Galaxy A8 (2018)

SM-A530FZVDSKZ
Rang Orchid KulrangOrchid Kulrang
Xotira 32 GB
Tahrir qilish

The item is in the cart.

Dunyoga keng nazar bilan boqing

Infinity Display

Har bir kadr - shohasar

Qo’shaloq old kamera

Reyting IP68

Reyting IP68

Asosiy kamera F1.7 yorug'lik tizimi

Asosiy kamera F1.7 yorug'lik tizimi

Dunyoga keng nazar bilan boqing

Galaxy A8 namoyish chegarasini kengaytiradi. Keng va rang-barang hoshiyasiz ekran* smartfonning butun old yuzasini egallaydi.

Dunyoga keng nazar bilan boqing

Oʻz uslubingizni koʻrsating

Nimani afzal koʻrishingizdan qat’iy nazar, xoh klassik boʻlsin, xoh zamonaviy - Galaxy A8 korpus ranglari orasida sizga mos keladigani albatta topiladi. Silliq egilgan chetlari tufayli esa ushbu smartfonni qoʻldan chiqargingiz kelmaydi.

O’z uslubingiz borasida e’lon qiling

*Ranglar mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farqlanishi mumkin.

Shoʻngʻish effektidan lazzatlaning

Tomonlar nisbati 18.5:9 boʻlgan hoshiyasiz ekran maksimal darajada sevimli filmingizga shoʻngʻish imkonini beradi va xuddi uni kinoteatrda koʻrgandek taassurot qoldiradi. Bu Galaxy A modellar qatori tarixidagi eng katta ekrandir.

Sho’ng’ish effektidan lazzatlaning

Bitta ekranning yanada koʻp kontent

Hoshiyasiz ekran* boʻyiga oldingi modeldan balandroq, shuning uchun oʻqish va internet sahifalarini koʻzdan kechirish payti matnni kamroq aylantira olasiz. Ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklarni koʻrish paytida bir marotabada ekranda koʻproq ma’lumot bilan tanisha olasiz.

Bir ekranning o’zida yanada ko’proq tarkib

Har bir kadr - shohasar

Noyob kadrni olish uchun Galaxy A8 modelida suratga tushirish belgisiga tegish kerak, xolos. Old qoʻshaloq kamera yordamida fokusda oʻzingiz va doʻstlaringiz boʻlgan ajoyib selfi va guruhli suratlarni bir zumda tushira olasiz. 16 megapikselli asosiy kamera bu lahzalarni nihoyatda batafsil va yorqin tasvirlarga tushiradi.

Har bir kadr - shohasar

Mukammal selfilar

“Jonli fokus” funksiyasi bilan oʻz selfilaringizga kayfiyat va ifoda qoʻshing. “Jonli fokus” suratga tushirish jarayonida yoki tayyor tasvirda sizga va doʻstlaringizga fokuslanib, xira fonlarni sozlashga imkon beradi. Selfi tushirishdan oldin retush funksiyasini faollashtirsangiz, natija nihoyatda ajoyib chiqadi.

Mukammal selfilar

Oʻyin-kulgiga fokuslaning

Stiker va filtrlarni qoʻshib fotosuratlarni tahrir qiling. Yuzlarni aniqlash texnologiyasidan foydalanib, oʻz selfilaringizni qiziqarli stikerlar bilan bezay olasiz. Shuningdek, tasvirga tushirishni boshlashdan oldin ovqatni tasvirga olish rejimi, retush funksiyasi va filtrlarni faollashtirishingiz mumkin. Old kamerada videoga olishda ham retush funksiyasi ishlaydi, natijada esa hatto roliklarda ham ajoyib koʻrinasiz.

O’yin-kulgiga e’tibor

*Retush funksiyasi faqat old kamerada qoʻllab-quvvatlanadi. **Tasvirga olish boshlanganidan keyin retush funksiyasini qoʻshib boʻlmaydi. ***Foydalanuvchi uchun mavjud boʻlgan filtrlar farqlanishi mumkin.

