Ish unumdorligi

Lower half of Galaxy Note10 plus seen in landscape mode with an abstract graphic onscreen and blurred slightly to appear as if it’s moving fast

Ushbu smartfon faqat eng yuqori sifatli mahsulotni ishlatishga rozi bo‘ladigan insonlar uchun

QUVVAT

Kuni bilan tinimsiz ishlashga tayyor

Atigi 30 daqiqa ichida zaryad oldirish kuni bilan tinimsiz ishlashga yetadi

25 Vt quvvat bilan atigi 30 daqiqa zaryadga qo‘yib kuni bilan ishlashga yetarli quvvat oling. Super-tezkor ishlaydigan 2.0 zaryad qilish qurilmasini ishlating va simlarni unuting2

Yorug‘ moviy osmon ostida bir ayolning tasvir ustida GFI zaryad olayotganlik ko‘rsatkichi ko‘rsatilgan kameraga pastga qarab turganligi tasviri. Super tezkor zaryadlash (Super Fast Charging) xossasini ko‘rsatish uchun zaryad olish foizi tezlik bilan 100% gacha ko‘tariladi

Eng faol insonlar uchun kuni bilan ishlashga yetadigan zaryad

Galaxy Note tarixida eng kuchli akkumulyatorni taqdim etamiz. AI-optimizatsiya usuli tufayli smartfon sizning undan foydalanish senariylaringizni o‘rganadi. va siz kuni bilan ortiqcha zaryad olmasdan tinimsiz aloqada bo‘lishingizni ta`minlash maqsadida ishni optimallashtiradi va elektr quvvati sarfini tejaydi.3, 4

4300 mA∙soat
(STANDART SIG`IM)
Galaxy Note10+ smartfonida
3500 mA∙soat
(STANDART SIG`IM)
Galaxy Note10 smartfonida
Yorug‘ moviy osmon ostida bir ayolning kameraga pastga qarab turganligi tasviri. Osmon kunduzgi yorug‘likdan g‘ira-shirasi shom paytiga o‘zgaradi

Powershare simsiz zaryadlash. Zaryadni bishqa qurlimalarga ham berish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyat

Taqib yuriladigan qurilmalarga qo‘shimcha zaryad bering va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring: Qi texnologiyasi bilan birgalikda ishlashga mos keladigan qurilmani smartfoningizning markaziy qismiga joylashtiring - qarabsizki - u zaryad olishni boshlaydi. Va endi hech qanaqa sim va kabellar kerak emas.5

Galaxy Note10 plus ekrani pastga qaratilib, Galaxy Buds qurilmasi simsiz Wireless PowerShare orqali zaryad olayotgani tasvirlangan

*Aksessuarlar alohida sotib olinadi. Model va rangning mavjudligi mamlakat va ta`minlovchiga bog‘liq bo‘ladi.

XOTIRA

Noutbuk xotirasidek xotira

256 GB xotira: nimani xohlasangiz, o'shani saqlang

Sevimli musiqiy treklar, filmlar va fotosuratlaringzini microSD kartasi bilan 768 GB hajmgacha kengaytirishning imkoni bo‘lgan 256 GB ichki xotirada saqlang.6

ICHKI XOTIRA 256 GB OLDINDAN O‘RNATILGAN
MICRO SD BILAN 768 GB HAJMGACHA OSHIRISH
Galaxy Note10 plus smartfoni ekrani tepaga qaratib qo‘yingan holda yotgani tasviri. Fotosuratlar sahifalari ekrandan chiqib kelib kitob kabi varoqlanadi va telefonning o‘ta keng saqlash xotirasini anglatadi

Yanada ko‘proq ma`lumot saqlang va har doim aloqada bo‘ling

Yanada ko‘proq ma`lumot saqlash uchun joy yaratish maqsadida smartfonga microSD kartasini joylashtiring. Yoki uni ikkinchi SIM-kartaga almashtiring va qayerda bo‘lmang, doimo aloqada bo‘ling.

*Ikkita SIM-karta uchun gibrid slot faqat Galaxy Note10+ modeli uchun mavjud.

*SIM- karta alohida sotib olinadi. Qo‘shaloq SIM-kartaning mavjud bo‘lishi mamlakat va ta`minotchiga bog‘liq bo‘ladi.

*MicroSD kartasi alohida sotib olinadi. Mavjudligi mamlakat va ta`minotchiga bo g‘liq.

Galaxy Note10 plus smartfoni ikkita SIM karta bilan birga chiqarib olingan gibrid SIM karta bloki bilan birga katta qilib ko‘rsatilgan

PROTSESSOR VA XOTIRA

Yuklab olishning yashin tezligi

Bir lahzada ma`lumotlarga yo‘lning ochilishi

Intellektual protsessor yuklash jarayonini tezlashtiradi va bunda u dastlab eng ko‘p qo‘llaniladigan ilovalarni yuklaydi. Hatto ko‘p vazifalarni bajarish rejimida ham misli ko‘rilmagan tezlikda ma`lumotlarni strim (oqim) tarzda jo`nating, o‘yin o‘ynang va kontentni yuklang.

