Galaxy S10 Lite

SM-G770FZWGCAC

The item is in the cart.

Smoother video without the shake, even in low light

Super barqarorlashtirish funksiyasi

4,500mAh (typical) battery - power to last 2-day

Ikki kungacha quvvat olmasdan ishlash

Super Fast Charging – 30 min. to last all day

Super tezkor quvvatlash

2.8 GGs, 2,4 GGs, 1,7 GGs

Protsessor chastotasi

ㅤ

* Rasm modellashtirilgan.

Galaxy 10 bilan tanishing

Galaxyning mashhur imkoniyatlari yanada arzonlashdi

Displey va dizayn―​

Display & Design―​

Maftunkor porloq rang

Maftunkor porloq rang ko‘zingizni quvontiradi. S10 Litening sehrli prizmatik tuslari doimo ajoyib ko‘rinadi. 3D dizaynli yaltiroq plastikdan yasalgan xushbichim qobiq qora, oq yoki ko‘k ranglarda ishlangan. Ergonomik shaklni yaratadigan silliq yuzalar tufayli S10 Lite smartfonini qo‘lga olsih qulay.

*Yoritilganlik darajasiga bog‘liq ravishda rang tasvirda ko‘rsatilgandagidan farq qilishi mumkin. Rang mavjudligi mamlakat va operatorga qarab farq qiladi.
Colors designed to shine every time you look

Dunyoga to‘siqlarsiz qarang

6,7 dyumli Full HD+ Super AMOLED Plus ekraniga ega S10 Lite smartfonining Infinity-O displeyi sizga harakatlanishda cheklanmagan erkinlik taqdim etadi. ¹²³ Hoshiyasiz ekranga yaqinlik va yorug‘lik sensorlari, hamda barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Endi siz hech qanday to‘siqlarsiz o‘zingiz yoqtirgan narsani tomosha qilishingiz va barcha narsani qilishingiz mumkin.

A truly uninterrupted view of your world

1. Infinity Display: butunlay shishadan ishlangan old paneliga ega deyarli hoshiyasiz ekran.2. Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,7 dyum va yumaloq burchaklari bilan hisoblaganda 6,6 dyumni tashkil etadi. Aylana burchaklar va kamera teshigi sababli amalda ko‘rinadigan maydon kichikroqdir.3. Super AMOLED Plus matritsali displey OLED texnologiyasidan foydalanilganligi tufayli nozik va yengil panelli ergonomik dizayni bilan farqlanadi.

Yorqin va aniq ranglardan rohatlaning

S10 Lite HDR10+ texnologiyasi orqali hayratlanarli darajada boy va aqlga sig‘mas darajada haqiqiy ranglar va kontrast bilan ta’minlaydi. S10 Lite kunduzgi yorqin yorug‘likda ham, xonada ham tomosha qilish vaqtida ishonarli kinematografik effekt yaratadi.

Upgrade your viewing experience with brighter and clearer colors

* Tasvirlar misol uchun keltirilgan.

Kamera―​

Camera―​

Professional kamera imkoniyatlari hamma uchun

Kecha-yu kunduz 48 MPli asosiy kamera yordamida yuqori aniqlikdagi rangli fotosuratlarni oling. 123 darajali ko'rish burchagiga ega ultra keng burchakli kamera yordamida hayratlanarli peyzajlarni suratga oling. Makro-obyektiv yordamida 4 sm gacha masofadan eng kichik tafsilotlarni oching va 32 MP old kamera yordamida ulashmoqchi bo‘lgan selfilaringizni oling.

Pro-grade camera powers for everyone

* Galaxy S10 to‘rtta kameraga ega: 3 ta orqasida va bitta oldida.** Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

Kam yorug‘lida tiniq video tasvirlar

Super barqarorlashtirish funksiyasi kam yorug‘lik sharoitida tuzatishlarning yanada kengroq burchagini, beqiyos barqarorlik va UHD sifatidagi video translyatsiyalarni ta’minlaydi. Super barqarorlashtirish rejimida eng dinamik sahnalarni suratga olishda ham, siz tasvirga olish tugmachasini bosib, barqaror tasvirlarga ega tiniq videolarni suratga olasiz.

