Galaxy Z Flip4

Cho'ntagingiz o'lchamlaridagi zamonaviy uslub va imkoniyatlar

 

Beqiyos san'at asari sizning cho'ntagingizda. Buklangan holatda kichik va qudratli ushbu smartfon, sizning kaftingizga ixcham joylashadi, kayfiyatingizni ifodalovchi tiniq ranglar evaziga barchani katta taassurot ostida qoldirishi aniq.1

 

Bizning eng qudratli bukiluvchan Galaxy smartfonimiz

 

Bukiluvchanlik hech qachon bu qadar qudratli bo'lmagan. IPX8 himoya darajasi bilan Galaxy Z Flip4 yagona suvga chidamli bukiluvchan smartfonga aylanmoqda.2 Uning tashqi va ichki qopqoqlari bukiluvchan qurilmadagi eng mustahkam shisha — Corning® Gorilla® Glass Victus™+ dan tayyorlangan bo'lib, u chizilishlarga chidamli. Bundan tashqari, sharnir mobil sanoatdagi eng mustahkam bo'lgan yengil zirhlangan alyuminiydan ishlangan, o'ta ingichka shisha esa asosiy ekranning bukilishida uni himoya qiladi.

 

Hayotni istalgan burchakdan muhrlashga qodir kamera

 

Dunyodagi eng universal kamerafon hayotni istalgan burchak ostida ifodalash imkonini berib, va eng yaxshi lahzalaringizni suratga olishingizni ta'minlaydi. Quick Shot funksiyasi bilan siz tashqi ekrandan turib ham tomonlar o'lchamlarini o'zgartirib, to'liq tasvirni ko'rgan holda selfi olishingiz mumkin. Bundan tashqari smartfoningizni ochib, FlexCam bilan to'gri holatni tanlab turib, betakror burchaklar ostida jamoaviy selfilarni qo'l ishlatmasdan turib olish uchun kamerani yuqoriga ko'taring.

 

Butun kunga yetadigan Super tezkor zaryadlash

 

Yangilangan 4-nm protsessor yuqori chidamlilikka ega 3700 mAs (odatiy qiymat) batareya bilan birgalikda uzoq vaqt davomida quvvatni ta'minlaydi. 4 Quvvat kam qolganda esa uni Super tezkor zaryadlash yoki simsiz tezkor zaryadlash yordamida qayta quvvatlantiring. Quvvat ko'pligidan siz Wireless PowerShare yordamida do'stingiz smartfoni yoki quloqchinlaringizga ham zaryad ulashishingiz mumkin.

 

Flex Rejim: Flex bukiluvchanlik uchun tayanch shart emas

 

Hali ham bukiluvchanlikdan bexabar do'stlaringizni hayratlantiring. Smartfoningizni o'zingizga qulay burchak ostida oching hamda asosiy ekran Flex rejimiga o'tishini tomosha qiling. Flex rejimining sensor paneli yordamida siz o'z ilovalaringizni oson boshqarishingiz mumkin.4 Musiqa yoki videoni ijro etish/pauza qilish, kamerani boshqarish va boshqalar.

 

Tashqi ekran yordamida muhim xabarlarni bir qarashda bilib oling.

 

1,9 dyuymli ekran endilikda sizga yanada ko'proq ma'lumotlarni taqdim etish bilan birgalikda yanada ko'proq boshqaruv imkoniyatlarini beradi.5 O'zingizni mobil versiyada ifodalash uchun soat siferblatini o'z didingizga mos ravishda sozlang. Bundan tashqari ob-havo ma'lumotlarini tekshiring, tezkor sozlamalarga kiring yoki bundan-da ko'prog'ini bajaring. Xabarlaringiz guruh chatlaridan kelganda ham siz ularni ochib o'tirmasdan tezda javob berishingiz mumkin.

  1.  Yopilgan holatda aylanasimon burchaklarni inobatga olgan holdagi diagonal bo'ylab o'lchangandagi natija.
  2. Galaxy Z Flip4 IPX8 himoya darajasiga ega. IPX8 himoya darajasi qurilmani chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirish sharoitidagi sinovlar natijasiga asoslanadi. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Changga chidamli emas. 
  3. Uchinchi tomon laboratoriyasi sharoitida tekshirilgan odatiy ko'rsatkich. Odatiy qiymat - bu IEC 61960 standartiga mos ravishda sinovdan o'tkazilgan batareya namunalarida batareya hajmi o'gishini inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha qiymat. Nominal (minimal) hajm 3700 mAs ga teng. Haqiqiy ish vaqti tarmoq holati, foydalanish sharoitlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. 
  4. Flex rejimi 75° dan 115° gacha burchaklarda egilgan holatda qo'llab-quvvatlanadi. Tebranish yoki boshqa siljishlar tufayli harakat davomida Flex rejimidan foydalanish qulay bo'lmasligi mumkin. Flex rejimida ishlaganda telefonni tinch holatda ushlash tavsiya etiladi. 
  5. Diagonal bo'yicha o'lchanganda Galaxy Z Flip4 tashqi ekrani o'lchami, to'liq to'g'ri to'rtburchakda 1,9 dyuym hamda aylanasimon burchaklar inobatga olinganda 1,8 dyuymga teng. Haqiqiy ko'rinish maydoni aylanasimon burchaklar tufayli kichikroq.

1. Smartfon | 2. USB kabel | 3. SIM karta o'rni uchun kalit
*To'plamda adapter mavjud emas