Aksiyada ishtirok etish qoidalari
"SAMSUNG GALAXY S23 Series ga oldindan buyurtma berish"
Mazkur "SAMSUNG GALAXY S23 Series ga oldindan buyurtma berish" reklama aksiyasida (“Aksiya”) qatnashish qoidalari “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA" LLP (SAMSUNG ELECTRONICS MARKAZIY EVROSIYO) (“Tashkilotchi”) va Aksiya ishtirokchisi o’rtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy va Aksiya Ishtirokchilari rasmiy internet do’konning https://www.samsung.com/uz_ru/; https://www.samsung.com/uz_uz/ veb-saytida (“Aksiya sayti”) joylashtirilgan Aksiya qoidalari (“Qoidalar”) bilan tanishilganligi va so'zsiz roziligini bildiradi.
1. Umumiy shartlar
1.1. Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” LLP “SAMSUNG ELEKTRONIKS MARKAZIY EVROSIYO” quyidagi manzil bo’yicha joylashgan: Respublika Qozog‘iston, Olmaota, A05D7M5, Olmali tumani, Jeltoksan ko‘chasi, 115, 3-qavat.
1.2. Aksiya muddati: 01 fevral soat 00:00 dan 24 fevral (qo’shilgan) Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha.
1.3. Aksiya natijalarini sarhisob qilish sanasi: 04 aprel 2023 yil.
1.4. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: Tashkilotchining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi rasmiy hamkorlarining savdo nuqtalari.
1.5. Aksiyaning rasmiy hamkorlari (“Rasmiy hamkor”):
• MCHJ “Radius Mobile”, Radius: +99871 200 31 00;
• MCHJ “BM Electronics”, Elmakon: +99871 203 12 03;
• MCHJ "Engelberg" Mediapark: +99871 203 33 33;
• MCHJ “Texnomart”, Texnomart: +99871 209 99 44;
• MCHJ “Business Group XD”, Milliy Kredit: +99878 777 00 99;
• MCHJ "Idea Concept Group", Idea: +99871 230 77 99.
• MCHJ “For A prosperous Future”, Ishonch +998 73 515 22 22;
• MCHJ “Olcha Store”, +998 71 202 20 21;
• MChJ “Sadaf Positiv”, Mercato savdo markazidagi Samsung rasmiy do‘koni, Toshkent: +998 97 147 88 88
1.6. Aksiya veb-sayti Aksiya haqida asosiy ma'lumot manbai hisoblanadi. Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlaridagi Aksiya haqidagi ma'lumotlar qisqartirilgan bo'lib, barcha to'liq va batafsil ma'lumotlar ushbu Qoidalarda keltirilgan.
2. Aksiya Ishtirokchisi
2.1. Aksiya ishtirokchilari faqat 18 yoshdan oshgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan, shuningdek chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan va Aksiya Qoidalarini o’z kuchlari va idroklari bilan shaxsan to’ldirgan shaxslar bo'lishi mumkin. (“Ishtirokchi”).
2.2. Aksiyada Tashkilotchi xodimlari, bog’langan shaxslar, ularning oila a'zolari, shuningdek aksiya o’tkazishga jalb qilingan boshqa kompaniyalarning xodimlari qatnasha olmaydilar.
2.3. Aksiyada ishtirok etish orqali, shuningdek, ro'yxatdan o'tish paytida (shu jumladan Aksiya veb-saytida ham) har qanday ma'lumot, shu jumladan, shaxsiy va boshqa ma'lumotlarni taqdim etish orqali Ishtirokchi quyida keltirilgan hajmda uning shaxsiy ma'lumotlarini shahar, joylashgan joyi, to'liq ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat tafsilotlari, (chet el fuqarosining shaxsiy guvohnomasi yoki yashash guvohnomasi), telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzili, Tashkilotchi va Aksiya o'tkazilishi, uning shartlari bajarilishi, reklamani nazorat qiluvchi shaxslarga; marketing va habarlar tarqatilishi, shuningdek, marketing maqsadlarida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o’rnatuvchi vakolat berilgan uchinchi shaxslarga yig'ish, saqlash, uzatish, chegaralar aro uzatish va qayta ishlash uchun taqdim etishga rozilik beradi.
