Galaxy A02
key features
-
Chegaralanmagan V-ekran
-
Ikkita kamera
-
5000 mAs kuchli batareya
Katta imkoniyatlar uchun chegaralanmagan V-ekran
Kontentga butunlay gʻarq boʻlish uchun yaratilgan V-shaklda kamera tirqichi bor katta 6,5 duymli HD+ ekran.
*Tasvirlar modellashtirilgan va matnlar uchun ko‘rgazmaviy vosita sifatidagina xizmat qiladi.
*Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,5 duym va yumaloq burchaklari bilan hisoblaganda 6,3 duymni tashkil etadi. Yumaloqlangan burchaklar va kamera sohasi sababli haqiqiy mavjud ko‘rish maydoni kichikroq.
Mumtoz dizayn va ingichka korpus
Galaxy A02 mumtoz uslubda ishlangan: orqa qopqoq yuzasi nursiz, chiziqlar teksturasida. Smartfon qoʻlda qulay turadi va ingichka 9.1 mm korpusga ega. Mavjud ranglardan birini tanlashingiz mumkin: qora, qizil yoki koʻk.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat yoki uyali aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
Asosiy va old kamerada ajoyib suratlar oling
Galaxy A02 asosiy 13-megapikselli kamerasida yorqin va chiroyli suratlar oling yoki makro kameraga oʻting va eng mayda detallar va obyektlarni fokusga oling.
Yuqori darajadagi unumdorlik: yanada ko‘proq narsa qil
5000 mA-soat quvvatga ega batareya (odatiy qiymat)* quvvati tugashi haqida bosh qotirmay o‘ynash, jonli efirlarni amalga oshirish va fayllarni almashish imkonini beradi.
*Odatiy sinov natijalari qiymatlari uchinchi tomon laboratoriyalarida olingan. Standard ko‘rsatkich - bu IEC 61960 standartiga mos keluvchi metodikaga asosan bir necha batareyalar namunalari sig‘imini o‘lchash natijalaridagi farqlarni hisobga oluvchi o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Sig‘imning nominal (minimal) qiymati 4900 mA/soatni tashkil etadi. Batareyaning haqiqiy ishchi resursi tarmoq muhiti, foydalanish xususiyatlari va boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.
Xususiyatlarning optimal birlashuvi
Galaxy A02 kunlik vazifalarni bajarish uchun yaratilgan: maʼlumotlar ulashish, kontentni yuklash va saqlash. Smartfon 2GB operativ xotira va 32GB ichki xotira bilan jihozlangan, shuningdek, 1TB gacha microSD kartani ham qoʻllab-quvvatlaydi.
*Operativ xotira (OX) va ichki xotira hajmi sotilayotgan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
** MicroSD xotira kartasi alohida sotiladi.
Oddiy va qulay One UI Core interfeysi
Eng asosiysiga e’tiboringizni qarating. Apparat va dasturiy ta’minot bir-biri bilan to‘liq uyg‘unlikda ishlaydi, shunda siz kontent va telefon funksiyalarini oson va tez ishlatishingiz mumkin. Tungi vaqtda telefon o‘tuvchi “Tungi rejim” sizga kunning qorongʻu vaqtida ham kontentni qulay sharoitda tomosha qilish uchun ekran yorqinligini optimallashtirishga imkon beradi.
*Tasvirlar modellashtirilgan va matnlar uchun ko‘rgazmaviy vosita sifatidagina xizmat qiladi.
*One UI Core interfeysi funksiyalari, ilovalar va xizmatlarning mavjudligi qurilma turi, operatsion tizim versiyasi va mamlakatga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xizmatlar mavjudligi cheklovlarsiz
Galaxy A02 Google xizmatlari va ilovalari ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi.
*Ayrim Google ilovalarining mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
*Ayrim Google ilovalarining mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ideal Galaxy A smartfoningizni tanlang
Haqiqiy innovatsiya barcha uchun mavjud boʻlishi kerak – shu sababli ham biz Galaxy A qatorini yaratdik. Unda siz hamyonbop narxdagi smartfondan xohlovchi barcha narsa bor: ajoyib hoshiyasiz ekrandan tortib, yuqori unumdorlikkacha.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor 1.5GHz
-
Ogʻirlik (g) 206
-
Audioni ijro etish vaqti (soat) maksimal 79
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang