S Pen
ELEKTRON QALAMI

Moviy rangli S Pen elektron qalamining tepa qismi kumush rangli klik funktsiyasini bajaruvchi uch qismini ko‘rsatish uchun kattalashtirib aks ettirilgan

Biz smartfonni boshqarish tajribasini qayta ko‘rib, fikrlab chiqdik

Har bir harakat alohida ma`no kasb etadi

Galaxy tarixida eng aqlli S Pen elektron qalamini taqdim etamiz. Chiroyli yaxlit dizaynda ishlab chiqilgan ushbu qalam har bir harakatingizni sezadi va yanada ko‘proq vaqt ishlaydi: xohlagan paytda kerakli fikr va mulohazalarni yozib oling, rasmlar chizing va masofadanboshqaring.

  • YETADIGAN AKKUMULYATOR ZARYADI 10

    SOATGACHA1

Moviy rangli S Pen elektron qalamining tepa qismi va qora rangli S Pen elektron qalamining pastki qismi. Har bir qalam o‘zining yanada ko‘proq qism, jihatlarini namoyish qilish maqsadida markazga qarab harakat qiladi

MASOFADAN BOSHQARISH

Smartfonni S Pen elektron qalami yordamida boshqarish

Klik bosishlarni harakatlarga aylantiradi

Takomillashtirilgan S Pen elektron qalamida bitta klik bosish bilan prezentatsiyalar slaydlarini varaqlab ko‘ring, videolarni qo‘yib tomosha qiling va fotosuratlar oling.2

Ko‘rgazmali vosita tushirilgan devor oldida qo‘lida S Pen elektron qalami ushlab turgan qizning tasviri

Qo‘l harakatlari bilan osonlik bilan boshqarish

Galaxy Note10|10+ smartfonini boshqarishda yangi pog‘onaga ko‘tarilishingizni - ya`ni qo‘l harakatlari bilan boshqarishni ta`minlash maqsadida biz S Pen elektron qalami loyihasini qayta o‘ylab chiqdik va uni takomillashtirdik.3

Old tomon kamerasi

Suratga olish burchagini o‘zgartirish, sahnani kattalashtirib tasvirga olish yoki aksincha panorama ko‘rinishini tasvirda to‘laligicha qamrab olish uchun S Pen elektron qalamini soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha yoki teskari buring.

Soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha burilayotgan S Pen elektron qalamini ushlab turgan qo‘l tasviri. Uch do‘stning parkda olgan selfi suratlari kattalashtirib-kesilgan ko‘rinishdan, to‘la tasvirga aylanadi va bu bilan Old Tomon kameraning suratga olish rejimlarini qanday qilib o‘zgartirish mumkinligi namoyish qilinmoqda
Ovoz baland-pastligininazorat qilish

Bundan buyon sizga ovozning baland-pastligini nazorat qilish vositasi kerak bo‘lmaydi: oddiy qo‘l harakati bilan ovozni baland yoki past qiling. Xuddi sehrgarlikda bo‘lgani kabi.

Tepaga va pastga harakatlanayotgan S Pen elektron qalamini ushlab turgan qo‘l tasviri. Bir albom ustiga qo‘yilgan ovozni baland-past qilish GFI tasviri paydo bo‘ladi va ovozning S Pen elektron qalami yordamida baland qilinayotgani namoyish etilmoqda

S PEN ELEKTRON QALAMI VOSITALARI

Ijodkorlikka erkinlik bering

Matnni konvertatsiya qilish funktsiyasi yordamida qo‘lyozmangizni bosma matnga aylantiring

Bitta harakat bilan sizning yozuvlaringiz nusxa ko‘chirsa bo‘ladigan, boshqa joyga nusxasini qo‘ysa bo‘ladigan yoki do‘stlar bilan baham ko‘rsa bo‘ladigan bosma matnga aylantiriladi.4

Galaxy Note10 plus smartfoni ekrani va unda moviy rangli S Pen elektron qalamining Stop talking Start Making (Gapirishni bas qiling. Ishlashni boshlang) matnini yozayotgan jarayoni kattalashtirib aks ettirilgan. Ushbu tasvir telefonni to‘la ko‘rsatish va qo‘lda yozilgan matnning bosma matniga o‘tkazilganini va bu bilan Text Export (Matn Exporti) funktsiyasining ishi natijasini namoyish qilish uchun orqaga tortiladi

*Matnni bunday konvertatsiya qilish bir muncha vaqt olishi mumkin.