Rozilik qayta ishlashning belgilangan maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan barcha, lekin shu bilan cheklanmagan ma'lumotlar: qabul qilish, yozib olish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), olib tashlash, yo'q qilish, shu jumladan. Tashkilotchining vakolatli shaxslari / boshqa vakolatli shaxslar / uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlanishiga tegishli bo’ladi. Rozilik ushbu ma’lumotlar Tashkilotchiga topshirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va belgilangan qonunchilik bo’yicha bekor qilinmaguncha amal qiladi.
2.4. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga foto/video suratga olish, saqlash, foydalanish, hamda uning surati / saytdagi ishtiroki bilan tegishli foto / video materiallarni Tashkilotchining sayti shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va shu bilan cheklanmagan holda,
buxgalteriya hisobotlarida joylashtirishga rozilik beradi.
3. Aksiya tavsifi:
3.1. Mazkur Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi ushbu Qoidalarda keltirilgan SAMSUNG savdo belgisi ostidagi smartfonlardan biriga oldindan buyurtma berishni amalga oshirganda va barcha shartlar bajarilgan holda, Tashkilotchidan sovg’a yutib olish imkoniyatiga ega.
4. Aksiya shartlari:
4.1. Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchi Aksiya o‘tkaziladigan Davr mobaynida mazkur Qoidalarning yuqoridagi 1.5-bandida ko‘rsatilgan Rasmiy Hamkorlarning birida SAMSUNG savdo belgisi ostidagi yangi SAMSUNG Galaxy S23, SAMSUNG Galaxy S23+ yoki SAMSUNG Galaxy S23 Ultra smartfoniga (“Smartfon”) quyidagi tartibda oldindan buyurtma berishi lozim:
4.1.1. Aksiya Saytida tegishli satrlarda zarur ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tish;
4.1.2. Ishtirokchi keyinchalik, Aksiya Saytining tegishli satrida Smartfonni va Sovg‘ani qo’lga kiritishni xohlaydigan Rasmiy Hamkorlardan birining saytini 1.4 bandiga muvofiq ko‘rsatish, Aksiyada qatnashayotgan Smartfonlarning modellaridan birini tanlash, tegishli satrlarda hududni va boshqa zarur ma’lumotlarni ko‘rsatish hamda Smartfon uchun quyidagi to’lov turlaridan biri bo’yicha oldindan to‘lovni amalga oshirish;
4.1.2.1. chakana xarid usulini tanlagan taqdirda, 1.5 bandga muvofiq tanlangan aksiya hamkori hisobiga PayMe to‘lov tizimi (“Inspired” MChJ QK) orqali kamida 1 000 000 (bir million) o‘zbek so‘mi miqdorida dastlabki to‘lovni amalga oshirish zarur;
4.1.2.2. Ishtirokchi muddatli to’lov usulini tanlagan taqdirda, “ANORBANK” AK dan tanlangan smartfon toʻliq toʻlov miqdorini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ariza topshirishi kerak. To'lov 1.5 bandga muvofiq tanlangan aksiya hamkorning hisobiga amalga oshiriladi. To‘lov uchun “Anorbank” AT tomonidan taqdim etilgan TRIA kartasidan foydalanish kerak;
4.1.3. Oldindan berilgan buyurtmani tasdiqlovchi chekning asl nusxasini saqlab qo‘yish va Ishtirokchi mazkur Qoidalarga muvofiq g‘olib deb topilganida, chekni solishtirish uchun taqdim etish;
4.1.4. 2023 yil 25 fevral kuni Smartfonlar savdosi boshlanganidan keyin tegishli Smartfonni xarid qilish, bunda uning zavod o‘rami va xaridni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qo‘yish.
4.2. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tayotgan paytda kiritgan ma’lumotlari, ularning aniqligi, to‘liqligi va haqqoniyligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.
