“Samsung Note20 Pre-order” promo-aksiyasida ishtirok etish qoidalari

2020-yilning 6-avgustidan 25-avgustigacha (ushbu sanalarda ham), yangi Samsung Galaxy Note 20 smartfoniga oldindan buyurtma berib, promo-aksiya ishtirokchisiga aylanish va sovgʻa sifatida yangi Galaxy Buds Live quloqchiga ega boʻlishingiz mumkin.

Quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda har kim aksiyada ishtirok etishi mumkin. Buning uchun:

• 2020 yilning 6-avgustidan 25-avgustigacha quyidagi saytlarning oldindan buyurtma berish sahifasida roʻyxatdan oʻting;
• Anketani toʻldiring, Samsung Galaxy Note 20 seriyasidan oʻzingizga yoqqan modelni tanlang;
• Oʻzingizga qulay boʻlgan usul bilan 1 000 000 soʻm miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiring.
• Sotuvlar boshlanganidan keyin siz smartfon xarid qilsangiz, sizga yangi Galaxy Buds Live sovgʻa sifatida taqdim etilishi kafolatlanadi. 
• Sotuv boshlanadigan kun: 28-avgust

 

Aksiya quyidagi onlayn-doʻkonlarda oʻtkaziladi:

1. www.radius.uz
2. www.elmakon.uz
3. www.mediapark.uz

 

Joylardagi roʻyxatga olish nuqtalari:

1. Radius Qoʻyliq (Toshkent sh., Fargʻona yoʻli koʻchasi, 730)
2. Elmakon Shevchenko (Toshkent sh., T. Shevchenko koʻchasi)
3. Mediapark Qoratosh (Toshkent sh., Qoratosh koʻchasi, 11A)

 

Doʻkonlarning qoʻllab-quvvatlash telefonlari:

Radius: +99871 200 31 00;
Elmakon: +99871 203 12 03;
Mediapark: +99871 203 33 33.

 

Diqqat: sovgʻalar soni cheklangan!

Sovgʻalar faqat Toshkent shahrida topshiriladi.

Tashkilotchi aksiya qoidalariga oʻzgartirish kiritish va ularni www.samsung.uz saytida, shuningdek, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilish huquqiga ega.

Sovgʻani olish uchun quyidagilar talab etiladi:

1. Promouterga quyidagilarni taqdim etish: sotib olingan smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri tushirilgan kafolat taloni, pasport.
2. Sovgʻani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish. 
3. Tashkilotchilarga suratga olish uchun rozilik berish.
4. Qayta foydalanilishning oldini olish uchun qutini belgilab qoʻyishga rozilik berish.
Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni imzolash yoki uni taqdim etishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.


Aksiyada ishtirok etish bilan, Aksiya Ishtirokchisi Tashkilotchi va Tashkilotchi vakolat bergan uchinchi tomonga reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, Aksiyaning oʻtkazilishi haqida hisobot tayyorlash, shuningdek, marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining rasmini, shaxsiy maʼlumotlarini, aloqa maʼlumotlarini, xususan: ismi, fotosurati, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari va telefon raqamini yigʻish, ishlov berish va uzatishga oʻz roziligini beradi. Rozilik belgilangan ishlov berish  maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmagan holda: qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, boshqa yuridik shaxslarga, jumladan Tashkilotchining boshqa vakolatli shaxslariga uzatish (shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga nisbatan amal qiladi. Rozilik Tashkilotchining Aksiyasida ishtirok etgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olingunga qadar amal qiladi.

 

Promo-aksiyada ishtirok etish shartlari buzilgan taqdirda, shu jumladan, lekin bu cheklanmasdan, quyidagi hollarda:

• agar amal qilish muddatlari boʻyicha shartlar buzilsa;
• agar ishtirokchi bilan bogʻlanish uchun xato maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa;
• agar gʻolibning kontaktlari notoʻgʻri boʻlsa va 2020-yil 26-avgustdan boshlab 30 kun ichida gʻolib bilan bogʻlanish imkoni boʻlmasa, ishtirokchi sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi.


Agar gʻolib sovgʻa berish muddati tugaguniga qadar uni olish uchun murojaat qilmasa, ushbu holat ishtirokchining sovgʻani olishni rad etishi baholanadi. 
Sovgʻalar tugagan taqdirda aksiya toʻxtatilishi mumkin. 
Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas. 
Sovgʻani boshqasiga almashtirib berilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmdagidan farq qilishi mumkin. 

 

Ishtirokchilar

Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 18 yoshga toʻlgan (ishtirokchining yoshi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish orqali tasdiqlanadi) va yutuqli oʻyinda qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar yutuqli oʻyin ishtirokchilari boʻlishi mumkin.  

Yutuqli oʻyinda qatnashib, yutuqli oʻyin ishtirokchisi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. 

Yutuqli oʻyinda ishtirok etish bilan yutuqli oʻyin ishtirokchisi sovgʻalarni topshirish marosimining fotosuratlari va videolarini reklama tadbirlarida va boshqa marketing tadbirlarida haq to’lamasdan foydalanilishiga oʻz roziligini beradi.

Xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Sifatni nazorat qilish boʻlimidan ishtirokchiga uning fikrlarni bilish uchun qoʻngʻiroq qilinishi mumkin. Ishtirokchi oʻz fikrini bildirishdan bosh tortishi mumkin.