Tabiiyki, ruchka bilan qog‘ozda yozganday

S Pen elektron qalamini Samsung Notes muhitida o‘zingizning ish xohishingizga ko‘ra moslang: siyoh rangini, chiziq yo‘g‘onligini tanlang va sevimli moslamalaringizni saqlab qo‘ying.

Samsung Notes Zoom GFI ustiga chiqarilgan holdagi tasviri. Zoom (kattalashtirish-kichiklashtirish) funktsiyasi foizi oshgan sayin tasvir ham kattalashib boradi

Xohlagan vaqtingizda fikr-mulohazalaringizni yozib qo‘ying

G`oya paydo bo‘ldimi? Uni S Pen elektron qalami yordamida Galaxy Note10|10+ smartfoni ekraniga to‘g‘ridan to‘g‘ri yozib oling va keyin Samsung Notes ilovasida saqlab qo‘ying va ekranda belgilab, ko‘rsatib qo‘ying.

Galaxy Note10 plus landshaft formatida Screen off (Ekran o‘chirilgan) holda ko‘rsatilgan holatda va S Pen elektron qalami shu ekranda yozayotgan holatda aks ettirilgan

AR Doodle texnologiyasi yordamida sizning iqtidoringizning yangi tomonlari ochiladi

AR Doodle va S Pen elektron raqami yordamida 3D formatda rasmlar chizing. Ilova yuzingizni va atrofingizdagi muhitni tanib aniqlaydi va ko‘z uzib bo‘lmaydigan jozibali videolar yaratish imkonini beradi.

*Kameraning ilovasi o‘rnatilgan holatdagina mavjud.

Galaxy Note10 plus smartfonida AR Doodle texnologiyasida olingan bir ayolning parkda holati videosi va uning tepasida jonlantirilgan musiqa notalari ko‘rsatilganVideoni ko‘rish
Taqqoslash
Galaxy Note10
Galaxy Note10+

Taqqoslash

Galaxy Note10
  • Aura
  • Qora
  • Qizil
Galaxy Note10+
  • Aura
  • Qora
  • Oq

Ekran o‘lchami

Galaxy Note10 6.3”
Galaxy Note10+ 6.8”

Old tomon kamerasi

Galaxy Note10 Selfi-kamera
Galaxy Note10+
  • Selfi-kamera

Asosiy kamera

Galaxy Note10
  • Teleobyektiv
  • Keng burchakli kamera
  • Ultra-keng burchakli kamera
Galaxy Note10+
  • Teleobyektiv
  • Keng burchakli kamera
  • Ultra-keng burchakli kamera
  • Chuqurlik datchigi o‘rnatilgan kamera

Akkumulyatorning sig‘imi**

Galaxy Note10 3500 mA∙soat (standart)
Galaxy Note10+ 4300 mA∙soat (standart)

Operativ xotira

Galaxy Note10
  • 8 GB
Galaxy Note10+ 12 GB

Xotira

Galaxy Note10
  • 256 GB
Galaxy Note10+
  • 256 GB
  • Model va rangning mavjudligi mamlakat yoki ta`minlovchi tashkilotga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Chet kompaniya laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijalariga ko‘ra 3500 mA∙soat va 4300 mA∙soat akkkumulyatorning standart sig‘im ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Standart sig‘im akkumulyatorning IEC 61960 standarti talablariga ko‘ra sinovdan o‘tkazilgan akkumulyatorlar namunalari sig‘imi ko‘rsatkichlari orasidagi farqlarini hisobga olgan holda o‘rta sig‘im ko‘rsatkichi hisoblanadi. Nominal sig‘im - Galaxy Note10 uchun - 3400 mA∙soat va Galaxy Note10+ uchun esa 4170 mA∙soat. Akkumulyatorning haqiqiy ishlash muddati atrof muhit, undan foydalanish sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Galaxy Note10 modellarini bir biriga taqqoslash uchun ma`lumotlarni ochib ko‘rng.