4.3. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Aksiya doirasida ikkita Smartfon xarid qilingan taqdirda, bunday Ishtirokchi mazkur Qoidalarning 4.1 bandida ko‘rsatilgan tartibda alohida ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘zi xarid qilgan har bir Smartfon xaridini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Bunda xarid qilingan Smartfonlar soni Ishtirokchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tishlar soniga muvofiq bo‘lishi zarur. Ushbu Aksiya doirasida har bir Ishtirokchi 2 (ikki) ta xaridni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Birgina xarid Rasmiy Hamkorlarning turli Saytlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.4. Ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 2-fevral soat 00:00 dan boshlab 2023-yil 24-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi, bunda Smartfonga oldindan buyurtma qat’iy Aksiya o‘tkaziladigan davrda rasmiylashtirilishi zarurligi asosiy shart hisoblanadi.
5. Sovg‘alar
5.1. Aksiya bo‘yicha SAMSUNG savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlar sovg‘a («Sovg‘a») hisoblanadi:
5.1.1. Ishtirokchi SAMSUNG Galaxy S23 Smartfoniga oldindan buyurtma joylashtirgan taqdirda, «1-To‘plam»ga (SAMSUNG Galaxy Buds 2 (Galaxy Buds 2 kanalli simsiz quloqchinlari) ega bo‘ladi.
5.1.2. Ishtirokchi SAMSUNG Galaxy S23+ Smartfoniga oldindan buyurtma joylashtirgan taqdirda, «2-To‘plam»ga (SAMSUNG Galaxy Buds 2 (Galaxy Buds 2 kanalli simsiz quloqchinlari + ITV.UZ onlayn-striming xizmatida 1 yillik “Premium” obunasi) ega bo‘ladi.
5.1.3. Ishtirokchi SAMSUNG Galaxy S23 Ultra Smartfoniga oldindan buyurtma joylashtirgan taqdirda, «3-To‘plam»ga ((SAMSUNG Galaxy Watch 4 44mm (o‘lchami 44mm bo‘lgan standart dizayndagi Galaxy Watch 4 Smart Soat + ITV.UZ onlayn-striming xizmatida 1 yillik “Premium” obunasi)) ega bo‘ladi.
5.2. Sovg‘alarning umumiy soni 1000 (bir ming) donani tashkil qiladi. Shu jumladan:
5.2.1. «1-To‘plam» – 350 (uch yuz ellik) dona;
5.2.2. «2-To‘plam» – 150 (bir yuz ellik) dona;
5.2.3. «3-To‘plam» – 500 (besh yuz) dona;
5.3. Sovg‘alar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovg‘alar sonini mustaqil ravishda belgilash hamda uni o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.
5.4. Smartfon xarid qilingan manzil Sovg‘alarni berish nuqtasi hisoblanib, Sovg‘aning rangi Rasmiy Hamkorning omborida yoki Rasmiy Hamkorning Sovg‘alar berish nuqtasida tovar bor-yo‘qligiga bog‘liq. Shuningdek Sovg‘aning rangi Aksiya Saytidagi tasvirdan farq qilishi mumkin.
5.5. Aksiya doirasida olingan Sovg‘aga shunday turdagi tovarlar uchun standart kafolat amal qiladi.
5.6. Sovg‘a uni sozlash yoki ulash bo‘yicha biror-bir ishlarni/xizmatlarni o‘z ichiga olmaydi.
5.7. Aksiyada qatnashayotgan Tovar qaytarilgan taqdirda, Sovg‘a ham qaytariladi. Ishtirokchi Sovg‘ani qaytarishni rad etganida, Tashkilotchi tegishli Tovarning qaytarilishini amalga oshirmaslikka haqli. Qaytarish va almashtirish ishlari Rasmiy Hamkor tomonidan belgilangan tegishli qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
5.8. Ishtirokchi quyidagi hollarda Aksiyada ishtirok etish huquqini yo'qotadi va Sovg’a olish uchun da'vo qila olmaydi:
5.8.1. Aksiyaning har qanday shartlarini buzish;
5.8.2. Ro'yxatdan o’tish shartlarini buzish (shu jumladan noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etish, bir necha akkauntlardan ishtirok etish, bir nechta Rasmiy Hamkorlarning saytlaridan ishtirok etish).