Hatto tungi paytda ham mukammal tasvirlar

Endi tungi paytda yoki qorongʻulikda ham suratga tushirish mumkin - kam yorugʻlik sharoitida suratga tushirish qobiliyatiga ega Galaxy A8 modelining asosiy kamerasi tufayli siz mukammal tasvirlarni olasiz. Nur oʻtkazish darajasi F1.7 obyektivi, hajmi 1.12㎛ boʻlgan ancha katta piksellar va 1/2,8 dyuymli matritsa koʻproq nurni yutib, fotosuratlarni ravshan va tiniq tushiradi.

Hatto tungi paytda ham mukammal tasvirlar

Aqlli qidiruv

Galereyadagi qidirish satri kerakli tasvirlarni zudlik bilan topishga yordam beradi. Qidirish jarayonida galereya fotosuratlarni tahlil etadi va ularni kategoriyalarga ajratib, kerakli fotosuratni chiqaradi.

Aqlli qidiruv

Suv va changdan himoyalangan

Bu smartfon qayerda boʻlsangiz-da ishlayveradi. Galaxy A8 IP68* standartidagi namlikni oʻtkazmaydigan va changdan himoyalangan korpus bilan jihozlangan, shuning uchun na tomchilar, na yomgʻir unga zarar yetkaza olmaydi**.

*30 daqiqa davomida chuchuk suvga 1,5 metrgacha boʻlgan chuqurlikka shoʻngʻishga bardosh beradi. IP68 standarti eʼlon qilingan 30 daqiqadan ortiq vaqt davomida qattiq yomgʻir va suvda turishdan himoyalashni ta’minlamaydi.
Suv va changdan himoyalangan

Yordam berishga doim tayyor

Bixby yordamida atrofingizdagi voqealarni kuzatib boring, eslatmalarni sozlang va kamera orgali ma’lumotni qabul qiling. Bixby — bu matn yoki ishoralar orqali boshqariladigan, odatlaringizni eslab qoladigan virtual yordamchidir. Bixby vidjetlari, Bixby kamerasi va Bixby Reminder eslatmalari Galaxy A8 modelida jamlangan va sizning hayot tarzingizning ajralmas qismiga aylanadi.

*Bixby xizmatiga oid toʻliq imkoniyatlarning mavjudligi mamlakatga, oʻrnatilgan tilning sotiladigan mintaqasiga bogʻliq.
Yordam berishga doim tayyor

Doim faol ekran

Doim faol ekran funksiyasi bilan barcha muhim ma’lumotlar doim ekranda. Smartfon hatto uyqu rejimida boʻlganda ham, vaqtni bilib oling, taqvimdagi voqialar va oʻqilmagan bildirishlarni koʻrib boring.

Doim faol ekran

Juft messenjer funksiyasi

Chatlarda oʻzingizga qulay ravishda suhbatlarni sozlang. Samsung Galaxy A8 smartfoni bir messenjerda ikki alohida akkauntni oʻrnatish imkonini beradi. Messenjerda ikkinchi akkauntni oʻrnatish va uni boshqarish asosiy ekrandan yoki “Sozlamalar” menyusidan amalga oshirilishi mumkin.

Qo’shaloq messenjer funksiyasi

*Funksiya faqat ikkita SIM-karta oʻrnatilganda ishlaydi.

Himoyalangan jild

Himoyalangan jild - bu smartfon xotirasida shaxsiy tarkib: fotosuratlar, hujjatlar va ovozli fayllarni saqlash uchun shifrlangan makonni yaratishga imkon beruvchi ma'lumotlarni himoya qilishning kuchli echimidir. Ularni faqat siz koʻra olasiz.

*Mazkur xizmatning mavjudligi shifrlanuvchi kontent formatiga qarab oʻzgarishi mumkin. **Himoyalangan papka DT darajasidagi alohida mintaqada joylashadi va xotirada maxsus joy ajratilishini talab qilmaydi.

Himoyalangan papka

*Mazkur xizmatning mavjudligi shifrlanuvchi kontent formatiga qarab oʻzgarishi mumkin. **Himoyalangan papka DT darajasidagi alohida mintaqada joylashadi va xotirada maxsus joy ajratilishini talab qilmaydi.

