FlexZone™ va Twin Cooling Plus™ texnologiyali yuqori muzlatgichli sovutgich, RT6500M TMF, Qora, 628L

FlexZone™ va Twin Cooling Plus™ texnologiyali yuqori muzlatgichli sovutgich, RT6500M TMF, Qora, 628L

RT21M6211SG/WT

  • FlexZone™ suriladigan qutisi
  • Twin Cooling Plus™ texnologiyasi
  • Muz generatori

Rang tanlang

Rang :

Hajmni tanlang

5 ta ish rejimi

FlexZone™ tortmasi

FlexZone™ tortma yordamida mahsulotlarni sovutish rejimini o’zgartiring, bu yil fasli va ehtiyojlaringizga qarab sovutgichni muzlatish kamerasiga aylantirishga imkon beradi. Elektr energiyasini tejamoqchimisiz? Shunchaki FlexZone™* ni oʻchirib qoʻying.

Betakror musaffolik

Twin Cooling Plus™ texnologiyasi

Twin Cooling Plus™ texnologiyasi tufayli namlik darajasi 70% boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maqbul muhit yaratiladi. Bundan tashqari, har ikki kamera bir biridan mustaqil ravishda sovutiladi va shu tufayli sovitish kamerasidan muzlatish kamerasiga hidlarning o‘tishining oldi olinadi. Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari uzoq vaqt davomida oʻz yangiligini saqlab qoladi.

Goʻsht va baliq mahsulotlarini benuqson saqlash

Suriladigan yopiq boʻlim

Maxsus suriladigan boʻlim goʻsht va baliqni saqlash uchun bekami-koʻst muhitdir. Optimal harorat sharoitida ushbu boʻlimda saqlanayotgan mahsulotlar oʻz yangiligini, chiroyli koʻrinishi va xushboʻy hidini saqlab qoladi.

Katta va baland shishalarni saqlang

Baland shishalar uchun boʻlim

Sovutgich eshigida joylashgan javon baland buyumlarni saqlashni osonlashtiradi: sut shishasi, sharbat qadogʻi va salqin ichimliklar. Ushbu boʻlinma 3 l gacha hajmga ega idishlarni sigʻdiradi va kichik qutilar uchun ikkita qoʻshimcha qatorga ega.

Har qanday tomondan oching

Ikki tarafga ochiladigan eshik

Ikki tarafga ochiladigan eshik chap tomondan ham, oʻng tomondan ham ochilishi mumkin, bu har qanday oshxona uchun a’lo darajada mos keladi. Eshik ochilishining yoʻnalishini hech qanday koʻzga koʻrinadigan teshik qoldirmasdan oʻzgartirish mumkin - shunchaki mahkamlanishni bir tomondan boshqasiga oʻzgartiring.

Tanlang, qaysi biri yaxshiroq - muz yoki koʻproq joy

Muz generatori (opsiya)

Chiqarib olinadigan muz generatori yordamida mahsulotlarni saqlash uchun koʻproq joy hosil qiling. Mahsulotlar uchun joy yetmayaptimi? Muz generatorini chiqaring. Muz hosil qilish va saqlash uchun koʻproq joy kerakmi? Muz generatorini joyiga qayta oʻrnating.

Koʻrinmas ekran

Yashirin ekran

Yashirin ekran sovutgichning zamonaviy sodda dizayniga urgʻu beradi. Boshqaruv paneli yuqori tokchaning tepasida joylashgan. Ushbu panelning balandligi undan qoʻlingizni uzatmasdan osongina foydalanishga imkon beradi, raqamli displey esa matnni aniq koʻrishga imkon beradi.

Koʻproq joy. Koʻproq qulaylik.

Chiroqdiod orqali yoritish

Yangi chiroqdiod yoritgichi koʻzni qamashtirmaydi, mayin yorugʻlik beradi va elektr energiyasini tejaydi. Shu tufayli, sovitish kamerasining ichki hajmi kengayadi, biroq shunday boʻlsada uning har bir burchagi mayin yorugʻlik bilan yoritilgan; bundan tashqari, elektr quvvatini tejash ham ta’minlanadi.

Koʻproq sabzavot saqlang

Vege Box - sabzavotlar uchun moʻljallangan boʻlinma

Keng sigʻimga ega Vege Box boʻlmachasida yangi sabzavot va mevalarni koʻp miqdorda saqlash qulay, ikki kamerali kinstruksiya esa saqlanadigan mahsulotlarning yangiligini saqlab, namlik darajasini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi.

Zamonaviy dizayn

Xushbichim qobigʻi

Sovutgichning zamonaviy xushbichim dizayni oshxona interyeri bilan uygʻunlikni saqlaydi, qora sodda poʻlat qobigʻi va zichlangan tutqichli yassi eshiklar bejirim ko'rinishini toʻldiradi.

Texnik xususiyatlari

  • Jami hajm 628 ℓ
  • Muzlatgich kamerasining umumiy hajmi (l) 184 ℓ
  • Umumiy eni 836 mm
  • Korpusning oshiq-moshiq bilan bo'yi 1722 mm
  • Korpusning eshik dastasi bilan chuqurligi (mm) 810 mm
  • Sof og'irligi 91 kg

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang :
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

From $159.00/mo or $125,900.500
$1,000.00 Save $1,000.00

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.