5.8.3. Ishtirokchi bilan bog'lanish uchun noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etilganda;
5.8.4. Agar Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan Ishtirokchi tomonidan rasmiy hamkorlarning veb-saytlarida ro'yxatdan o'tishda taqdim etilgan ma’Iumotlarga 7 kalendar kun ichida 3 martadan ortiq bog’lanish imkoni bo’lmasa (mazkur Qoidalarda Ishtirokchi bilan bog’lanish deganda ishtirokchi Rasmiy Hamkorlarning veb saytida bog’lanish uchun kiritgan ma’lumotlarga kirish qo’ng’iroqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish tushuniladi).
5.8.5. firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy harakatlar aniqlanganda;
5.8.6. Ro'yxatga olish ma'lumotlari uchinchi shaxslarga berilgan taqdirda;
5.8.7. Mazkur Qoidalarni buzgan holda ma'lumot/hujjatlar va/yoki fotosuratlar/videolarni taqdim etish rad etilganda.
5.9. Tashkilotchi hech qanday holatda Sovg'a o'rniga pul ekvivalenti va/yoki tegishli Sovg'ani boshqa mahsulot bilan almashtirmaydi.
5.10. Sovg'ani olish bilan bog'liq soliq va boshqa majburiy to'lovlar Tashkilotchi hisobidan mustaqil ravishda to'lanadi.
5.11. Har qanday shaxslar Sovg'a qiymatini, soliqlarni yoki boshqa to’lovlarni to'lashni talab qilgan taqdirda iltimos, bunday toʻlovlarni amalga oshirmang va darhol Tashkilotchiga murojaat qiling.
5.12. Aksiya mobaynida biron-bir sababga ko'ra yetkazib berilmagan sovg'alar talab qilinmagan deb tan olinadi. Talab qilinmagan sovg'alar saqlanmaydi va Tashkilotchi tomonidan o'z xohishiga ko'ra foydalaniladi.
6. Aksiya G‘oliblarini aniqlash tartibi
6.1. Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar 4.1-bandda ko‘zda tutilgan tartibda Ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tish ishlarining moderatsiyasini, tegishli ro‘yxatdan o‘tish shakllari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish yo‘li bilan, ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida amalga oshiradi. Ishtirokchi moderatsiya natijalari bo‘yicha o‘zi ko‘rsatgan telefon raqamiga quyidagilarni o‘z ichiga olgan SMS-xabarni oladi: (1) muvaffaqiyatli moderatsiya; yoki (2) ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish va uning sababi. Bunday xabarnoma kelmagan taqdirda, mazkur Qoidalarning 1.5-bandida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali Tashkilotchi yoki tegishli Rasmiy Hamkor bilan bog‘lanishni so‘raymiz.
6.2. Mazkur Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajargan dastlabki 1000 (bir ming) nafar Ishtirokchi g‘olib sifatida tan olinadi.
6.3. O‘tkazilgan Aksiya natijalari Aksiya Saytida 2023-yil 4-apreldan kechiktirmasdan chop etiladi.
6.4. Sovg‘ani yetkazib berish ishlari g‘oliblar e’lon qilinganidan keyin 60 (oltmish) ish kuni davomida amalga oshiriladi. Sovg‘ani yetkazib berish Tashkilotchining hisobidan, G‘olibdan biror-bir pul miqdorini undirmagan holda, amalga oshiriladi. Agar kuryer yoki boshqa shaxslar yetkazib berganlik uchun to‘lov, soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashni talab qilsa, iltimos, bunday to‘lovlarni amalga oshirmang va darhol Tashkilotchi va/yoki Rasmiy Hamkor bilan bog‘laning. Yetkazib berish xizmati Sovg‘ani sozlash yoki ulash bo‘yicha biror-bir ishni/xizmatni o‘z ichiga olmaydi.