PROTSESSOR 7-nm
Operativ xotira7 12 GB Galaxy Note10+ qurilmasida
Operativ xotira7 8 GB Galaxy Note10 qurilmasida
Galaxy Note10 plus smartfoni ekranida landshaft formatida Call of Duty (Burch talabi) o‘yinidan bir sahna keltirilgan. Ekran smartfon ichida 7nm protsessor o‘rnatilganligini namoyish qilish uchun o‘chadi
Activision Publishing, Inc. ACTIVISION va CALL OF DUTY belgilari Activision Publishing, Inc. kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. Boshqa savdo belgilari va nomlari ularning egalarining mulki hisoblanadi.

O‘YIN O‘YNASH

O‘yin voqelikka aylanganda

O‘yinlar uchun yaratilgan.

O‘yinchilar uchun mukammal mahsulot.

Galaxy Note10 plus smartfoni ekrani telefon ichida qanaqa uskunalar borligini ko‘rsatish uchun ekran korpusdan ajratilgan holdagi tasviri. Bug‘ kamerali sovutish tizimi bir birini almashadigan moviy va qirmizi rangda ajratib ko‘rsatilgan

ULANISH IMKONIYATLARI

Yuklash va striming uchun o‘ta yuqori tezlik

Wi-Fi 6 va LTE: sifat jihatdan yangi tezlik darajasi

Aqlli Wi-Fi 6 sizni kutib o‘tirishga majbur qilmaydi.8 Hatto Wi-Fi tarmog‘i ishlash hududidan tashqarida bo‘lsangiz ham, LTE sizga har qanday kontentni yuklash uchun 2 Gb/soniya tezlikkacha yuklash imkoniyati beradi.9

	Galaxy Note10 plus smartfonini ushlab turgan ayol. Download manager ogohnomalari paydo bo‘lib tezkor ma`lumot yuklash imkoniyatlari sharofati bilan bir vaqtning o‘zida ikkita katta faylning yuklab olinayotgani ko‘rsatilgan

MAHSULDORLIK

Smartfon va Personal kompyuter ishini birlashtiring

Samsung DeX: Smartfon va Personal kompyuterning mukammal tarzda sinxronlashuvi

Ma`lumotlarni bir qurilmadan ikkinichisiga o‘tkazib, fayllarni katta ekranda ochib ko‘ring va tahrir qiling. Smartfoningizni USB kabeli orqali kompyuterga ulang va yangi imkoniyatlar olamini oching.10

Galaxy Note10 plus smartfoniga ulangan Samsung DeX kabelining kattalashtirilgan tasviri va ochiq ekranda chizilgan rasm tasviri. Yana bir tasvirda Samsung noutbuki ekranida xuddi o‘sha chizilgan rasm bo‘lgan va unga USB kabeli orqali ulangan ekranida yozuv bo‘lgan Galaxy Note 10 plus smartfoni tasviri ko‘rsatilgan

AUDIO

Mukammal ovozdan rohatlaning

Ovozning yangi sifat darajasi

Stereokarnaylar, Type-C ulagichli naushniklar va Dolby Almos firma ovozi sizga sevimli musiqangizning to‘yingan, toza, tiniq va hajmli 3D (uch o‘lchamli) ovoz sadosi va jarangidan haqiqiy rohat oling. Bunaqasini hali his qilmagansiz.

Galaxy Note10 plus smartfonini landshaft formatida ekranida YouTube Premium tizimida qo‘shiq o‘ynab turgandagi ushlab turgan qo‘llar. Bu yerda telefondan chiqib kelayotgan xalqalar pulsi 3D formatda ijro qilinayotgan musiqaga sho‘ng‘ib ketishni his qilish uchun Dolby Almos tomonidan sifati takomillashtirilgan stereo audio ovozni anglatish uchun ko‘rsatilgan

*Galaxy qurilmalari egalariga YouTube Premium tizimi uchun 4 oylik obuna ham beriladi. Ekraningiz o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa ham YouTube kanalida reklamasiz musiqa tomosha qilish imkoniga ega bo‘ling. YouTube Premium kanaliga obuna bo‘lish talab qilinadi.14

SUVDAN HIMOYA IP68

Suvdan qo‘rqmaydigan smartfon

Yuqori IP68 standardi tufayli sizning Galaxy Note10|10+ smartfonlaringiz va S Pen elektron qalami har doim suv va changdan ishonchli himoya ostida bo‘ladi.15

IP68 texnologiyasining suvga qarshiligini namoyish qilish uchun Galaxy Note10 plus smartfonini tashqarida ekrani ochiq holda ushlab turgan qo‘l va uning ekranida suv tomchilari tasviri ko‘rsatilgan

XAVFSIZLIK

Barcha daraja, qatlamlarda himoya

Samsung Knox bilan mutlaq xavfsizlik

Samsung Knox xavfsizlik tizimining ko‘p bosqichli himoyasi bilan shaxsiy ma`lumotlarigizni zarar keltiruvchi dasturlardan va tizimga xavfsizlik tizimini buzib kirishlardan nafaqat dasturiy ilovalar balki qurilma uskunalari darajasida ham himoya qiling.