ㅤ

* Tasvirlar ko‘rgazmali vosita maqsadida modellashtirilgan.** Video Galaxy S10 Lite da tasvirga olingan.

  • * Galaxy S10 Liteda suratga olingan, solish tasviriy maqsadlar uchun modellashtirilgan.

Zoom-in Mic mikrofoni yordamida ovoz balandligini oshiring

Ba’zida syujetda ovoz muhim ahamiyatga ega — quvnoq kulgi, to‘lqinlar shovqini yoki muhim ma’lumotlar kabilar. S10 Lite smartfonining Zoom in Mic mikrofoni uchta mikrofondan iborat bo‘lib, ular obyektga yaqinlashganda va undan uzoqlashganda real vaqt rejimida ovozni samarali yo‘naltiradi va yaxshilaydi.

Turn up the volume on what you like with Zoom-in Mic

* Galaxy S10 Liteda suratga olingan, solish tasviriy maqsadlar uchun modellashtirilgan.

Professional tasvirga olish

Siz S10 Lite orqali ajoyib videoni tasvirga oldingiz. Endi siz qiziqarli sarlavha qo‘shishingiz, videoni boshqa videoklip bilan birlashtirishingiz yoki hatto tezlashtirishingiz ham mumkin. Yakunlovchi shtrixingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, S10 Lite smartfonida siz uni to‘liq imkoniyatli asboblar to‘plami yordamida osongina qo‘shishingiz mumkin.

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

Shoot like a pro, edit on the go

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

  • *Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.** 123 daraja tasvirga olish burchagi faqat orqa kamerada mavjud.

Kechayu kunduz aniq tasvirlar

Quyosh nuri yoki oy nuri ostida, S10 Lite telefoning 48 Mp li yuqori aniqlikdagi kamerasi orqali olingan har bir tasvir rasmning hayratlanarli ravshanligi tufayli go‘yo jonlangandek bo‘ladi. Unda hatto raqamli kattalashtirish funksiyasi ham nazarda tutilgan, bu sizga sifatni yo‘qotmasdan yaqin masofadan suratga olish imkonini beradi.

Vibrant pixels in every shot, day or night

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

Makro tasvirga olish — birorta ham detalni o‘tkazib yubormang

S10 Litening 5 MPli makro-obyektivi barcha narsani juda yaqin masofadan batafsil ko‘rib chiqishga imkon beradi. Noyob individual teksturalar va g‘alati latofatli ranglarning tasvirini optimal 4 sm masofadan batafsil suratga oling.

Macro Cam leaves no detail behind

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.** Makro tasvirga olish funksiyasi faqat orqa kamerada mavjud.

Birinchi urinishdayoq omadli selfi

S10 Litening 32MPli old kamerasi bilan jozibali selfi portretlarni tasvirga oling. “Jonli fokus” funksiyasi tufayli diqqat markazida turib, suratga olishdan oldin yoki keyin fonni biroz xiralashtirish mumkin.

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

Welcome to the one-take selfie

*Galaxy S10 Liteda tasvirga olingan.

Samaradorlik―​

Performance―​

Akkumulyator – ikki kungacha quvvat olmasdan ishlash

S10 Lite o‘zining kuchli va aqlli hamda 4500 mAs sig‘imga ega akkumulyatori (odatiy qiymat) tufayli kun bo‘yi quvvat olmasdan ishlaydi. ¹ Kundalik foydalanish xususiyatiga qarab kam ishlatiladigan dasturlar quvvat sarfini optimallashtirish uchun xotiradan chiqariladi. Endi kundan kunga telefonni kun bo‘yi quvvatlash haqida qayg‘urmasdan foydalanish mumkin. ²