6.5. Tashkilotchi yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxslar Sovg‘ani olish/etkazib berish jarayonini muvofiqlashtirish uchun har bir Ishtirokchi bilan oldindan bog‘lanadi.
6.6. Sovg‘ani olish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi kerak:
6.6.1. Ishtirokchining shaxsan o’zi o’z hisobidan mazkur Qoidalarning 1.4 bandida keltirilgan Aksiya o’tkazish hududiga kelishi kerak;
6.6.2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish;
6.6.3. Sovg‘ani Qabul qilish-topshirish dalolatnomasini to‘ldirish va imzolash;
6.6.4. Xarid qilingan Smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri qo‘yilgan kafolat talonini va fiskal chekni ko‘rsatish;
6.6.5. Sovg‘ani qo‘lda ushlab turgan holda fotosuratga/videoga olishga rozilik berish.
7. Aksiya Ishtirokchisining huquq va majburiyatlari
7.1. Aksiya Ishtirokchisining huquqlari:
- mazkur Qoidalar bilan tanishish;
- Aksiyada mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda qatnashish;
- Aksiyani o‘tkazish muddatlari va shartlari haqida ommaviy resurslardan va Aksiya Saytidagi kommunikatsiya kanallaridan ma’lumot olish;
- mazkur Qoidalardagi o‘zgarishlar haqida Aksiya saytidan ma’lumotlar olish;
- ko‘rsatilgan o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Aksiyada qatnashishdan voz kechish yo‘li bilan o‘zgarishlarni qabul qilishdan voz kechish. Ushbu sana yakunlanganidan keyin Aksiyada qatnashishda davom etishi Ishtirokchining kiritilgan o‘zgarishlarga roziligi sifatida qaraladi;
- Aksiya Tashkilotchisi haqida ma’lumotlar olish;
- mazkur Qoidalarga muvofiq Sovg‘aning berilishini talab qilish;
7.2. Aksiya Ishtirokchisining majburiyatlari:
- Qoidalarga amal qilish, shu jumladan mazkur Qoidalarda belgilangan muddatlarda Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq barcha harakatlarni bajarish;
- Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan (ammo cheklanmasdan) Internet, telefon va boshqa xarajatlarni mustaqil ravishda to‘lash;
- mazkur Qoidalarda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
8. Aksiya Tashkilotchisining huquq va majburiyatlari
8.1. Tashkilotchining huquqlari:
- Aksiya o‘tkaziladigan davr davomida bir tomonlama tartibda mazkur Qoidalarni o‘zgartirish va bunda Aksiya Saytida tegishli xabarni joylashtirish yo‘li bilan Ishtirokchini bu haqda oldindan xabardor qilish. Aksiya Saytida tegishli ma’lumotning chop etilish sanasi yoki shartlar o‘zgartirilganida ko‘rsatilgan qo‘shimcha sana xabar berish sanasi hisoblanadi. Ushbu sana yakunlanganidan keyin Aksiyada qatnashishda davom etishga Ishtirokchining kiritilgan o‘zgartirishlarga roziligi sifatida qaraladi.
- Mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarda Ishtirokchilardan zarur ma’lumotni va hujjatlarni hamda davlat organlariga taqdim etish uchun boshqa hujjatlarni so‘rash;
- Tashkilotchi Aksiyaning mazkur Qoidalarida va O‘zRning amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha qoidalardan foydalanadi;
- Qoidalarning 4.1 bandida ko‘rsatilgan barcha shartlarni to‘g‘ri va to‘liq hajmda bajarmagan Aksiya Ishtirokchisiga Sovg‘alarni berishni rad etish;
- Aksiya Ishtirokchisi tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etmaslik holati aniqlangan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisiga Sovg‘ani berishni rad etish.
