidan foydalaniladi. Twin Cooling System™ tizimi olmalaringizning muzlatish kamerasida muzlab qolishining oldini olishda va muz donachalariga sarimsoali non xidi urib qolmasligida yordam beradi.

Mahsulotlaringizning yangiligi uzoqorq saqlanadi, elektr energiya sarfi esa, kamayadi

Innovatsion raqamli invertorli kompressor energiya sarfini samarali tejaydi. Toʻqqizta sensor ishchi kameralar va xonadagi haroratni, shuningdek, talablaringizga qarab namlik darajasini doimiy nazorat qilib turadi. Natijada, raqamli invertorli kompressor ishchi kameralarning sovutish rejimini optimallashtiradi va kompressorning elektr dvigatelining yoqib-oʻchirilish holatlarini minimallashtiradi. Invertorli kompressor oddiy muzlatkichlar kompressorlari bilan solishtirganda elektr energiyasini 24% kamroq sarflaydi.

Ko'p oqimli sovitish tizimi

Koʻp oqimli tizim (Multi Flow) sovutilgan havoni barcha tokchalarga yuboradi. Kichik ventilyatsion teshiklar har bir tokcha ostida joylashgan. Bunday tizim hatto siz sovutkich eshigini ochganingizda ham oʻrnatilgan haroratni ushlab turishda yordam beradi. Muzlatkichning barcha boʻlimlari bir vaqtda sovutiladi, bu mahsulotlar barraligining uzoqroq saqlanishiga yordam beradi.

Oshxonangizda No-Frost tizimi afzalliklariga baho bering

Endi muzlatkichni muzdan tushirish uchun boʻshatish shart emas, chunki uning devorlarida muz boʻlaklari toʻplanmaydi. Samsung No Frost texnologiyasi muzlatkichning sovutish va muzlatish kameralarida muz boʻlaklari hosil boʻlishini oldini olish imkonini beradi. Natijada sizda oilangiz uchun yanada foydali va muhim ishlarni bajarish uchun vaqt ortib qoladi. Vanihoyat, No Frost texnologiyasi energiya sarfini kamaytirish xususiyatiga ega, xususan, sovutish tizimi davomiyligini oshirish imkonini beradi.

Kam energiya sarfida ham yorqin yoritish tizimi

Orqa devoridagi vertikal diod chiroqli yoritgichlardan foydalanilgan turdagi uslubiy diod chiroqli yoritish tizimi (Tower LED) muzlatkichning hatto eng uzoq burchaklaridagi mahsulotni ham osongina topish imkonini beradi. Natijada siz mahsulotlarni qidirishga kam vaqt sarflaysiz, sovutish yoki muzlatish kamerasi eshigini kamroq ochib turasiz va energiya sarfini kamaytirasiz. Diod chiroqli lampalar oddiylariga solishtirganda kamroq joy egallaydi, shuning uchun mahsulotlarga kengroq joy qoladi. Vanihoyat, diod chiroqli lampalar amalda oʻzidan issiqlik chiqarmaydi, bu esa, oʻz oʻrnida elektr energiyasi hisoblarini kamaytiradi.

Mahsulotlarni joylashning EZ tizimi

Muzlatkichga mahsulotlarni optimal joylashtirish imkonini beradi. Katta qutidagi uchta boʻlim muzlatilgan gazaklardan tortib, desertlargacha oʻzida koʻp turli mahsulotlarni joylashtirish imkonini beradi. Boʻlimdagi qutilar shaffof boʻlgani uchun ularning ichida nima borligini koʻrish maqsadida ularni siljitishingiz shart emas. Vanihoyat, agar sizga baland qadoqli mahsulotlar uchun qoʻshimcha joy kerak boʻlsa, ularni siljitish ham oson.

Katta quti

Namlik nazorati mavjud katta hajmli mevalar qutilari katta miqdordagi mahsulotlarni saqlash uchun yetarli joy bilan taʼminlaydi.

Texnik xususiyatlari

  • Jami hajm 591 L
  • Foydali hajm 538 L
  • Umumiy eni 912 mm
  • Korpusning oshiq-moshiq bilan bo`yi 1789 mm
  • Korpusning eshik dastasi bilan chuqurligi (mm) 700 mm
  • Sof og`irligi 105 kg

Qo'llab-quvvatlash

Mahsulot haqida savolingizga javob toping

Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash Ko'proq kontent
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
    QOZOQ
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
    Rus
  • Qisqacha qo'llanma
    INGLIZ
Ko'proq kontent

Ko'p so'raladigan savollar

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.