1. Uchinchi tomon laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 talablariga muvofiq ravishda sinovdan o‘tgan tanlamadan akkumulyatorlar sig‘imining farqlanishi hisobga olingan o‘rtacha baho. Nominal (minimal) sig‘im 4370 mA soat. Avtonom ravishda ishlashning haqiqiy muddati tarmoq muhiti, smartfondan foydalanish xarakteri va boshqa omillarga bog‘liq.2. To‘liq quvvatlangan qurilmaga ega bo'lgan o‘rtacha / odatiy foydalanuvchining foydalanish profiliga ko‘ra hisoblanadi. 2019-yil 26-noyabrdan 4-dekabrgacha Strategy Analytics kompaniyasi tomonidan dastlabki SM-G770 modellarining mustaqil baholanishi. Avtonom ravishda ishlashning haqiqiy muddati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar va xabarlarning chastotasi, quvvatlashlar soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
4,500mAh (typical) battery - power to last 2-day

Super tezkor quvvatlash — 30 daqiqa

S10 Lite smartfonining super tezkor quvvatlash funksiyasi tufayli quvvatlashning har bir daqiqasi imkon qadar samarali foydalaniladi. Shuning uchun nonushta paytida yoki tushdan keyin kofe tanaffusida 30 daqiqali quvvatlantirish ham kun oxirigacha samarali ishlash uchun yetarli bo‘ladi. ¹

1. Samsung baholashlariga ko‘ra. O‘rnatilgan quvvatlovchi moslamadan foydalangan holda va o'rtacha / odatiy foydalanuvchi foydalanish profilini hisobga olgan holda Galaxy S10 Lite dastlabki modelining o‘rtacha quvvatlanish tezligi bo‘yicha hisoblanadi. Akkumulyatorning avtonom ravishda ishlash muddati tarmoq ulanishlari, smartfondan foydalanish xarakteri va boshqa omillarga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.
Super Fast Charging – 30 min. to last all day

Kengaytirilgan ko‘p vazifalilik

O‘zining tezkor protsessori va katta xotira sig‘imi bilan S10 Lite ko‘op vazifalilikning yuqori darajasiga erishadi. 6 yoki 8 GB tezkor xotira, hamda, 1 TB gacha kengaytirilishi mumkin bo‘lgan 128 GB ichki xotira bilan, S10 Lite noutbuk kabi xotiraga ega smartfonga aylanadi. ¹²³

Accelerate your multi-tasking with a cutting-edge processor

1. Operativ xotira va ichki xotiraning hajmi mamlakatga qarab farq qiladi. 2. MicroSD kartasi alohida sotiladi. 3. Haqiqiy mavjud bo‘lgan xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga qarab farq qilishi mumkin.

Kuchaytirilgan unumdorlik

Game Booster funksiyasi tufayli kuchaytirilgan unumdorlik. Intuitiv ravishda tushunarli interfeys muhim sozlamalarni osongina boshqarish imkonini beradi, shuning uchun biror narsaga chalg‘imasdan butun e’tiborni o‘yinga qaratish mumkin. Smartfondan foydalanish xususiyatidan kelib chiqqan holda, Game Booster funksiyasi haroratni, akkumulyatorning ishlashini va xotirani optimallashtiradi, bu esa o‘yin jarayonini yangi darajaga olib chiqadi.

* Tasvirlar misol uchun keltirilgan.

Game Booster delivers a smoother gaming experience

* Tasvirlar misol uchun keltirilgan.