8.2. Tashkilotchining majburiyatlari:
- Qoidalarga amal qilish, Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha harakatlarni Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarish;
- Aksiyaning Qoidalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash;
- Aksiya Saytida Aksiya Qoidalarini joylashtirish yo‘li bilan va kommunikatsiya kanallari orqali Aksiyani o‘tkazish Qoidalari haqida Aksiya Ishtirokchilarining xabardorligini ta’minlash;
- Aksiya Sovg‘alarini Qoidalarning barcha shartlarini to‘g‘ri bajargan Aksiyaning barcha Ishtirokchilariga topshirish.
9. Boshqa shartlar
9.1. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada qatnashar ekan, Aksiya Qoidalariga rozi bo‘ladilar, ularga amal qilish va ularni bajarish majburiyatini oladilar. Quyidagi holatlarda Ishtirokchi Sovg‘ani olish huquqini yo‘qotadi, agar u:
- Aksiyaning mazkur Qoidalarini buzsa;
- Sovg‘ani olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etgan bo‘lsa;
- haqiqiy bo‘lmagan/noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
- Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari bo‘yicha u bilan 30 kun davomida bog‘lana olmasa.
9.2. Ishtirokchi Aksiyada qatnashar ekan, o‘zining mazkur Qoidalarga shartsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga to‘liq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi uning Aksiyada qatnashishni rad etishi sifatida tan olinadi.
9.3. Aksiyani bajarish jarayonida Ishtirokchini Arizada ko‘rsatilgan shaxs bilan identifikatsiyalash va tasdiqlash uchun undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni va uning nusxalarini taqdim etishini talab qilishlari mumkin;
9.4. Ishtirokchi Aksiyada qatnashar ekan, Tashkilotchining va/yoki mazkur Aksiyani amalga oshirish/o‘tkazish doirasida qatnashuvchi boshqa uchinchi shaxslarning foydasiga Aksiyani o‘tkazish va amalga oshirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hajmda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash/ishlov berish/berish/tarqatish/joylashtirishga o‘zining so‘zsiz va chaqirib olinmaydigan roziligini beradi, bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanmaydi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, ismi va telefon raqami, elektron pochta manzili (Aksiya o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida Tashkilotchidan uchinchi shaxsga beriladi) hamda reklama, marketing va yangiliklar tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni amalga oshirish uchun ismi va telefon raqami. Ushbu rozilik ko‘rsatilgan ishlov berish maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan taqdim etilgan ma’lumotlarga ishlov berishning barcha turlarini, biroq ular bilan cheklanmagan holda, o‘z ichiga oladi, xususan: ma’lumotlarni olish, yozish, saqlash, aniqlik kiritish, foydalanish, berish, shu jumladan Tashkilotchining vakolatli shaxslariga berish (shu jumladan qo‘llanadigan qonunchilikka muvofiq transchegaraviy berish), o‘chirib tashlash, yo‘q qilish. Rozilik shunday ma’lumotlar Tashkilotchiga berilgan paytdan boshlab, mazkur rozilik amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olinadigan paytgacha amal qiladi.
9.5. Ishtirokchi Aksiyada qatnashar ekan, Ishtirokchi o‘z tasviri/ishtiroki mavjud bo‘lgan fotosuratlar/video/promo roliklarning Tashkilotchi saytida hamda Tashkilotchining/Aksiya bilan bog‘langan boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga o‘z roziligini beradi.
9.6. Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalga asoslangan boshqa qimor o‘yini hisoblanmaydi.
9.7. Ishtirokchiga uning fikr-mulohazasini olish uchun Tashkilotchining/Hamkorning xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish bo‘yicha Sifat bo‘limidan qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi o‘z fikrini taqdim etishni rad etishi mumkin.
9.8. Mazkur internet-sayt va uning tarkibi faqat axborot xarakteriga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
Aksiyaga doir istalgan masalalar bo‘yicha Tashkilotchining aloqa ma’lumotlari orqali murojaat qiling.
Tashkilotchi koll-markazining aloqa ma’lumotlari:
7799 – yagona qo'llab quvvatlash xizmati