Galaxy Note10 plus smartfonning landshaft formatida ekranida Samsung Knox logotipi ko‘rsatilgan kattalashtirilgan tasviri

Sizning shaxsiy xavfsizligingiz

Yuzni tanib aniqlash va barmoq izlarini tekshruvchi ultratovush skaner sizning ma`lumotlaringizni ularga ijozatsiz atayin kirishlardan himoya qiladi. Biroq bunga muqobil yechim sifatida siz har qanday vaqtda pin kod, rasm-chizma yoki parol bilan muhofaza qo‘yishni tanlashingiz mumkin.

Galaxy Note10 plus smartfoni ekranining unda Ultratovush Barmoq Izlari Skaneri GFI ko‘rsatilgan holatdagi kattalashtirilgan tasviri
Bir yigitning Galaxy Note10 plus smartfonini qo‘lida ushlab turib telefonini qulfdan chiqarish uchun Yuzni Tanib Aniqlash (Face Recognition) funktsiyasini qo‘llayotgani aks ettirilgan

BIXBY

Har doim yordam berishga kelish uchun tayyor

Bixby kamerasi dunyoqarashingizni o‘zgartirib yuboradi

Kamera va Bixby takomillashtirilgan kamera yordamida to‘liq gaplarni tarjima qiling.17

Galaxy Note10 plus smartfonini Darhol Tarjima Qilish (Live Translation) GFI ekraniga chiqarilgan, shu vaqtning o‘zida gapni chet tilidan tarjima qilish jarayonida ushlab turgan qo‘l aks ettirilgan tasvir

O‘Z EKOTIZIMINGIZNI YARATING

Galaxy Note10 | Note10+ smartfonlari bilan o‘z hayotingizni osonlashtiring

Qurilmalarni qulay boshqarish

Samsung akkaunti bilan o‘z ekotizimingizni yarating va Galaxy Note10|Note10+ smartfonlari yordamida Galaxy Tab S5e, Galaxy Buds va Galaxy Watch Active2 qurilmalarini boshqaring.

Galaxy Tab S5e, Galaxy Note10 plus, Galaxy Watch Active2, va Galaxy Buds yuz tomoni tepaga qaratib qo‘yilganligi tasvir etilgan. Galaxy Tab S5, Galaxy Note10 plus, va Galaxy Watch Active2 qurilmalarining barchasining ekranida Samsung Music app ilovasi ko‘rsatilgan bo‘lib, ular qurilmalarni Samsung akkauntingizga ulanish yo‘li bilan simsiz aloqaga ulanish qanchalik oson va sodda ekanligi namoyish qiladi

*Uchbu barcha qurilmalar alohida sotib olinadi.

*Har bir qurilma Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo‘lishi lozim.

*Birga ishlash imkoniyatini ta`minlash maqsadida barcha qurilmalar bitta Samsung akkauntida ro‘yxatga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.

Galaxy Note10
Galaxy Note10+

Ranglar

Galaxy Note10
  • Aura
  • Qora
  • Qizil
Galaxy Note10+
  • Aura
  • Qora
  • Oq

Ekran o‘lchami

Galaxy Note10 6.3”
Galaxy Note10+ 6.8”

Old tomon kamerasi

Galaxy Note10 Selfi-kamera
Galaxy Note10+
  • Selfi-kamera

Asosiy kamera

Galaxy Note10
  • Teleobyektiv
  • Keng burchakli kamera
  • Ultra-keng burchakli kamera
Galaxy Note10+
  • Teleobyektiv
  • Keng burchakli kamera
  • Ultra-keng burchakli kamera
  • Chuqurlik datchigi o‘rnatilgan kamera

Akkumulyatorning sig‘imi**

Galaxy Note10 3500 mA∙soat (standart)
Galaxy Note10+ 4300 mA∙soat (standart)

Operativ xotira

Galaxy Note10
  • 8 GB
Galaxy Note10+ 12 GB

Xotira

Galaxy Note10
  • 256 GB
Galaxy Note10+
  • 256 GB
  • Model va rangning mavjudligi mamlakat yoki ta`minlovchi tashkilotga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Chet kompaniya laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijalariga ko‘ra 3500 mA∙soat va 4300 mA∙soat akkkumulyatorning standart sig‘im ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Standart sig‘im akkumulyatorning IEC 61960 standarti talablariga ko‘ra sinovdan o‘tkazilgan akkumulyatorlar namunalari sig‘imi ko‘rsatkichlari orasidagi farqlarini hisobga olgan holda o‘rta sig‘im ko‘rsatkichi hisoblanadi. Nominal sig‘im - Galaxy Note10 uchun - 3400 mA∙soat va Galaxy Note10+ uchun esa 4170 mA∙soat. Akkumulyatorning haqiqiy ishlash muddati atrof muhit, undan foydalanish sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Galaxy Note10 modellarini taqqoslash uchun kengaytiring.