Har doim aloqada bo‘ling

Link to Windows ilovasi Windows 10 noutbukida S10 Litedan foydalanishga imkon beradi. Endi bevosita o‘z noutbukingizdan xabarlar yuborishingiz, fotosuratlarni ko‘rishingiz, bildirishnomalar olishingiz va hatto mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin. ¹²³

Enjoy a seamlessly connected lifestyle

1. Mavjudlik mamlakat va operatorga qarab farq qiladi.2. Funksiyalar va imkoniyatlarning qo‘llab-quvvatlanishi va mavjudligi ilovaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.3. Telefoningizni kompyuterga ulash uchun Link to Windows ilovasini yoqing va kompyuteringizda “Sizning telefoningiz” ilovasidan foydalaning. “Sizning telefoningiz” ilovasi 2018-yil 10-oktabrdan Windows 10 yoki undan keyingi versiyalarda kompyuterda oldindan yuklangan holda bo‘ladi va Windowsning 2018-yil 10-aprel yoki undan keyingi versiyalari uchun yuklab olinishi mumkin. Microsoft hisob qaydnomasi talab etiladi.

Bixby — har kunlik optimallashtirish

Bixby intellektual yordamchisi sizning ovozingizga javob beradi. Faoliyat guruhiga kalit so‘z yoki iborani biriktirib, tezkor buyruqlar yordamida vazifalar bajarilishini soddalashtiring. ¹Kamera va Bixby Visionning yangilangan versiyasidan foydalangan holda butun jumlalarni chet tilidan tarjima qiling. ²

Bixby maximizes the day†s possibilities

1. Funksiyalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Bixby ba’zi tillarni va ma’lum sheva / lahjalarni taniydi. Bixby funksiyalari mavjudligi va kontent ta’minotchilari mamlakat yoki tilga qarab farq qiladi. Bixby funksiyalarining to‘liq ishlashi uchun mobil internet yoki Wi-Fi kerak.2. Funksiyalarning mavjudligi mamlakat va qurilmga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchi interfeysi o‘zgarishi va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Bixby funksiyalari mavjudligi va kontent ta’minotchilari mamlakatga qarab farq qiladi. Barcha ma’lumotlar, axborotlar, rasmlar yoki sinov natijalari uchinchi tomon tarafidan taqdim etilgan, shuning uchun mazmuni aniq bo‘lmasligi va eng so‘nggi ma’lumotni aks ettirmasligi mumkin.

Samsung Knox — barcha darajalardagi himoya

Knox platformasi yordamida sizning ma’lumotlaringiz nafaqat dasturiy ta’minot darajasida emas, balki bir necha himoya darajalari tufayli apparat ta'minoti darajasida hujumlardan va zararli dasturlardan himoyalangan.

Samsung Knox keeps your phone safe with multi-layer protection
  • 2.8 GGs, 2,4 GGs, 1,7 GGs Protsessor chastotasi
  • 169,5 mm (6,7 dyum) O'lchami (Asosiy displey)
  • Super AMOLED Plus Turi (Asosiy displey)
  • 6 GB Operativ xotira hajmi (GB)
  • 128 GB Ichki xotira (GB)
  • 162,5 x 75,6 x 8,1 mm O'lchamlari (E x B x Ch)

O'xshash mahsulotlar

  • Super barqarorlashtirish funksiyasi Smoother video without the shake, even in low light
  • Ikki kungacha quvvat olmasdan ishlash 4,500mAh (typical) battery - power to last 2-day
  • Super tezkor quvvatlash Super Fast Charging – 30 min. to last all day
  • Protsessor chastotasi 2.8 GGs, 2,4 GGs, 1,7 GGs

O'xshash mahsulotlar

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

* Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,7 dyum va yumaloq burchaklari bilan hisoblaganda 6,6 dyumni tashkil etadi. Aylana burchaklar va kamera teshigi sababli amalda ko‘rinadigan maydon kichikroqdir.
* Uchinchi tomon laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 talablariga muvofiq ravishda sinovdan o‘tgan tanlamadan akkumulyatorlar sig‘imining farqlanishi hisobga olingan o‘rtacha baho. Nominal (minimal) sig‘im 4370 mA soat. Avtonom ravishda ishlashning haqiqiy muddati tarmoq muhiti, smartfondan foydalanish xarakteri va boshqa omillarga bog‘liq.