Security
Защищено Knox

Eng mos keladigan
Qidiruv tarixi
Kerakli kontent
Natija yo'q
Защищено Knox
Barchamiz biz uchun muhim bo‘lgan narsalarni himoya qilishga intilamiz. Samsung uchun xavfsizlik mahsulotlarimiz va shaxsiyatimizning markaziy jihatidir. Biz tahdidlar va xavfsizlik buzilishlariga to‘la beqaror dunyoda foydalanuvchilarning kuchli maxfiyligini kafolatlash uchun ko‘p yillar davomida Knox xavfsizlik platformamizni takomillashtirmoqdamiz. Samsung mobil qurilmalrining xavfsizligi apparat darajasida boshlanadi: qurilmangiz birinchi marta yoqilishidan Knox texnologiyasi bilan himoyalangan.
Xavfsizlikka tahdidlar spektri kengaygan sari, bizning yechimlarimiz ham rivojlanib bormoqda. Biz doimo kelajakdagi muammolarga javob beruvchi innovatsiyalarni kiritamiz. Shuning uchun, biz ertaga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sizning raqamli dunyongizni himoya qilishga tayyormiz.
Har birimiz o‘zimizga xosmiz va endi sizning qurilmalaringiz sizni taniy oladi. Samsungning yuzni aniqlash va barmoq izlarining ultratovushli sensoridan iborat biometrik autentifikatsiya qilish innovatsion texnologiyasi qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa ham, sizning ma’lumotingizga ruxsatsiz kirishning oldini oladi.
Samsung Pass tufayli sizning shaxsiy xususiyatlaringiz Internet-bank yoki elektron pochta ilovasi bo‘lishidan qat’iy nazar maxfiy ma’lumotlarga oson, tez va xavfsiz kirishga yordam beradi. Endi son-sanoqsiz laqablar va parollarni eslab qolishingiz shart emas.
Mobil qurilmalar ko‘p funktsiyali vositaga — hamyon, telefon, fotoalbom va noutbuk kompyuterga aylandi. Maxfiylikning favqulodda darajasini ta’minlash uchun "Himoyalangan papka" funksiyasi ma’lumotlarni saqlash uchun alohida, kriptografik himoyalangan makonni yaratadi, bu tufayli faqat siz telefoningizdagi shaxsiy ma'lumotlarga kirishingiz mumkin bo‘ladi.
Samsung Pay dan foydalangan holda mobil telefon orqali to‘lovni amalga oshirganda, kartangiz ma’lumotlari alohida xavfsiz saqlash joyida shifrlanadi. Investitsiyalar bilan shug‘ullanasizmi, mablag‘larni o‘tkazasizmi yoki xaridlar qilasizmi? Tranzaksiyalaringiz har doim xavfsiz va hech qanday qog‘oz izlarini qoldirmaydi. Bundan tashqari, telefoningiz yoningizda bo‘lsa, u bilan plastik karta kabi bemalol to‘lashingiz mumkin.
Kriptovalyuta tranzaksiyalaringiz himoyaga muhtoj bo‘lgan yopiq raqamli kalitlar bilan imzolangan. Samsung Blockchain Keystore ilovasi tufayli sizning kalitlaringiz alohida, xavfsiz omborda saqlanadi va hatto ishlatilganda ham ishonchli himoyalangan.
Sizning tibbiy ma’lumotlaringiz ham xavfsizlbkda bo‘lishi kerak. Samsung Health ilovasi parhez, jismoniy mashqlar, uyqu, vazn yoki umuman hayot tarzi bo‘lishidan qat’iy nazar sizning sog‘lig‘ingiz ko‘rsatkichlarini kuzatishga imkon beradi. Knox ushbu ma'lumotlarni himoya qiladi, chunki sizning sog‘lig‘ingizga hej kim daxolat qila olmaydi.
Wi-Fi orqali Internetga ulanganda, Secure Wi-Fi funksiyasi chiquvchi Internet-trafikni shifrlaydi hamda ilova va veb-saytlar tomonidan kuzatilishni o‘chirib qo‘yadi. Xavfsizlik buzilishidan qo‘rqmasdan jamoat simsiz ulanishlari orqali Internetdan xavfsiz foydalanishingiz mumkin.
Smartfoningiz hayotingizning ajralmas qismidir, ammo har qanday hodisa yuz berishi mumkin. Yo‘qotish yoki o‘g‘irlash holatlarida, Find My Mobile (“Mening uyali telefonimni qidirish”) xizmati sizga smartfoningiz manzilini masofadan aniqlash, qurilmadan ma'lumotlarni Samsung Cloud bulutli saqlash tizimiga uzatish, ekranni blokirovka qilish va hatto Samsung Pay xizmatidan foydalanishni blokirovka qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, kerak bo‘lsa, qurilmada saqlangan barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Samsung Knox platformasi ishonchli ma’lumotlarni himoya qilish uchun apparat va dasturiy ta’minotni birlashtiririb, sizning eng nozik ma’lumotingizni zararli dastur va tahdidlardan himoya qiladi. Knox xavfsizlik platformasining to‘rtta asosiy komponenti quyidagilardan iborat.
Knox xavfsizlik platformasining ishonchliligi eng yuqori darajadagi xavfsizlikni talab qiladigan hukumat tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan. Knox milliy xavfsizlik sertifikatlarini olib, mobil xavfsizlik sohasida peshqadamlik qiladi.
“Ishonchli”
Samsung Knox platformasi 2019 yil may oyidagi Gartner hisobotining 30 kategoriyasidan 27-tasida "strong" (mustahkam) deb baholandi: Mobile OSs and Device Security: A Comparison of Platforms (Mobil OT va qurilmalarning xavfsizligi: platformalarni taqqoslash)
Samsung milliy manfaatlar, jamoat xavfsizligi va shaxsiy hayot maxfiyligini himoya qilishga qaratilgan keng doiradagi sertifikatlashtirish talablarini qondirish uchun doimiy ravishda milliy tartibga solish organlari bilan hamkorlik qiladi.
Samsung Knox platformasi ko‘plab telefonlar, planshetlar va taqiladigan qurilmalar arxitekturasining ajralmas qismidir. Ushbu mobil xavfsizlik platformasi Samsungning shaxsiy va korporativ qurilmalarini himoya qiladi.
Bizning ko‘p darajali xavfsizlik echimimiz Android va Tizen operatsion tizimlarida ishlaydi, shuning uchun har bir qurilma yoqilgan vaqtdan boshlab faol ravishda himoyalangan.
Siz uchun qadrli bo‘lgan narsani himoya qilish biz uchun juda muhimdir.
Shuning uchun biz Knox texnologiyasini mobil qurilmalardan tashqari IoT qurilmalari va 5G tarmoqning so‘nggi nuqtalarini qamrab olish niyatidamiz.
Bundan tashqari, biz Knox xavfsizlik platformasini tahdidlarga nisbatan faol javob berish orqali yanada aqlli qilish uchun ishlamoqdamiz: qurilmadan va tarmoqdan joriy foydalanish tahlili asosida platforma avtomatlashtirilgan konfiguratorlarni, voqea hisobotlarini yaratadi va ijro oqimlarini to‘g‘rilaydi. Shunday qilib, bizning maqsadimiz tobora rivojlanib borish va tobora o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dunyoda ma‘lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun xavfsizlik tahdidlaridan bir qadam oldinda bo‘lishdan iboratdir.
Xavfsizlik platformamizdagi zaifliklar haqida xabar bering va mukofot oling.
Samsung ning maxfiylik siyosati haqida qo‘shimcha ma’lumot.