Wi-Fi tarmoqning qulay boshqarilishi

Galaxy A8 da Wi-Fi ning adaptiv boshqarilishi tufayli mobil trafik va batareya zaryadini tejang. Smartfon Wi-Fi ga ulangan joylaringizni esda saqlab qoladi, va uning ta’siri ostidagi zonada bo’lganingizda, darhol ma'lum tarmoqqa ulanadi. Qamrov zonasidan chiqqaningizda, batareya zaryadini tugatmaslik uchun Wi-Fi o’chadi*.

Wi-Fi ning qulay boshqarilishi

*Wi-Fi tarmoqqa ulanish sifati va tezligi foydalanish muhitiga qarab farqlanishi mumkin.

Oson va tezkor ochish

Smartfonning qulfini ochish selfi olish yoki barmoq izini olishdan qiyin emas. Yuzni aniqlash* va barmoq izi skaneri tufayli siz osonlik va zudlik bilan qulfni ochasiz.

Oson va tezkor ochish

*Yuzni aniqlash shablon, PIN-kod yoki parolni ishlatishdan koʻra xavfsizroq. **Ekran tasviri illyustratsiya uchun modellashtirilgan.

Maksimal darajada jihozlangan

Galaxy A8 smartfoni 4 gigabaytli tezkor xotira bilan jihozlangan: u koʻp vazifali rejimda osonlik bilan ishlaydi va yangi avlod oʻyinlarini qollab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, microSD kartalari yordamida xotirani 512 gigabaytgacha kengaytira va telefonda kerak boʻlgan hamma narsani saqlay olasiz. Agar koʻp sayohatlarda boʻlsangiz yoki ikki telefon raqamingiz boʻlsa, ikki SIM-kartadan foydalanish imkoniyatingiz bor.

Maksimal darajada jihozlangan

*Tezkor va ichki xotira xususiyatlari mamlakat va mintaqaga bogʻliq. **Juft SIM-karta mavjudligi mamlakat va/yoki uyali aloqa operatoriga bogʻliq. ***MicroSD kartasi alohida sotiladi. ****MicroSD xotira kartalari yordamida xotirani 512 gigabaytgacha kengaytirish imkoniyati. Karta alohida sotiladi. Imkoniyat mavjudligi mamlakatga bogʻliq.

Samsung Galaxy ekotizimi

Samsung ekotizimi va Phone+ xizmatlari yordamida oʻz imkoniyatlaringizni kengaytiring, hayotni osonlashtiring va qulaylashtiring. Gear S3 “aqlli soati” va Gear Fit2 Pro fitness braslieti yordamida mashgʻulotlaringizni kuzatib boring.

Samsung Galaxy ekotizimi
  • 2,2 GGs, 1,6 GGs CPU chastotasi
  • 142.0 мм (5.6") O'lchami (Asosiy displey)
  • 2220 x 1080 (FHD+) Ekran qobiliyati (Asosiy displey)
  • Super AMOLED Turi (Asosiy displey)
  • 16.0 MP Asosiy kamera - Ekran qobiliyati
  • F1.7 Asosiy kamera - Yorug'lik kuchi

Как изменить режим сети на Samsung Galaxy?

Как изменить режим сети на Samsung Galaxy?javobni ko'rsatish

Почему Samsung Galaxy медленно работает?

Почему Samsung Galaxy медленно работает?javobni ko'rsatish

O'xshash mahsulotlar

  • Infinity Display Dunyoga keng nazar bilan boqing
  • Qo’shaloq old kamera Har bir kadr - shohasar
  • Reyting IP68 Reyting IP68
  • Asosiy kamera F1.7 yorug'lik tizimi Asosiy kamera F1.7 yorug'lik tizimi

O'xshash mahsulotlar

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

* Ekran yumaloq burchaklarni hisobga olmagan holda, diagonali to'liq to'rtburchak sifatida o'lchanadi.
* Wi-Fi ulanishi (rejimi) va tezligi foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin.